Fan va tabiat
Mavzu
: “Quvnoq sharlar”. Havo va suv bilan amaliy tajriba
Maqsad
: bolalar sharlarni turli xil kattalikda puflaydilar, shardan chiqayotgan havoda suvni tebranish holatiga keltiradilar.
Kerakli jihozlar
: turli xil rangdagi sharlar,
idishda suv, salfetkalar.
Faoliyatning borishi
:
1. Sharlarni qoʻl bilan paypaslab ushlab koʻrish.
2. Har bir bolaga bittadan shar berib puflatish.
3. Sharlarni ogʻzini tezlik bilan boʻshatgan holda idishdagi suvda toʻlqin hosil qilish.
4. Amaliy tajriba natijasini muhokama qilish.
Qoʻshimcha
: sharlarga rangli tasmalar bogʻlab bezak berish.
Alohida eʻtibor qaratiladi
: nafasni bir maromda chiqarish.
Sanat
Mavzu:
“Baxtli bolalik”
bayram manzaralari
Maqsad
: bolalar bezatilgan bayramona koʻchalar haqidagi tasavvurlarini rasmlarda ifodalaydilar, ranglardan toʻgʻri
foydalanadilar va applikatsiya jarayonida ozodalikka eʻtibor qaratadilar.
Kerakli jihozlar
: namuna, rangli qalam va boʻyoqlar,
oq qogʻoz, yelim,
salfetka, .
Faoliyatning borishi
:
1. Namuna bilan tanishish.
2. Kerakli jihozlarni tanlash.
3. Bolalar ishi.
4. Bajarilgan ishga izoh berish.
5. Bolalarni ragʻbatlantirish.
Qoʻshimcha:
tashkilot fayesini bezatish.
Alohida eʻtibor qaratiladi
: mavzuni yoritilganligi
74