IYUN. UCHINCHI HAFTA
TABIAT QOʻYNIDA
Fan va tabiat
Mavzu:
“Xoʻl mevalar teramiz” tabiat inʻomlari
Maqsad:
bolalar mevalarni tabiat inʻom etganini va bu iboraning maʻnosini biladilar, mevalarni ehtiyotkorlik bilan
terishga
urinadilar.
Kerakli jihozlar:
mevalar, mevalarning mulyaji, jihozlar, savatcha.
Faoliyatning borishi:
1. Mevalar va jihozlar bilan tanishish.
2. Oʻyinning vazifasi bilan tanishish.
3. Mevalarni shoxdan asta sekinlik bilan terish.
4. Hosilni kam-koʻpligi va uning sifati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashish.
Qoʻshimcha:
mevalar sharbatini chiqarib (qirgʻich orqali), bolalar bilan istʻmol qilish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
mevalarni sifatli terish.
Sanʻat
Mavzu:
Tabiat manzarasini tasvirlaymiz
Maqsad:
bolalar qaychi bilan ishlash hamda tabiat manzarasidagi detallarga qaychi bilan shakl berish
malakalarini,
mayda
qoʻl motorikalarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
namuna, qaychi, rangli va oq qogʻozlar, yelim, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Vazifani tushuntirish.
2. Namuna bilan tanishish.
3. Ijodiy ish.
4. Bajarilgan ish taqdimoti.
Qoʻshimcha:
tashkilot fayesida koʻrgazma tashkil etish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
qaychidan toʻgʻri foydalanish texnologiyasi.
Svuietli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish Mavzu:
Tabiat himoyachilari
Maqsad:
bolalar tabiat himoyachilari bajarishi lozim boʻlgan
ishlarni biladilar, oʻzlarini tabiat himoyachilaridek his qiladilar.
Kerakli jihozlar:
niqoblar, jihozlar, fartuk, bosh kiyim.
Faoliyatning borishi:
1. Markazdagi jihozlar bilan tanishish.
2. Rollarga boʻlinish.
3. Kiyimlarni kiyish.
4. Oʻyin faoliyati.
Qoʻshimcha:
tabiat qoʻyniga sayohatga chiqish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
tabiatni asrashga nisbatan boʻlgan xatti-harakatlar.
80
81
Til va nutq
Mavzu:
“Har bir faslning oʻz ziynati bor”
fasllar haqida suhbat
Maqsad:
bolalar qaysi faslda qanday oʻzgarishlar boʻlishini, fasllar haqidagi savollarga javob berishni biladilar.
Kerakli jihozlar:
savolli,
rasmli kartochkalar, AKT, “Qaysi fasl?” didaktik oʻyin.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni koʻrib chiqish.
2. AKT orqali yil fasllari tasvirlangan videorolik yoki slaydlarni tomosha qilish.
3. “Qaysi fasl?” didaktik oʻyin.
4. Fasllarga oid turli savollarga javob berish.
Qoʻshimcha:
AKTda yil fasllarni va bu fasldagi mehnat turlarini sanab berish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
fasllar haqidagi bilimlari va suhbat jarayonidagi faollik.
Do'stlaringiz bilan baham: