Iyun oy mavzusi: baxtli bolalik! Guruh Orta guruh Mavzu Baxtli bolalik Muddati Iyun 1-hafta Rivojlantirish sohalariga oid maqsadlar Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush tarzini shakllanishi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana21.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1637791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
O\'RTA YOZ 2023

 
79 


IYUN. UCHINCHI HAFTA 
TABIAT QOʻYNIDA 
Fan va tabiat 
Mavzu: 
“Xoʻl mevalar teramiz” tabiat inʻomlari 
Maqsad: 
bolalar mevalarni tabiat inʻom etganini va bu iboraning maʻnosini biladilar, mevalarni ehtiyotkorlik bilan terishga 
urinadilar. 
Kerakli jihozlar: 
mevalar, mevalarning mulyaji, jihozlar, savatcha. 
Faoliyatning borishi: 
1. Mevalar va jihozlar bilan tanishish. 
2. Oʻyinning vazifasi bilan tanishish. 
3. Mevalarni shoxdan asta sekinlik bilan terish. 
4. Hosilni kam-koʻpligi va uning sifati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashish. 
Qoʻshimcha: 
mevalar sharbatini chiqarib (qirgʻich orqali), bolalar bilan istʻmol qilish. 
Alohida eʻtibor qaratiladi: 
mevalarni sifatli terish.
Sanʻat 
Mavzu: 
Tabiat manzarasini tasvirlaymiz 
Maqsad: 
bolalar qaychi bilan ishlash hamda tabiat manzarasidagi detallarga qaychi bilan shakl berish malakalarini, mayda 
qoʻl motorikalarini rivojlantiradilar. 
Kerakli jihozlar: 
namuna, qaychi, rangli va oq qogʻozlar, yelim, salfetka. 
Faoliyatning borishi: 
1. Vazifani tushuntirish. 
2. Namuna bilan tanishish. 
3. Ijodiy ish. 
4. Bajarilgan ish taqdimoti. 
Qoʻshimcha: 
tashkilot fayesida koʻrgazma tashkil etish. 
Alohida eʻtibor qaratiladi: 
qaychidan toʻgʻri foydalanish texnologiyasi. 
Svuietli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish Mavzu: 
Tabiat himoyachilari
Maqsad: 
bolalar tabiat himoyachilari bajarishi lozim boʻlgan ishlarni biladilar, oʻzlarini tabiat himoyachilaridek his qiladilar. 
Kerakli jihozlar: 
niqoblar, jihozlar, fartuk, bosh kiyim. 
Faoliyatning borishi: 
1. Markazdagi jihozlar bilan tanishish. 
2. Rollarga boʻlinish. 
3. Kiyimlarni kiyish. 
4. Oʻyin faoliyati. 
Qoʻshimcha: 
tabiat qoʻyniga sayohatga chiqish. 
Alohida eʻtibor qaratiladi: 
tabiatni asrashga nisbatan boʻlgan xatti-harakatlar. 
80 


81 
Til va nutq 
Mavzu: 
“Har bir faslning oʻz ziynati bor” fasllar haqida suhbat 
Maqsad: 
bolalar qaysi faslda qanday oʻzgarishlar boʻlishini, fasllar haqidagi savollarga javob berishni biladilar. 
Kerakli jihozlar: 
savolli, rasmli kartochkalar, AKT, “Qaysi fasl?” didaktik oʻyin. 
Faoliyatning borishi: 
1. Rasmlarni koʻrib chiqish. 
2. AKT orqali yil fasllari tasvirlangan videorolik yoki slaydlarni tomosha qilish. 
3. “Qaysi fasl?” didaktik oʻyin. 
4. Fasllarga oid turli savollarga javob berish. 
Qoʻshimcha: 
AKTda yil fasllarni va bu fasldagi mehnat turlarini sanab berish. 
Alohida eʻtibor qaratiladi: 
fasllar haqidagi bilimlari va suhbat jarayonidagi faollik. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling