83
IYUN
OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK!
Guruh
Orta guruh
Mavzu
Ertak qahramonlari bizning mehmonimiz
Muddati
Iyun4-hafta
Rivojlantirish
sohalariga oid
maqsadlar
Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush
tarzini shakllanishi
30 metr masofaga oʻrtacha tezlikda yugurishni mashq qilish, futbol, basketbol sport oʻyinlari haqidagi dastlabki tushunchalarini boyitish, toʻp bilan yurish,
uni maʻlum masofaga irgʻitish, uloqtirish haraktlarini mustahkamlash.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Oʻyinlar davomida tegdoshlari bilan oʻyinchoqlarni boʻlishish , mehribonlik, doʻstlik hislarini tarbiyalash. Oʻyinlar uchun sahnani bezashda oʻz fikrlarini
berishga , tasavvurini kengaytirishga yordam berish. Yuz harakatlari orqali atrofdagilarning xis tuygʻularini tushunishga oʻrgatish.
Nutq, muloqot, oqish va yozish malakalari
Hikoya tuzish davomida soʻzlarni toʻgʻri tanlash, grammatik jihatdan toʻgʻri gap tuzishga eʻtibor berish, oʻziga tanish boʻlgan mavzularda tengdoshlari bilan
bahslashishga oʻrgatish, muloqot davomida lugʻat ishiga eʻtibor qaratish, yaʻni ot, sifat, feʻl kabi soʻz turkumlarini toʻgʻri ishlatishga oʻrgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: