Ызбекистон республикаси хал+ таълими вазирлиги


II bob boshlang’ich sinf tarbiya darsliklarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-AXLOQIY qarashlarining asosiy yo‘nalishlari


Download 0.68 Mb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1496337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nurmamatova Sh

II bob
boshlang’ich sinf tarbiya darsliklarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-AXLOQIY qarashlarining asosiy yo‘nalishlari
2.1. Barkamol inson tarbiyasi Naqshbandiya ta’limotining negizi sifatida
Mustaqil respublikamizda huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jamiyat qurilishining asosini tashkil qilgan insonparvarlik, inson huquqlarini himoya qilish va uni ro‘yobga chiqarish tamoyillari barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgandir.
Jamiyat ijtimoiy­iqtisodiy taraqqiyotining asosida inson kamoloti yotadi. Bashariyat kamolotining asosiy vositasi ta’lim­tarbiya hisoblanadi. SHu bois, ta’lim­tarbiya tizimini milliy qadriyatlarimiz asosida isloh qilish, ya’ni boy ma’naviy­milliy, ijtimoiy merosni o‘rganish, ularga yangicha ruhda yondashib hayotga zamon talablaridan kelib chiqqan holda tadbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Istiqlol sharofati bilan O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek xalqining milliy ruhiyati va turmush tarzidan kelib chiqib, yosh avlodning barkamol qilib tarbiyalash muammosini ilmiy­nazariy jihatdan ishlab chiqish bugungi kunning pedagogik zarurati hisoblanadi.
Komillik – bu inson kamolotining yuqori darajasi demakdir. Barkamol inson ma’naviy­axloqiy, aqliy hamda jismoniy jihatdan to‘laqonli shakllangan bo‘lib, u o‘zida eng yuksak insoniy sifatlarni namoyon eta oladi.
Insonparvarlik – kishilarni ma’naviy kamolotga yetaklovchi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Komillik darajasi, eng avvalo, inson ruhining sofligi va pokligi bilan belgilanadi.
Demak, bir so‘z bilan aytganda, komillik – insonning ichki va tashqi dunyosining yuksak ma’naviy­axloqiy uyg‘unligidan iboratdir.
Haqiqiy komillik sifatlari: insonlarni qadrlash, e’zozlash, hurmat qilish, sadoqatlilik, vijdonlilik, kamtarlik, bilimlilik, mehribonlik, shafqatlilik, mehnatsevarlik, shuningdek, insonning o‘zligini anglashi kabilardir. CHunki inson ham ma’naviy, ham ruhiy siymo bo‘lib, uning asl mohiyati ma’naviyati bilan belgilanadi.
Barkamol inson tarbiyasi axloqiy-estetik tarbiya uyg‘unligida amalga oshirilishi kerak. Agarda insonning ma’naviy qiyofasi estetik tarbiyaning insonparvarlik asoslari bilan uyg‘unlashsa, bunda uning ma’naviy­ijtimoiy kamoloti ta’minlanadi hamda u komillik darajasiga ko‘tariladi.
Barkamol inson g‘oyasi tasavvuf ta’limotida o‘zining cho‘qqisiga yetgan. Tasavvuf ta’limoti g‘oyalarining tarkibiy qismi sifatida barkamol insonni shakllantirish g‘oyasi namoyon bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan tasavvuf ta’limotini o‘rganmasdan turib, O‘rta asrlar musulmon SHarqi madaniy hayoti haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish mumkin emas. Bu ta’limot mazmunini tahlil qilmasdan turib, Sharqning o‘zini ham to‘la­to‘kis anglash qiyin. Tasavvuf tushunchasi o‘zida mingdan ortiq ma’noni ifoda etishi ta’kidlanadi .
Tasavvuf tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha ta’riflanadi:
1. Tasavvuf g‘oyalarining ilm sifatida ta’riflanishi. Tasavvuf insonning ruhiyati va ma’naviy olamidagi jarayon bo‘lib, uni aqliy hamda axloqiy kamolotga yetkazuvchi ilmdir. Bu o‘rinda bir qator fikrlar ilgari suriladi. Xususan, «Nafs lazzatlaridan voz kechish» (SHayx Nuriy), «Nafs manzillarini bosib o‘tish» (SHayx Safiy Alimshoh), «Xudo yo‘lida nafsdan kechmoq» (Shayx Ravim), «O‘limi yo‘q hayot va hayoti bo‘lmagan o‘limdir, ya’ni, hayvoniy nafsni tark etib, insoniy hayotda yashamoq» (Bobo Tohir), «Boshdagi barcha narsalarni chiqarib tashlash, kaftingdagi bor narsani berish, o‘zgalardan senga, ne ranju kulfat yetsa, bariga chidash» (Shayx Abu Said Abulxayr), «Tasavvuf ikki ishdir, biri – Alloh buyurgandek to‘g‘ri yurmoq, ikkinchisi – noshar’iy ishlarda boshqalardan ajralmoq. Kimki Alloh buyurganini to‘liq ado etsa, yurish­turishi, xulqi, odamlar bilan muomalasi yumshoq va chiroyli bo‘lsa, o‘sha zotni So‘fiy deyish mumkin» (Imom G‘azzoliy) .
2. Tasavvuf g‘oyalarining harakat sifatida ta’riflanishi. Ibn Arabiy: «Yomon axloqdan parhez qilish orqali ilohiy sifatlar nuriga yetishdir» deya ta’rif bergan bo‘lsa, Shayx Haririy esa «yaxshi va oliy xulqqa kirish va past xulqdan chiqishdir» deya ushbu fikrga yaqin keladigan ta’rif beradi .
3. Tasavvuf g‘oyalarining «tariq», ya’ni «yo‘l» sifatida ta’riflanishi. Bunday ta’rif ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansubdir. Uning «Favoyidul Kibor» asarida quyidagi fikr ilgari suriladi. «Xilofu ixtilofi bo‘lmagan zuhd, taqvo, toat emas, riyosiz xolis, sof tavhidga eltuvchi yo‘l» kabi fikrlar ilgari suriladi . Mahmud As’ad Jo‘shon ta’rifiga ko‘ra «tasavvuf favqulodda yuksak darajadagi yo‘l bo‘lib, unda shaxs barkamol inson darajasiga ko‘tariladi» , yoki «dinimizning o‘zagi, negizi va uning haqiqiy ma’nosi barkamol inson bo‘lish yo‘lidir» , degan fikrlarni bildiradi.
4. Tasavvuf g‘oyalarini «ta’limot» sifatida ta’riflanishi. Filolog olimlar N.Komilov va Ibrohim Haqqullar mazkur tushunchani «ta’limot» deb ataydilar.
Husayn Voiz Koshifiy esa «tasavvuf» tushunchasini quyidagicha talqin etadi: «T» – tajrid, ya’ni, ortiqcha narsalardan xoli bo‘lish (qolish), behuda ishlardan chetlashish, «S» – sidqu safo, «V» – vafo, «F» – fano .



TASAVVUF TARIQATLARI



S uxravardiya




K ubraviya




Q odiriya




C Hashdiya




X ilvatiya




R ufoiya




Mavlaviya




SHozaliya




S a’diya




Q alandariya




Dasukiya




Y Assaviya




Badaviya




Akbariya




Madyaniya




Bayramiya







N AQSHBANDIYA


Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin








Zikri xufiya
(O‘zining his­tuyg‘ularini oshkor qilish shart emas, har qanday muhabbat, jumladan Allohga bo‘lgan muhabbat ham yashirin bo‘lishi kerak)




Bemorlardan kasallikni tortib olib chiqarib tashlash quvvati
(Matonatli bo‘lish, qiyinchilikni yenga olish)




Karomatfurushlikka qarshi bo‘lganlar


(Folbinlikka qarshi turish)

Tasavvuf ta’limoti bir necha tariqatlardan iborat bo‘lib, ular orasida o‘zining hayotiy g‘oyalari, islom ta’limotiga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni ifoda eta olgani bilan naqshbandiya tariqati o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Quyida o‘z negizida barkamol inson tushunchasini ifodalagan tariqatlarni keltirib o‘tamiz. Naqshbandiya tariqatining muhim xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, Bahouddin Naqshbandning «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» («Dilba yoru, dast ba kor») shiori naqshbandiya tariqatining qo‘l mehnati bilan halol ter to‘kishga, hayot kechirishga targ‘ib qilishini ifodalaydi. Bunda Naqshbandiya tariqatiga kirgan bu kishilar oilasini obod qilish, mamlakatga qarash, savdo­sotiq bilan shug‘ullanish kabi huquqlarga ega bo‘lganlar. Shuning uchun ham bu tariqat tez rivojlanib, keng tarqala borgan.
Ikkinchidan, Naqshbandiya tariqatidagilar boshqa tariqatdagilar kabi «zikri aloniya» bilan emas, balki «zikri xufiya» bilan shug`ullanganlar. Zikri aloniyada muridlar pir oldiga yig‘iladilar, raqsu simo’ qiladilar, ya’ni kimdir tasavvufona g‘azallarni ohang bilan o‘qiydi, boshqalar esa raqs bilan zikrga tushadilar. Ular Alloh ismini yoki «lo iloha illalloh» so‘zini ovozlari boricha aytadilar. Ahmad Yassaviy tariqatidagilar mana shu zikrga amal qilishgan bo‘lib, ularning zikrlari «zikri arra» deb yuritilgan. Bunda zikr qilayotgan kishining ovozi arraning kesayotgandagi tovushiga qiyoslanadi. «Maqomati Naqshband»da keltirilishicha Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatidagilar ham ana shu yo‘lni tanlaganlar.
«Zikri xufiya»da esa muridlarning bir yerga to`planishi shart emas, har kim o‘z uyida shug‘ullanaveradi, shovqin­suron, raqsu simo’ bo‘lmaydi. Murid «ismi zot» (Alloh), «nafyu isbot» (lo iloha illalloh»)ni dilidan aytib, kunduzi o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Zikri xufiya yo‘lini Bahouddin Naqshband Abdulxoliq G‘ijduvoniydan o‘rgangan. Abduxoliq G‘ijduvoniyga esa Hizr alayhissalom ta’lim bergan.
«Zikri xufiya» barcha oddiy fuqaroga ham, shoh va davlat arboblariga ham qulay bo‘lib, har bir kishi kunduzi uydami, xizmatdami o‘z mehnat faoliyati bilan shug‘ullanaverar, kechasi esa zikr bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin edi. Hatto shohlardan tortib, buyuk siymolargacha, ya’ni Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham bu tariqat g‘oyalariga amal qilganlar.
Uchinchidan, Naqshbandiya tariqatiga kirgan valiylarda bemordan kasallikni tortib olib, so‘ng bu illatni o‘zlaridan chiqarib tashlash quvvati mavjud edi. Boshqa tariqatlarda esa kasallikni tortib olib, uni qayta haydab yuborish quvvati bo‘lmagan.
To‘rtinchidan, Naqshbandiya tariqatidagi avliyolar karomatfurushlikka keskin qarshi bo‘lganlar. Bunda muridning asosiy maqsadi - ma’naviy va ruhiy poklanish, Allohga yetishish va vahdat hosil qilishdan iborat. Bahouddin Naqshband musulmonlar og‘ir holatga tushib qolganlaridagina karomat ko‘rsatishni lozim topgan. Boshqa hollarda esa shogirdlarini o‘z ilmu hunarlariga qiziqtirish yoki ularga namuna bo‘lish, tarbiyalash maqsadidagina bu ishga qo‘l urganlar.
Biz Bahouddin Naqshband silsilasini tasvirda quyidagicha ifodalashga harakat qildik. (Ilovada berilgan 1-tasvirga qarang.)
Bu silsila ­ «Silsilatu–z-zaxab», «Oltin silsila» deb ataladi.
Yusuf Hamadoniydan tasavvuf bo‘yicha chuqur ta’lim olgan to‘rt mashhur halifalar (Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barqiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Xojagon keyinchalik naqshbandiya tariqatini asoschilaridir. Naqshbandiya tariqatining talablari (aqidalari) quyidagilardan iborat. (Ilovada berilgan 2-tasvirga qarang.)
1. Hush dar dam – tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va hushyorlik yuzasidan bo‘lishi, g‘aflat unga yo‘l qo‘ymasligi har nafasda ogoh bo‘lishidir.
2. Nazar bar qadam – ya’ni nazar qadamda, har bir qadamni kuzatish. Solik yo‘l yurganda uning nazari doimo oyo panjalarida bo‘lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin, degan ma’noni bildiradi. Bu insonni har bir ishga mas’uliyat bilan qarash, behuda narsalarga umrni sarf etmaslikka, foydali ishlar qilishga, yaxshilikka mehnat bilan intilishga undaydi.
3. Safar dar vatan – ya’ni botinan safar, axloqni poklash, solik odamiylik tabiatida safar qilishi, ya’ni yomonlikdan yaxshilik tomon yurishi hayotni o‘rganish, bilimini oshirish, g‘am­alamga berilmaslikka undaydi.
4. Xilvat dar anjuman – solik tashqi tomondan xalqqa yaqinlashmoq, ularning dardiga, quvonchiga sherik bo`lmoq, botinan Xudoni diliga jo ilmoqdir.
Yuqoridagi to‘rt aqidaga Abdulholiq G‘ijduvoniy yana to‘rtta – talabni qo‘shadi.
1. Yodkard – bu til yoki dil zikri bo‘lib, «Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh»ni uch marta nafas olmasdan dilda aytish, ya’ni zikr etish, Alloh yodi bilan pok insoniy harakatlar qilish.
2. Bozgasht – boshga qaytish, har xil fikrlardan xalos bo‘lish, dilni poklashga intilish. Bunda kalimai tayyibani necha marta aytsa ham xayolni boshqa narsalarga bo‘lmaslikdir. Bu – fikrni, diqqatni bir joyga to‘plashga yordam beradi.
3. Nigohdosht – har xil fikrlardan xalos bo‘lish, xayolni boshqa narsalarga bo‘lmaslik. Bunda xayol quvvati o‘z amalida qolish malakasini hosil qiladi.
4. Yoddosht – ya’ni har lahza Tangridan ogoh bo‘lish, yodda saqlamoq, xotirda saqlamodir.
Bahouddin Naqshband Abdulholiq G‘ijduvoniydan so‘ng o‘zining uch talabini o‘qishadi:
1. Vuqufi zamoniy – zamon – vaqtdan ogoh bo‘lish, uni asrash. Bu talab haqida Bahouddin Naqshband shunday deganlar: «Tolib doimo o‘z ahvolidan xabardor bo‘lishi, har bir zamonda o‘zining holi va sifati qanday shukr paytimi, uzr paytimi, buni bilishi kerak .
2. Vuqufi adadiy – son – adaddan ogoh bo‘lish. «Lo iloha illalloh» kalimasini takrorlashdan maqsad uni ko‘p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni tashkil etishga e’tibor berish. «Vuqufi adadiy – (toq aytish) ilmi laduniyning boshlang‘ich pog‘onasidir» .
«Vuqufi adadiy – dil barcha yomon sifatlardan, chunonchi, hasad, adovat, baxillikdan, Xaq ta’olo iuhabbatidan boshqa narsalarga do‘stlik qilishdan tiyiladi, qalb Allohu ta’olo muhabbati bilan orom topadi. Dil yomon sifatlaridan tozalangach va chiroyli sifatlar bilan oro topgach, sog‘lom bo‘ladi» .
3. Vuqufi qalbiy aytilgan zikrdan qalbni to‘liq ogoh va hushyor bo‘lishi, har bir daqiqani qadriga yetishga da’vat etadi. «Vuqufi qalbiy jazaba ta’sirini o‘zida his qilish va bu ta’sirning qalbdan o‘rin olishi uchundir» .
«Vuqufi qalbiyga rioya qilish barcha holatlarda muhimdir, masalan, yeb­ichishda ham, uxlashda, yurish­turishda ham, oldi­sotdida ham, tahorat qilishda ham, namoz o‘qishda ham, boringki, to maqsadga yetguncha, ko‘z ochib yumishda ham g‘ofil bo‘lmaslik kerak» .
Naqshbandiya tariqatida zikri xufiyaning o‘ziga xos ahamiyati bor. Nafs tarbiyasi va qalb poklanishiga zikr amaliyotining o‘zicha xos o‘rni bor.
Zikr – «Dil bilan biror narsani yodlash, eslash, til bilan biron narsani talaffuz etish»dir .
Zikrdan maqsad qalbda Haqni eslash orqali ruhni g‘aflatdan qutqarishdir. Hazrati Azizondan ikki xil zikr naql qilinadi. Biri – jahr va biri – xufya, xufya zikri kuchli va avlo bo‘lgani uchun biz uni ixtiyor qildik, deya ta’kidlaydi Bahouddin Naqshband. Zikrning o‘ziga xos holatlari haqida Bahouddin Naqshband shunday fikr bildiradi: «Zikrdan to‘liq foyda, zikr aytish qoidasini ulug‘lardan olgandagina hosil bo‘ladi. Irshod (to‘g‘ri yo‘lga soluvchi) va talqin (pirning muridga zikr aytishni ta’lim berish)ga mashg‘ul kishilar uch xildirlar: «Komili mukammal, komili muqallid va komil bakamol», «Hakim at Termiziy komili mukammal haqida aytgan edilar: «Komili mukammalga payg‘ambar valoyatidan to‘rt dong (o‘lchov birligi) nasiba bo‘ladi, komili mukammal nuroniy hamda nur baxsh etuvchi bo‘ladi, komil nuroniy bo‘ladi, lekin nur baxsh etuvchi bo‘lmaydi. Komili muvallid (taqlid etuvchi) shayxning talqini bilan ish ko‘radi va talqinni komili mukammaldan olgan bo‘lsa umid qilsa bo‘ladi. Ammo, talqin komili mukammaldan bo‘lgandagina foydali bo‘ladi va hukm joyida bo‘ladi. qanday bo‘lmasin o‘rgatilgan tartibda doimo zikr aytish bilan mashg‘ul bo‘lish kerak va barcha vaqtni zikrga sarf etish zarur «…Ertalab va kechqurun zikrga mashg‘ul bo‘lsa, bunday kishi (zikr aytuvchilar)dan bo‘ladi, g‘ofillardan emas». Yana manbadan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, zikrda (vuqufi qalbiy, vuqufi adadiy holatlari mavjudligi, uning o‘ziga xos odoblari haqida bayon qiladi. Masalan: «So`radilar: Bu kalimai tayyibaning ixlosi nima? Aytdilar: «Ixlosi shuki, uni aytuvchi harom narsalardan o‘zini tiysin». Bu kalimani aytishdan kishining dili to‘g‘rilanadi, so‘zida, fe’lida barqarorlik hosil bo‘ladi .
«Vuqufi adadiy va vuqufi qalbiyda o‘z ixtiyori bilan ko‘zini yumib o‘tirmasin va boshu bo‘yinni egmasinki, bu odamlarga sirini fosh qilishdir. Xojamiz buni man’ etganlar» .
Zikrda vuqufi adadiy holati haqida alloma dilga e’tibor berishlikni uqtiradi: «Vuqufi adadiy bilan doimo va payvasta shug‘ullanishdan dil tezda zokir (zikr aytuvchi) bo‘ladi…» .
«Dil go‘yo balig‘­u, zikr go`yo suvdir, Dil uyg‘oqligi Vahhob (ya’ni Alloh)ni zikri bilandir» .
«Zikr – bu g‘aflatni yo‘qotishdir, g‘aflat yo‘qoldimi, demak sen zokirsan. Bu zikrdan murod g‘aflatning uzoq bo‘lishidir. G‘aflat uzoqlashdimi, demak kishi jim turganda ham zokir (ya’ni zikr aytuvchi kishi) hisoblanadi .
Alloma zikrda (vuqufi adadiy holatida) dilga e’tibor berishlik, g‘aflatdan nari bo‘lishlik, inson o‘z­o‘zini anglay bilish, boshqara olish lozimligini uqtiradi.
Tasavvuf ilmida insonning hissiy­ruhiy sifatlari uyg‘unligi chuqur va keng asoslab beriladi. Shaxs tarbiyasi har bir kishining uquvi, qobiliyati asosida ma’naviy­amaliy faoliyatda amalga oshiriladi.
Bahouddin Naqshband komillik, insoniylik, mehr­muruvvat va hurfikrlilik g‘oyasini yetarli rivojlantirib, o‘z ta’limotiga singdirgan.
Insonni xalqparvar va jamiyatga foyda berish ruhida tarbiyalash doimo dolzarb muammolardan bo‘lib kelgan. Shu sababdan bu masala dunyoviy ahamiyatga molik bo‘lgan har bir jamiyat va davrning oliy maqsadi hisoblangan.
Ayrim tarixiy manbalarda «Xoja Bahouddin Naqshband tasavvuf ta’limotining buyuk targ‘ibotchisi bo‘lganligi va bu yo‘lda qattiq faoliyat ko‘rsatganligi» ta’kidlangan. Turli mamlakatlardan kelgan murid, shayx, avliyolarga ta’lim berganlar. Binobarin, bu ta’limotda Xoja Bahouddin Naqshband Orif darajasida dunyoga tanilganlar, ya’ni mavjudotdagi barcha ilm va qudratni biluvchi buyuk inson darajasiga ko‘tarilganlar. Orif payg‘ambardan keyingi darajadir», deb ko‘rsatiladi .
«Avrodi naqshbandiya» («Naqshbandiya vazifalari») manbasining toshbosma qo‘lyozma nusxasi 3­6 varaqda saqlangan bo‘lib, u 1294 (1877) yilda Hindiston ­Laknav nashridan chiqarilgan.
«vird» tushunchasining ma’nosini bu «Arabcha – ruscha qomus»da vird so‘zi manba, sarchashma deb tarjima qilingan. «Avrod» arabcha «vird» so‘zining ko‘pligi bo‘lib, so`fiylar zikr vaqtida o‘qiydigan tizimga keltirilgan duolar degan ta’rif beriladi. Virdni ingliz olimi Dj.Trimingem uch xil yo`nalishda talqin etadi: a) tariqat- b) maxsus duo- v) virdni tariqat ma’nosida kelishi uning bu yo‘lning asosini tashkil etuvchi duolar tizimi ekanligini anglatadi. «Vird» tariqat so‘zining sinonimi bo‘lib, xizmat qilish zarur bo‘lgan yo‘lni anglatadi. Muayyan shayxning virdga ergashishi uning tariqqat yo‘liga kirishi, demakdir . Vird tariqatga kirishning ahd marosimida bu yo‘lga qadam qo‘yayotgan kishiga tasbeh bilan birga topshirilgan va kamolot darajalariga muvofiq o‘qishga ijozat berilgan. Dj.Trimingem islomdagi tariqatlar mohiyatini tahlil etib, «Barcha tariqatlar o‘zining shaxsiy rahbari tomonidan ijod etilgan avrodiga ega bo‘lgan. Unda tariqatning mohiyati, mazmuni o‘z aksini topgan» degan xulosaga keladi. «Avrodi naqshbandiya»da – Haqqa yetish uchun muntazam anglab, qalb bilan takrorlab turishi zarur bo‘lgan sanolar, Alloh ismlari, zikr, tasbeh, Qur’on oyatlari tilovati, salovat va duolar to‘plami, halollik, poklik haqida fikrlar bayon qilingan.
Ya’qub Charxiy Bahouddin Naqshbandning xalifasi bo‘lib, u naqshbandiya tariqatining davomchilaridan biridir. Ya’qub Charxiyning «Risolai unsiya» asarining toshbosma nusxasi esa 16­40 varaqlarda saqlangan bo‘lib, u 1288 (1871) yilda Hindiston ­ Laknav nashridan chiqarilgan. Ya’qub Charxiyning «Risolai unsiya» («Do‘stlarga maktub») asari muqaddima, «Zikri xufyaning fazilati haqida», «Nafl namozlar bayonida», «Xazrati Xojadan bu faqirga yetgan va ularning xalifalari Xoja Alouddin bayon qilgan foydalar bayoni» kabi bo`limlardan iborat.
Ya’qub Charxiyning ma’lumot berishicha, alloma fikrlari komillikka intiluvchi har bir yosh avlod uchun namuna maktabidir. Bahouddin Naqshband tavba qilishga, yaxshi va xush kayfiyatda shukr aytishga amr etganlar va shu ikki holatga rioya etish vuqufi zamoniy ekanligini uqtirgan. Naqshbandiya tariqati ahli orasida butun tasavvuf namoyandalariga xos bo‘lganidek, vaqt juda qadrlangan. Vaqtning naqadar qimmatli va aziz ekanligini bilish lozimligini shogirdlarga uqtirganlar. Uni bekorga sarflashdan saqlanganlar. Zero vaqt – naqddir. Uni boshqa qaytarib bo‘lmaydi.
Naqshbandiya ta’limoti vaqtni behuda so‘zlash, yeyish va uxlashga sarflamasdan kam so‘zlash, oz yeyish, oz uxlash, kerakligi ya’ni tejamkorlikka e’tibor berish lozimligini uqtirganlar. Qalbni beqarorlikdan, Allohdan o‘zgaga bog‘lanishlardan himoya etish, tilini quruq so‘zdan, ko‘zini foydasiz narsaga boqishdan, quloqlarni keraksiz va gunohkor ovozlardan, oyoqlarini behuda yerga, gunohga botgan joylarga borishdan muhofaza etish, harom va shubhali narsalarni yeyishdan, dangasalikdan saqlanish lozimligini uqtiradi.
Bahouddin Naqshband o‘zining avliyolik kuch­quvvatlarini faqat ezgulikka odamlarni ma’naviy va ruhiy poklanish, xalqni ilm­ma’rifat bilan qurollantirish hamda Rasullulloh sunnatlariga to‘liq amal qilib, dinni bid’atdan tozalashga bag‘ishlagan.
Bahouddin Naqshbandning tasavvufda nisbatlari to‘rt xildir. Biri – Hazrati Xoja Xizrga, ikkinchi – Hazrati Shayx Junaydga, uchinchi – oriflar sultoni Sulton Boyazidga, bu yog‘i to Hazrati amirulmu’minun Abu Bakr Siddiq, amirul – mu’minun Ali (r.a.)ga etadi. SHu sababli ularni «namaki mashoyix» (shayxlarning tuzi») deyishadi .
Bahouddin Naqshband hayot yo‘li va u asos solgan tariqat ahli, avliyoullohlarning ulug‘ xususiyatlarini o‘zida jam etganligi va komilu mukammalliklariga ishonchi hosil bo‘lganlar .
Demak, Bahouddin Naqshband komilu mukammal inson bo‘lgan.
Bahouddin Naqshband kamolot yo‘llari haqida shunday deydi: «Orif kishilar topa oladigan va boshqalar topa olmaydigan yo‘l uch qismga muroqaba, mushohada va musohabaga bo`linadi .
Demak, solih shogird bu uch xil xislatlar bilan o‘zini boshqaradi.
1. Muroqaba – muroqaba (mushtoq bo‘lishlik) so‘zidan olingan bo‘lib, o‘z-o‘zini anglash, mushohada qilish demakdir . Naqshband muroqaba haqida shunday degan: «Muroqabaning davomiyligi nodir holdir. Biz buning hosilini topganmizki bu nafsga qarshilikdir .
2. Mushohada bu –(kuzatmoq).«G‘aybiy holatlarning ko‘ngilga kirishidir». Qalban Allohga bo‘lgan munosabatdir. Haqqa ruhan yetishmoqchi bo‘lgan inson bu jarayonda qalbining har bir holatini kuzatishdir. Har daqiqada ogoh bo‘lish, g‘aflatni tark etish lozim.
3. Musohaba – (o‘zaro suhbat qurmoq). «O‘tgan har bir soatimizni hisoblash va tekshirishdir. O‘tgan har bir soatimiz, nafasimiz va zamonimiz huzur bilan o‘tdimi yoki nuqson bilanmi? Agar hammasi nuqson bilan o‘tgan bo‘lsa, qaytamiz va amalni avval boshdan boshlaymiz».
Bu haqda tasavvufshunos olim N.Komilov shunday deydi:
Muroqaba fikr energiyasini zo`r xohish bilan bir nuqtaga jamlanishidir.
Muroqaba xojagon silsilasi vakillarida ko‘p uchraydi. Ular bir­birlarini da’vat qilib, jisman uchrashishdan tashqari, ruhiy muloqotlarni ham tashkil etganlar, suhbatlar uyushtirganlar, muridlarni tarbiyalaganlar .
SHunday qilib, naqshbandiya tariqati o‘ziga xos xislatlar bilan barkamol insonni tarbiyalar ekan, uni izlanish­qidirishlar yo‘lidan boshlab o‘z ruhiy­ma’naviy qudrati, o‘z mohiyati haqida o‘ylashga o‘rgatadi, insonga o‘zini tanish, olam va Ilohiy sevgidan ta’lim beradi.
Naqshbandiya tariqati so`fiylik (tasavvuf) ta’limotining alohida ajralmas oqimlaridan biri bo‘lib, unda insonning komillikka erishuvi borasida quyidagi o‘ta muhim g‘oyalar ifoda etiladi:
1. Bahouddin Naqshband ta’limotida insonning ham ruhan, ham jismonan poklanishi lozimligi ilgari suriladi. Zero poklik zaminida yaratilgan fikrlar o‘zida ezgulikni namoyon etadi. Ruhiy kechinmalar, o‘y va fikrlarning to‘g‘riligi inson xatti­harakatlarining jamiyatda qabul qilingan axloqiy va huquqiy me’yorlar doirasida tashkil etilishini ta’minlaydi. SHu nuqtai nazardan kishining jismoniy poklanishi esa vujudini har qanday illat va kasalliklardan forig‘ bo‘lishga, himoyalanishga undaydi. Umuman olib qaralganda, insonning ham ruhan, ham jismonan poklanishi uning butun vujudi va ongida mavjud bo‘lgan illatlarning bartaraf etilishini anglatadi.
2. Bahouddin Naqshband ta’limotining yana bir yetakchi g‘oyalaridan biri ­ nafsni jilovlay olish, uning ustidan g‘olib kelish, o‘z nafsiga qasd qilishdir.
Inson tomonidan o‘z nafsini jilovlay olishning ahamiyati shundaki, bunda inson ochko‘zlikdan hamda o‘zgalarga hasad qilishdan saqlanadi, o‘zini o`g`irlik qilishdan to‘xtatib, xudbinlikni mahv etadi va bu bilan jaholat, razolat va qabohatni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘zidan uzoqlashtiradi. Naqshbandiya tariqatida nafs yo‘lidan insonni qaytaruvchi asosiy xislat sifatida qanoat keltiriladi. Zero, qanoatli bo‘lishgina insonda ochko‘zlik, molu davlatga xirs qo‘yishdan qaytaradi, deb ta’kidlanadi. qanoatsiz kimsalargina xudbinlik, faqatgina o‘z manfaati yo‘lida xizmat qilishdan qaytmaydi, oqibatda hukmron mavqega ega axloqiy hamda huquqiy me’yorlar mazmuniga ko‘ra man etilgan xatti­harakatlar sodir etadi. Bu bilan esa u o‘zining ijtimoiy bahosini belgilaydi.
3. Naqshbandiya tariqatining yana bir ijtimoiy ahamiyati – unda halol mehnat bilan kun kechirish g‘oyasining targ‘ib qilinganligidir. «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» («Dil ba yoru, dast ba kor») shiori kishilarni halol mehnatlari asosida oilaviy farovonlik, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga undab kelgan. Aynan mana shu shior O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan bir sharoitda jamiyat fuqarolari uchun ham hayotiy dastur bo‘lib xizmat qiladi. Zero, jamiyat fuqarolarining ijtimoiy faolliklari tufayligina moddiy hamda ma’naviy ishlab chiqarish sohalarida muayyan yutuqlarga erishish, ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltirish mumkin. Kishining halol mehnat bilan kun kechirishi nafaqat ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etib qolmay, balki uning individual xususiyatlarini ham ifoda etadi. Ya’ni, halol mehnat, xususan, jismoniy faoliyatni tashkil etish yosh avlodni ma’nan hamda jismonan kamolga yetishishiga poydevor yaratadi. Yosh avlodning tasavvuri, idroki, tafakkuri, shuningdek, dunyoqarashini boyitadi, irodasini chiniqtiradi va xarakterini mustahkamlaydi. Insonda mustaqil fikr egasi bo‘lishdek sifatni shakllantiradi, muayyan faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuvni qaror toptiradi. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatda mustaqil fikrlovchi ijodkor, barkamol yosh avlodni tarbiyalashda ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
4. Naqshbandiya ta’limotida karomatfurushlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni iqtidorli, layoqatli shaxslarning mavjud imkoniyatlaridan ushbu yo‘lda foydalanilmasdan, aksincha, ezgu ishlarni amalga oshirishga, ilm­fan va ma’rifatni rivojlantirishga, ularni ilm o‘rganishga yo‘llashga, jamiyatni ma’naviy va ruhiy poklash, uni har qanday illatlardan forig‘ etish jarayonida foydalanishga urg‘u beriladi. Ushbu g‘oya Naqshbandiya ta’limotida quyidagi tarzda bayon etilgan: «Musulmonlik ­ bu iloji boricha haq hukmlariga bo‘ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorchilikdan uzoq bo‘lib, bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolar (o‘ziga xos ruhiy quvvatga ega bo‘lgan shaxslar) aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat parvarishi orqali yetishadilar».
Ma’lumki, Tadqiqot ob’ektimiz hisoblangan o`spirinlarning barcha intilishlari muayyan maqsad bilan bog‘lanadi. Shu sababdan ularning ezgu maqsadlarini mazkur g‘oya asosida qaror toptirish pedagogik nuqtai nazardan ham maqbuldir.
Yosh avlodda axloqiy tarbiyani hamda ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini to‘g‘ri, oqilona tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda ushbu g‘oyaga tayanish pedagogik amaliyot uchun o‘ziga xos nazariy qimmatga ega.
5. Naqshbandiya ta’limotida jamoa orasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish talabi ham yetakchi o‘rin tutadi. Xususan, «Xilvat dar anjuman» xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jamiyatda xayriyat bo‘ladi, jamiyat esa suhbatda bo‘ladi» , ya’ni yolg‘ izlik xudbinlikni shakllanishiga turtki bo‘ladi. Yosh avlodni o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qilishga undaydi, atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lish ijtimoiy birlikni qaror toptiradi. Ana shundagina insonning ijtimoiylashuvi, jamiyatning faol a’zosi sifatidagi qiyofasi ko‘zga tashlanadi. Jamoa orasidagina insonning asl qiyofasi, uning ijobiy va salbiy xususiyatlari ko‘zga tashlanadi, komillik darajasi e’tirof etiladi.
Demak, yuqorida bayon etilgan fikr­mulohazalardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, tasavvuf barkamol insonni shaklantirishga qaratilgan bilimlar majmui bo‘lib, bunda uning komillikka erishuvi quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi. Ya’ni shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat, degan g‘oya ilgari suriladi.
Bizning nazarimizda, tasavvuf ta’limoti g‘oyalari ijtimoiylik nuqtai nazardan tahlil etiladi:
1. Muayyan xalq, millat yoki elatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida eng maqbul deb topilgan hamda hayotiy tajriba asosida mukammalligi e’tirof etilgan, natijada ana shu xalq, millat yoki elat vakillari uchun xulq­atvor, odob­axloq hamda huquqiy mazmundagi me’yor sifatida qabul qilingan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritish, ushbu me’yorlarga zid xatti­harakatni tashkil etmaslik insonning komillik darajasini ko‘rsatuvchi belgi, ko‘rsatkich sanaladi.
2. Insonning komillikka erishuvining asosiy bosqichi – o‘zlikdan kechish, o‘zgalar manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish, shaxsiy xohish-istaklarini jilovlay olishi, eng zaruriy ehtiyojlar darajasini aniqlay bilishidan iboratdir.
Insonning komillik darajasi uning atrofidagi kishilar guruhi tomonidan e’tirof etilishi bilan ham tasdiqlanadi. Bu uning qaysi bir jamoa orasida bo‘lishidan qatiy nazar xizmatlari natijasi hamda shogirdlarining kamolot darajasini qayd etish tarzida ko‘rinadi.
Naqshbandiya tariqatining yuqorida bayon etilgan tayanch g‘oyalari asosida umumiy O‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi va talabalar hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
­ naqshbandiya ta’limoti mazmuni hamda uning bugungi kundagi ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
­ naqshbandiya ta’limotini o‘rganishga nisbatan qiziqishni qaror toptirish;
­ ijtimoiy faoliyatni samarali tashkil etish imkonini berishga xizmat qiluvchi (naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan g‘oyalar asosida) jamiyat tomonidan e’tirof etilgan qoidalarga amal qilish ko‘nikmasini hosil qilish, xudbinlik hissini bartaraf etish, o‘zgalar manfaati yo‘lida xizmat qilish istagini qaror toptirish, jamoa tomonidan uning inson sifatida e’tirof etilishi yo‘lida harakat ko‘nikmalariga ega bo‘lish, ong va vujudni poklash, nafsni jilovlash, ko‘ngil istaklariga erk bermaslik, halol mehnat qilish, kelgusi faoliyatni ilmiy asosda rejalashtirish layoqati kabi sifatlarni tarbiyalash, ularni takomillashtirish;
­ o‘z­o‘zini nazorat qilish va o‘z­o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarash asosida o‘zidagi mavjud illatlarni ko‘ra olish va ularni bartaraf etish borasidagi ko‘nikmalarni hosil qilish;
­ «komillik» tushunchasi mohiyatini anglash, komillikka erishish borasidagi bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash.
Yuqorida bildirilgan fikr­mulohazalarga tayanib quyidagi xulosaga keldik:
1.Naqshbandiya tariqati tasavvuf (so`fiylik) ta’limotining alohida, shu bilan birga ajralmas oqimlaridan biri bo‘lib, u o‘zida insonning komillikka erishuvi borasidagi o‘ta muhim g‘oyalarni ifoda etadi.
2. Barkamol insonni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotini yo‘lga qo‘yish jarayonidagi asosiy yo`nalishlardan biridir. Mazkur masalaning ijobiy hal etilishida o‘zining hayotiy, ilg‘or g‘oyalari bilan asrlar davomida barkamol insonni tarbiyalash ishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlari g‘oyalari muhim rol o`ynaydi. SHu bois ushbu ta’limot g‘oyalaridan ta’lim­tarbiya jarayonida samarali foydalanish umumiy O‘rta ta’lim maktablari hamda oliy o`quv yurtlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir.
3. Ta’lim­tarbiya jarayonida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlari g‘oyalaridan tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq foydalanish ma’naviyatli barkamol insonni tarbiyalash omillaridan biri bo‘ladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling