Ызбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги
Download 455.81 Kb. Pdf ko'rish
|
futbolchi qizlarni chidamkorlik jismoniy sifatlarini rivojlantirish
2.2.2. Pedagogik kuzatuv ishlari Futbolchi qizlarning texnik-taktik harakatlar, YU.A.Marozov va K.N.Baskov usullari asosida kuzatilib qayd etib boriladi. O„yinni tahlil qilish asosida texnik-taktik mahorat darajasini o„rganishga qaratilgan edi. O„yinda qo„yidagi ko„rsatkichlar qayd etildi: -Qisqa masofaga to„p uzatish; -O„rta masofaga to„p uzatish; -Uzoq masofaga to„p uzatish; -To„pni olib yurish; -Raqibni aldab o„tish; -To„pni olib qo„yish; -To„p uchun havoda kurash; -Boshda darvozaga zarba berish; -Oyoqda darvozaga zarba berish. O„yin davomida to„g„ri bajarilgan (+) va noto„g„ri harakatlar (-) bilan belgilandi. Pedagogik kuzatuv ishlari 2013-2015 yilda futbol mavsumi davomida ayollar o„rtasida O„zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan oliy toifadagi futbolchi qizlarning musobaqa sharoitlari kuzatilib borildi. O„yin davomida nazorat guruhining dastlabki 10 ta tadqiqotdan keyin 10 ta o„yinlari va tajriba guruhida ham guruhining ham dastlabki 10 ta tadqiqotlan so„ng 10 ta o„yinlari qayd etildi. Jami 40 dan ortiq o„yinlar o„rganib chiqilib tahlil qilindi. 2.2.3. Tayyorgarlikni baholovchi test meyorlari . CHidamkorlik sifatini tayyorgarlik darajasi va uni shakllanish dinamikasini o„rganishda maxsus testlardan foydalanildi. Jismoniy darajasini ifodalovchi testlar: - 30 metrga yugurish (vaqtga); - “Kuper” testi (vaqtga); - 7x50 m ga yugurish (vaqtga); -30 m ga to„pni olib yurish(sek); -Besh karra sakrash(m). 2.2.4. Pedagogik tajriba. 2013-2015 yillarda ayollar futboli bo„yicha O„zbekiston milliy chempionatining oliy toifadagi futbolchi qizlar o„rtasida bahs olib boruvchi, o„yinchilar ustidan pedagogik kuzatuvlar olib borildi. Joriy tadqiqotlar 2013 va 2015 yillarida mamlakat chempionatida ishtirok etuvchi “Metallurg-W” (tajriba guruhi) va “Bunyodkor-W” (nazorat guruhi) jamoalarining futbolchi qizlari tadqiqot ob‟ekti sifatida jalb qilindi. Tadqiqotimizda nazorat guruhi sifatida “Metallurg-W” jamoasi 11 nafar futbolchi qizlari va “Bunyodkor-W” jamoasining 11 nafar futbolchi qizlari esa o„quv-mashg„ulot va musobaqalar taqvim rejasiga ta‟sir ko„rsatmaydigan pedagogik tajriba jarayoniga jalb qilindi. Nazorat guruhiga mansub futbolchi qizlar odatdagi an‟anaviy rejaga muvofiq o„tkazilgan mashg„ulot va musobaqalarda ishtirok etishdi. Tajriba guruhiga jalb qilingan “Metallurg-W” futbolchi qizlarning kundalik harakat faoliyati (mashg„ulotlar, musobaqalar, o„quv-mashg„ulot yig„inlari va.h) ga tadqiqotga muvofiq ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar joriy etildi. Download 455.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling