101
AVGUST
OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOGʻLOM BOLALAR
Guruh
Oʻrta guruh
Mavzu
Sabzavot va mevalar
Muddati
Avgust 1-hafta
Rivojlantirish
sohalariga oid
maqsadlar
Jismoniy rivojlantirish va soglom
turmush
tarzini shakllanishi
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar orqali bolalami jismoniy rivojlantirish. Musiqa sadolari asosida ularga mos harakatlami bajarishni mashq qilish.
Tayoqchalar, bayroqlar va koptoklar bilan harakatlanish orqali mayda matorikani rivojlantirish.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Bolalarda oʻziga nisbatan hurmatni tarbiyalash. Eslatmasdan oldin oʻz narsalarini yigʻishga odatlanishni shakllantirish.Ona yurti va uning bogʻ va dalalari
haqida fahr bilan soʻzlashga oʻrgatish.
Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari
Oʻrganilgan yangi soʻzlarni topishmoqlar, tezaytishlar, soʻz oʻyinlari bilan mustahkamlash. Tashkil etilgan suhbatlarda bolalarni faol boʻlishga chaqirish.
Xalq ogʻzaki ijodi bilan tanishtirishda davom etish.
Bilish jarayonining rivojlanishi
5 gacha boʻlgan sonlarni sanashda taʻlimiy oʻyinlardan foydalanish. Miqdor, kattalik haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Vaqt boʻyicha ilk
tushunchalarini mustahkamlashda davom etish. Tejamkorlikka oʻrgatish.
Ijodiy rivojlanish
Meva va sabzavotlarning suvlaridan boʻyoqlar tayyorlashni va ulardan foydalangan holda turli rasmlar chizishda davom etish. Sabzavot va mevalar uchun
savatchalar yasashda choʻzish, silliqlash usullaridan foydalanishni oʻrgatish. Qogʻozni teng 2 ga, 4 ga boʻlib qirqishni oʻrgatishda davom etish.
Do'stlaringiz bilan baham: