Til va nutq
Mavzu:
Yozgi oʻyinlar tasvirlangan rasmlar asosida hikoya tuzish.
Maqsad:
bolalar rasmlar asosida hikoyalar tuzadilar, undagi voqea hodisalarni tahlil qiladilar, nega, nima uchun, qachon,
qanday degan savollarga javob beradilar.
Kerakli jihozlar:
mavzuga oid rasmlar, AKT
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuga oid rasmlarni va AKT orqali videoroliklarni tomosha qilish.
2. Yoz davomda oʻynaladigan oʻyinlarni nomlash.
3. Rasmlar va videorolik asosida hikoya tuzish.
4. Hikoyaga sarlavha berish.
Qoʻshimcha:
mavzuga mos sheʻrlarni yod olish taklif etiladi.
Fan va tabiat
Mavzu:
Tabiatda: kapalaklar, asalari, chumolilarni kuzatish va ularning harakatlariga taqlid qilish.
Maqsad:
bolalar tabiatdagi
hasharotlar bilan yaqindan tanishadilar, ularning harakatlarini taqlid qilish orqali bajaradilar.
Kerakli jihozlar:
tabiat qoʻynidagi hasharotlar.
Faoliyatning borishi:
1. Guruh oʻyin maydonchasiga chiqish.
2. Gullar, daraxtlar va oʻtlar orasidagi hasharotlarning harakatlarini tomosha qilish.
3. Hasharotlarni harakatlarini takrorlash.
4. Oʻzaro mavzu asosida suhbatlashish.
5. Yakuniy xulosa chiqarish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
jonli tabiat haqidagi bilimlari.
Til va nutq
Mavzu:
Bogʻdami, polizdami?
Maqsad:
bolalar bogʻlangan nutqlarini mustahkamlaydilar, tabiat nebmatlarini aynan qayerda pishib etilishini biladilar.
Kerakli jihozlar:
mavzuli rasmlar, AKT, kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Vazifani tushuntirish.
2. Mavzuga mos rasmlar va AKTda bogʻ va poliz tasvirini kuzatish.
3. Kartochkalarni olish va ularni turiga koʻra ajratish.
4. Bajarilgan vazifani tahlil qilish.
Qoʻshimcha:
bogʻ va poliz ekinlaridan taʻtib koʻrish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
topqirlik va idrok.
Sanʻat
Mavzu:
Qoʻgʻirchoqlar uchun koʻylaklarni bezaymiz
Maqsad:
bolalar oʻz istaklari asosida
ornamentlarni tasvirlaydilar.
Kerakli jihozlar:
namuna, oq, rangli qogʻoz, rangli qalam va boʻyoqlar, yelim, salfetka, suv, moʻyqalam.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu asosida suhbat.
2. Namuna bilan tanishish.
3. Mustaqil ishlash
4. Bolalarni ragʻbatlantirish.
Eʻtiborga moyillik jihati:
namuna asosida rasm chiza olish.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |