Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish
Mavzu:
Biz oʻrmon hayvonlari obrazidamiz
Maqsad:
bolalar hayvonlarga taqlid qiladilar, ularning hatti-xarakatlarini koʻrsatib bera oladilar.
Kerakli jihozlar:
turli xil hayvonlar kastyumlari, ularning tovushlari yozuvli ovozi.
Faoliyatning borishi:
1. Kostyumlarni tomosha qilish.
2. Istaklariga koʻra kiyimni tanlash.
3. Obrazga kirish.
4. Oʻrmondagi hayvonlar harakatlarini bajarish orqali oʻyinni oʻynash.
Qoʻshimcha:
“Ayiq va asalari” harakatli oʻyini.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
hayvonlarning harakatlarini aniq koʻrsatib berish.
Til va nutq
Mavzu:
Topishmoqning javobini aytamiz
Maqsad:
tarbiyalanuvchilar tezlik bilan fikrlaydilar, hozirjavoblikka odatlanadilar.
Kerakli jihozlar:
topishmoqli kartochkalar
Faoliyatning borishi:
1. Topishmoqli kartochkalarni kuzatish.
2. Xar bir bola 4-5 tadan kartochka tanlash.
3. Katrochkadagi vazifani bajarish.
4. Doʻsti bilan topgan javobi toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini muhokama qilish.
5. Kartochkalarni almashish.
Qoʻshimcha:
umumiy guruhda topishmoqlar topish.
Qurish- yasashvamatematika
Mavzu:
Legolardan sandiqcha yasaymiz
Maqsad:
bolalar legolardan maqsadli foydalanadilar, maydpa qoʻl matorikalini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
mavzuga
oid, lego, namuna.
Faoliyatningborishi:
1. Namuna va mavzuga oid rasmlarni tomosha qilish
2. Ijodiy ish.
3. Bajarilgan ishlarga izoh berish.
Qoʻshimcha:
“Zumrad va Qimmat” ertagini tinglash.
Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish
Mavzu:
Kitob doʻkoni
Maqsad:
bolalar kitobga qiziqadilar va kitob doʻkon haqidagi tushunchalarini boyitadilar.
Kerakli jihozlar:
kitoblar, rasmlar,
oʻyinchoq terminal va pullar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar ichidan sotuvchini tanlash.
2. Kitob doʻkonini tomosha qilish.
3. Sotuvchi bilan suhbatlashish, narxlarni soʻrash.
4. Kitob sotib olganda pul muomalasi bilan ishlash.
Qoʻshimcha:
bolalarni tashkilotdagi kichik kutubxonaga sayr qildirish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
oʻyin soʻngida jihozlarni tartibga keltirish.
96
97
Do'stlaringiz bilan baham: |