Ызбекистон республикаси хал+ таълими вазирлиги


Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarining o`quvchilarni ma’naviy tarbiyalashdagi imkoniyatlari


Download 0.68 Mb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1496337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nurmamatova Sh

2.2. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarining o`quvchilarni ma’naviy tarbiyalashdagi imkoniyatlari
Bahouddin Naqshband ta’limoti asosini tashkil etuvchi g‘oyalar dunyoviy, ruhiy mazmun kasb etishi bilan birga ijtimoiy munosabatlar, ularni mo’tadil tashkil etish, inson umrining asl mohiyati kabi masalalar xususida mushohada yuritishga yo`naltirilgandir. Inson hatti­harakati, faoliyatining turli yo`nalishlari borasidagi g‘oyalar mazkur ta’limotni o`rganuvchidan teran mushohada, tafakkur yuritishni talab etadi. Bahouddin Naqshband ta’limoti mohiyatini idrok etish, undan amaliy faoliyatda foydalana olish, avvalo, ushbu tariqat hamda uning asoschisi bo‘lgan Bahouddin Naqshband hayoti, turmush tarzidan xabardorlikni talab etadi. Alloma hayoti, turmush tarzi, shuningdek, uning tomonidan yaratilgan ta’limot mazmunidan xabardorlik bu boradagi nazariy bilimlarni izchil, uzluksiz hamda samarali o‘zlashtirilishi natijasida yuzaga keladi. Umumiy uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan ta’lim jarayoni Bahouddin Naqshband ta’limoti mazmuni to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumotlar berishda o‘ziga xos ichki imkoniyatlarga egadir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga Bahouddin Naqshband shaxsi va u tomonidan asos solingan naqshbandiya ta’limotini o‘rganish izchil, uzluksiz, aniq maqsad sari yo`naltirilgan jarayon bo‘lib, mazkur jarayonda o‘quvchilarda shakllangan ong va dunyoqarash, idrok va tafakkur ko`lami muhim ahamiyatga egadir. Zero, barkamol inson tarbiyasiga yo`naltirilgan mazkur ta’limotning o‘zida mujassam etgan g‘oyalari mohiyatini o‘zlashtirish, ularning zamon talablariga muvofiq amaliy faoliyatda qo‘llay olish bir qadar murakkabdir.
Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlari xususida o‘quvchilarga ma’lumot bera oluvchi o‘quv fanlari aytib o`tish mumkin,. Quyidagi o‘quv fanlari Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari xususida o‘quvchi larga ma’lumot bera olish imkoniyatiga ega: Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”, “O`qish”,«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari», fanlaridan o‘quvchilarga Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ­ o‘quvchilarga Bahouddin Naqshband shaxsi va u tomonidan asoslangan naqshbandiya ta’limoti, uning g‘oyalari, shuningdek, hayotiy o`gitlari yuzasidan ma’lumotlar berish, ularda bu boradagi tasavvurni shakllantirish, ular tomonidan ushbu meros mohiyatini o‘zlashtirishga yordam beruvchi didaktik shart­sharoitlarni yaratishdan iborat.
Ushbu o‘quv fanlarini o`qitish jarayonida o‘quvchilarga Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosi xususida ma’lumotlar berish, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish yo‘lida quyidagi pedagogik vazifalarni ijodiy hal etish lozim:
1. Uzluksiz ta’lim jarayonida o‘quvchilarga Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari haqida nazariy ma’lumotlar berish, ularda mazkur ta’limot borasidagi tasavvurni hosil qilish.
2. O‘quvchilarda Bahouddin Naqshband shaxsi va naqshbandiya ta’limotini o‘rganishga nisbatan qiziqishni yuzaga keltirish.
3. O‘quvchilarda Bahouddin Naqshband shaxsi, shuningdek, uning ta’limoti g‘oyalariga nisbatan hurmatni qaror toptirish.
4. O‘quvchilarda Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘rganishga nisbatan to‘g‘ri, oqilona yondashuvni yuzaga keltirish.
5. O‘quvchilarda Bahouddin Naqshband ta’limotida ilgari surilgan g‘oyalardan amaliy faoliyatda foydalanish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi bir qator ijtimoiy fanlarni o`qitish jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilish lozimligini taqozo etadi.
1. Uzluksiz ta’lim muassasalari o‘quvchilariga Bahouddin Naqshband ta’limoti haqida nazariy bilimlar berishda hozirgi zamon talablarini inobatga olish.
2. O‘quvchilarga Bahouddin Naqshband ta’limoti xususida ma’lumot berishda ularning yosh, fiziologik hamda biologik xususiyatlari, shuningdek, ularda naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan ta’limiy-axloqiy g‘oyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni hisobga olish.
3. O‘quvchilarni mustaqil ravishda Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘rganishga rag`batlantirish.
4. O‘quvchilarda yuzaga kelgan muayyan ko‘nikma va malakalardan amaliy faoliyatda foydalanishga erishish.
5. Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosini o‘rganish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ijodiy muloqotni yuzaga kelishiga sharoit yaratish.
Uzluksiz ta’lim muassasalarida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosidan foydalanish borasidagi maqsad va vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi bir qator omillarning mavjudligi bilan belgilanadi:
1. “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” «Pedagogika tarixi» fanlari o‘qituvchilarining Bahouddin Naqshband ta’limoti g‘oyalaridan xabardorliklari, shuningdek, mazkur ta’limot g‘oyalarini to‘g‘ri talqin eta olishlari.
2. Bahouddin Naqshband ta’limoti hamda uning ta’limiy-axloqiy xususiyatlarini yorituvchi manbalar (o‘quv va metodik qo‘llanmalar, risolalar hamda tavsiyanomalar)ning mavjudligi.
3. Bahouddin Naqshband shaxsi va uning ta’limoti mohiyati to‘g‘risida hikoya qiluvchi teleradio hamda zamonaviy axborot vositalari materiallaridan samarali foydalana olish imkoniyatiga egalik.
4. Uzluksiz ta’lim tizimida o`qitilayotgan “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Pedagogika tarixi” fanlari yuzasidan yaratilgan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalaridan Bahouddin Naqshband shaxsi va u tomonidan asoslangan naqshbandiya tariqati mohiyati xususida to‘laqonli ma’lumot bera oluvchi mavzularning o‘rin olishi.
5. Bahouddin Naqshband ta’limoti yuzasidan ilmiy­Tadqiqot ishlarini olib borgan faylasuf, pedagog va islomshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlarning tashkil etilishiga erishish, ularning Tadqiqot ishlarini o‘quvchi va talabalar orasida ommalashtirilishi.
6. O‘quvchi va talabalarda Bahouddin Naqshband ta’limotini mustaqil o‘rganishga bo‘lgan rag`batning uyg`onishi, shuningdek, ushbu rag`batning ota­onalar, o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab­quvvatlanishi.
7. Uzluksiz ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarga Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlari xususida nazariy bilimlarni berishda ilg‘or didaktik metodlar (bahs, munozara, suhbat, debat, trening, rolli o`yinlar, seminar, matbuot konferensiyasi va hokazo)lardan samarali foydalanishga erishish.
8. Uzluksiz ta’lim jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanishda fanlararo aloqadorlik hamda o‘zaro bog‘liqlik imkoniyatlaridan foydalana olish.
Shuningdek, Bahouddin Naqshband qarashlarini o‘quvchi va talabalar o‘rtasida targ‘ib etish, ushbu ta’limot g‘oyalaridan samarali foydalanish jarayonida quyidagi metodlarning samarador ekanligi aniqlandi: tarixiy manbalar hamda mavjud adabiyotlar bilan ishlash, qiyosiy tahlil, vorislik, kuzatuv, suhbat, ko‘rgazmalilik, o‘quvchilarning yosh, fiziologik hamda shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, inobatga olish, og`zaki hikoya qilish, mashqlantirish, loyihalash va boshqalar.
Ta`lim jarayonida Bahouddin Naqshband shaxsi va uning naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan ta’limiy-axloqiy g‘oyalardan foydalanish ishi sifatini yaxshilash, takomillashtirishda quyidagi ta’lim vositalarining ahamiyati katta ekanligi aniqlandi: tarixiy manbalar, o‘quv manbalari (o‘quv dasturi va rejasi, darslik, qo‘llanmalar), Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘qib­o‘rganish yuzasidan qabul qilingan qarorlar, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining me’yoriy hujjatlari, ilmiy, ilmiy­ommabop, ommabop, badiiy asarlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vosita(radio, televidenie, kompyuter, ovozli yozuv)lar gazeta­jurnallar, sinf jihozlari, Bahouddin Naqshband hayoti va ta’limoti yuzasidan ilmiy­tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar namunasi, ota­onalar, shuningdek, o‘qituvchilar ibrati va hokazolar.
O‘quvchilarning Bahouddin Naqshband shaxsi va ta’limoti xususidagi bilimlarni egallashdagi omillarning roli borasidagi yondashuvlardan ko‘rinib turibdiki, fan o‘qituvchilarining bu boradagi bilimlarini oshirish, mavzuga doir musobaqalar (o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida guruhlararo) uyushtirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni muntazam, uzluksiz va samarali tashkil etish uzluksiz ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” o‘quv dasturida boshlang`ich sinf o‘quvchilariga milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari: vatan ravnaqi; yurt tinchligi; xalq farovonligi; inson hayotida to‘g‘rilik va rostgo`ylik, fahm­farosat va ziyraklikning ahamiyati; vaqt mezoni: bo`sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish; shaxsiy gigiena talablari; 8-9-sinf o‘quvchilariga esa barkamol inson g‘oyasi; diniy bag`rikenglik; jaholatga qarshi ma’rifat, mehnat madaniyati haqida ma’lumotlar berish ko‘zda tutilganini aytib o‘tish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, dasturlardan o‘rin olgan bu mavzular o‘quvchi va talabalarni O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy­ma’naviy hayoti haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish, ularni ma’nan yetuk barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.
Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlarining maqsadi yosh avlod o‘quvchi- larda milliy g‘urur, vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini o`stirish, ajdodlarimiz meroslariga hurmat, Vatanga sadoqat, istiqlolga fidoyilik tuyg`ularini tarkib toptirish, ma’naviy­ma’rifiy tarbiyaning yangicha yo‘llarini izlab topish, milliy tarbiyaning mohiyatini har bir inson ongiga yetkazish, yetuk insonni tarbiyalash mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirib borishdan iboratdir. Shuningdek, o‘zbek xalqi ma’naviy­ma’rifiy tarbiyaga oid o‘zining ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, millatimizning yuzlab avlod ajdodlarini insonparvarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, sahovat, mardlik, jasorat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildiradi.
Dars jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanish o‘tilgan mavzuning mazmun- mohiyatini yanada oydinlashtirib, boyitib borish imkoniyatini yaratadi hamda o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Natijada o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish samaradorligi oshadi.
Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma” 3-sinf darsligining II-bo’lim. Inson go’zalligi axloq-odob bilan….bo’limining 32-sahifasidagi ”Hadis haqida tushuncha. Muqaddas kitoblarida bolalar odobi haqida”gi mavzusida, 4-sinf darsligining II-bob ”Ezgulik komillikka yetaklaydi” bobining 87-sahifasidagi Adob-axloq qoidalari(amaliy mashg’ulot) mavzularida ham berilgan. 8­sinfda 9­mavzu «Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi» mavzusiga 1­soat ajratilgan bo‘lib, bunda quyidagi masalalarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi:

  • O‘zbek xalqining milliy istiqlol yo‘lidagi bosh g‘oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekanligi ta’kidlanadi. Bu g‘oya xalqimizning necha asrlik orzu­armonlari, ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no­mazmunini ifodalaydi. Vatan ravnaqi – vatan insonning kindik qoni to`kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan tabarruk maskan. Vatan – insonning g‘ururi timsoli. Har kim Vatan misolida o‘zining, xalqining baxtini ko‘radi. Vatan ozod bo‘lsa, xalq ham ozod, Vatan ravnaq topsa, xalq ham farovon bo‘ladi.

  • Yurt tinchligi – tinchlik dunyodagi eng katta boylik hisoblanadi. Yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovidir. Mamlakatimizda tinchlik masalasi hamisha eng muhim va ustuvor masala bo‘lib kelayotgani va shu bois hayotda ulkan natijalarga erishayotganimiz bayon qilinadi. Xalq farovonligi deganda, odamlarning munosib turmush sharoiti, iqtisodiy jihatdan farovon yashashi, taraqqiyot taqozo etgan moddiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi tushuntiriladi. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari ta’sirli va ishonarli misollar bilan bayon etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi allomaning quyidagi ibratli o`gitlarini keltirishi mumkin:

1) «Shamga o`xshagin, toki hammaga ravshanlik bag`ishla, o‘zing esa qorong`uda bo`l». Bu yerda sham bo‘lib yonish – o‘z xalqi, millati, Vataniga fidoyi bo‘lish, qolaversa, Vatan, vatandoshlar uchun nur, ziyo, yorug`lik sochish nazarda tutilgan. Qorong`uda bo‘lishlik – o‘zni fido qilish, shu bilan birgalikda bu qilingan fidoyilikni ta’na qilmaslikdir.
2)«Haq subhonahu meni dunyo xarobligi uchun yaratgan, vaholanki xalq mendan dunyo obodligini tilaydi» kabi o`gitlari hayotiyligi, xalqchilligi va Haqqoniyligi bilan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, el­yurt tinchligi yo‘lida qimmatli dasturilamaldir.
3)«Vaqt mezoni, bo`sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish» mavzusiga 2 soat ajratilgan. Vaqtning turli (madaniy, maishiy, ma’naviy) ehtiyojlari, vaqtning inson qiziqishlari, istak va qobiliyatlarini hisobga olib taqsimlanishi ta’kidlanadi. Bo`sh vaqtda bajariladigan ish turlari: ыyin, sayr, sport, mutoala, jamoat ishlari, madaniy­ommaviy bayramlar, teatr­kino, televidenie ko‘rsatuvlari, madaniy hordiq chiqarish, to`garak mashg‘ulot bilan o‘quvchi va talabalarning band bo‘lishi va ulardan unumli foydalanish uqtiriladi.
Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarida esa, vaqt naqd, g`animat ekanligi, undan to‘g‘ri, oqilona foydalanish lozimligi o‘rgatiladi.
4) Vuqyfi zamoniy – zamon – vaqtdan ogoh bo‘lish, uni asrash. Bu haqda Bahouddin Naqshband shunday deganlar: «Tolib doimo o‘z ahvolidan xabardor bo‘lishi, har bir zamonda o‘zining holi va sifati qanday shukr paytimi, uzr paytimi, buni bilishi kerak .
5) Vuqyfi adadiy – son – adadda ogoh bo‘lish. «Vuqyfi adadiy – dil barcha yomon sifatlardan, chunonchi, hasad, adovat, baxillikdan qalb Allohu ta’olo iuhabbati bilan orom topadi. Dil yomon sifatlaridan tozalangach va chiroyli sifatlar bilan oro topgach, sog`lom bo‘ladi».
6) Vuqyfi qalbiy ­ qalbni to`liq ogoh va hushyor bo‘lishi, har bir daqiqani qadriga yetishga da’vat etadi. «Vuqyfi qalbiyga rioya qilish barcha holatlarda muhimdir, masalan, eb­ichishda ham, uxlashda, yurish­turishda ham, oldi­sotdida ham, taщorat qilishda ham, namoz o‘qishda ham, boringki, to maqsadga etguncha, ko‘z ochib yumishda ham g`ofil bo‘lmaslik kerak» kabi qarshlarning mohiyatini tushuntirish o‘rinlidir.
Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma” 4-sinf darsligidagi mavzulardan”O’zlikni anglash”bo’limidan” Ajdodlarimiz ardoqlagan qadriyatlar”,”O’zbekiston - madaniy va manaviy meroslarga boy o’lka”, 9-sinflar uchun 5­mavzu «Diniy bag`rikenglik» – 1 soat ajratilib, unda quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
Dinlararo bag`rikenglik ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etuvchi g‘oyadir. Bu g‘oya – turli din va e’tiqodga ega kishilarning bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda o`ndan ziyod konfessiyalarda mansub diniy tashkilotlar faoliyati uchun sharoit yaratib berilgandir.
O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida diniy bag`rikenglikning barcha huquqiy asoslari ifodalangan.
«Dini islomda majburlash yo‘q». Jumladan, Islom dini halollik, poklik, mehr­shafqat va bag`rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslik, yomon ishlardan tiyilish, nafsni boshqara olish, adashmaslikka chaqiradi.
Bahouddin Naqshband ta’limoti bevosita Quroni karim va Hadisi sharifga asoslanadi. Allomadan so`radilar: «Sizning tariqatingizni qanday topish mumkin?». Aytdilar: «Shariatni mahkam tutish va Rasullulloh (s.a.v.) sunnatlariga to`liq amal qilish bilan.
«Naqshbandiya tariqatiga kirgan tolib tavba qilishi, payg`ambarimizning sunnatlariga qatiy amal qilishi, shariatga zid bid’atlardan qochishi, taqvoni kuchaytirishga amal qilishi, zulm va nohaqlik qilmasligi, qarzini to‘lashi, rozilik so`rashi, qazo namozlarini o‘qishi, Tangrini har lahzada zikr qilishi lozim» kabi pand-nasihatlarining mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
«Jaholatga qarshi ma’rifat» – 8­mavzu bo‘lib, yot va begona g‘oyalarning jamiyat hayotiga kirib kelish sabablari ko‘rsatiladi.
Islom halifaligini tiklab, uning bayroi ostida musulmon xalqlarini yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar; yosh mustaqil davlatni sobiq ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi; tariximizni, milliy qadriyatlarimizni va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar; turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar haqida bayon qilinadi.
Muqaddas dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan ayrim kimsalarning g`o`r yoshlarni o‘z ta’siriga olishga urinishlari bayon qilinadi.
Milliy istiqlol g‘oyalari asosida kamol topayotgan bugungi yoshlar mustahkam e’tiqod, yuksak dunyoqarash, ma’rifat asosida o‘zligini namoyon etmog`i, har qanday tahdidlarga qarshi tura olishi, doimo ogoh bo‘lib yashamog`i zarurdir.
Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlarida ogohlik, keng dunyoqarash, bilimlilik, zamondan voqif bo‘lishlik yetakchi o‘rinda turadi. Naqshbandiya tariqatida vuqyfi zamoniy, vuqyfi qalbiy, vuqyfi adadiy va zikri xufiyaning o‘ziga xos ahamiyati bor. Ogohlik, g‘aflatdan uyg`onish, qalb­nafs poklanishiga zikr amaliyotining o‘z o‘rni bor.
«Zikr – bu g‘aflatni yo‘qotishdir, g‘aflat yo‘qoldimi, demak sen zokirsan. Bu zikrdan murod g‘aflatning uzoq bo‘lishdir. G`aflat uzoqlashdimi, demak kishi jim turganda ham zokir (ya’ni zikr aytuvchi kishi) hisoblanadi». «Dil go`yo balig`u, zikr go`yo suvdir».
«Xilvat dar anjuman» aqidasida esa inson tashqi tomondan xalq bilan bo‘lmog‘i, botinan Haq bilan bo‘lmog‘i lozimdir.
“Odobnoma”,«Mehnat madaniyati» – 13–mavzu bo‘lib, mehnat inson hayotida ijtimoiy va ma’naviy talabdir. Oilada ota­ona, katta va kichik farzandlar O‘rtasida mehnat taqsimoti va unda adolatlilik, mehnat faoliyatida oila a’zolarining bir­birlariga g`amxo`rlik, hamkorlik qilishlari, tejamkorlik, saranjom­sarishta, ozodalikka rioya qilish, pala­partish bo‘lmaslik haqida fikr yuritiladi.
Bizga ma’lumki, Bahouddin Naqshband ta’limoti asosini uning qoidalari «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori tashkil qiladi. «Qo`lingni et mehnat birla band, Diling bo‘lsin yoringga payvand» kabi g‘oyalarning mohiyatini tushuntirib berish maqsadga muvofiqdir.
Biz yuqorida keltirib o‘tgan ma’lumotlardan o‘qituvchilar “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darslarida foydalanishsa, ta’limning samaradorligi ortadi.
Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darslarida har bir mavzuga Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini singdirishda bir qator talablarga rioya qilish ko‘zda tutiladi.
Turli davrlarda o‘z tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmaydigan, davr ruhiga, milliy istiqlol mafkurasi va g‘oyasiga, ta’limning maqsadiga mos bo‘lishi; o‘quvchilarning Aqliy salohiyatlarini kengaytirish, hayotiy bilim va tushunchalarni aks ettirishi; o‘quvchi va talabalarning qiziqishlariga, bilim­saviyasiga mos kelishi; maktab, oila, jamoatchilik qarashlariga va urf­odatlariga mos bo‘lishi.
Mazkur talablarni hisobga olgan holda Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini tavsiya qilishga harakat qildik. Shu bilan bir qatorda u yoki bu mavzu bilan bog‘liq tarzda alloma g‘oyalarini erkin tarzda tanlashlari uchun o‘qituvchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:
­ tanlangan Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlari o‘tiladigan mavzuga mos kelishi;
­ o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va so‘z boyligini hisobga olinishi;
­ alloma g‘oyalari xalqning ijtimoiy turmush tarziga va milliy dunyoqarashiga to‘g‘ri kelishi;
­ o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarining matn qismi olinishi;
­ alloma g‘oyalari o‘qituvchi tomonidan izohlanishi;
­ tanlangan o`gitlar ta’limiy­tarbiyaviy mohiyatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida o`itiladigan “Odobnoma”, “O`qish”, «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari», o‘quv fanlari Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosi to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumot berish, ularda bu borada puxta nazariy bilimlarni hosil qilish yuzasidan katta imkoniyatlarga ega. Muammoga doir mashg‘ulotlarning mukammal loyiha asosida maqsad va vazifalarni belgilagan holda tashkil etish bu boradagi muvaffaqiyatlarning garovi sanaladi. Ta’lim jarayonida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘quvchi va talabalar tomonidan mukammal o‘zlashtirilganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich bo‘lib qoladi. Bu borada sinfdan tashqari sharoitda tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning ahamiyati kattadir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling