Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
Fan o’qituvchisi A.Toshpo’latov
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotshunoslik
- Adabiiy an’ana
- Adabiiy asar
- Adabiiy tanqid
- Ijodiy metod
Fan o’qituvchisi A.Toshpo’latov
Kafedra mudiri Sh.Hasanov GlOSSARIY Adabiyot – arbcha adab so’zining ko’pligi. Keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda fan va amaliyotning biror sohasi yutuqlarini umumlashtiruvchi asarlar majmuasiga nisbatan qo’llaniladi. Tor ma’noda inson va boqelikni badiiy so’z orqali chizilgan obrazlar vositasida aks ettiruvchi san’at turini anglatadi. U badiiy adabiyot deb yuritiladi. Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot va uning mazmun mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari, paydo bo’lish bosqichlari, har bir davrning o’ziga xod xususiyatlarini tadqiq etadi. Adabiyotshunoslik bir-biri bilan bog’liq – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid kabi bo’limlardan iborat. Adabiiy an’ana – dunyoni badiiy idrok etish va ifodalash sohasida davrdan-davrga, avloddan-avlodga o’tib kelgan tajribalar yig’indisi – estetik qarashlar, tldagi obrazlilik, emotsionallik va uslubdagi rang-baranglik. Zamnlar sinovidan o’tgan, barhayot, ilg’or an’analar barcha adabiyotlar uchun taraqqiyot omili sanaladi. Adabiyot va san’atda an’ana tarixiy hodisa bo’lib, muayyan davr ijtimoiy-tarixiy, badiiy xususiyatlarni aks ettiradi. Adabiiy asar – boshqa yozma va og’zaki bitiklardan o’zida muallifning badiiy mahorati belgilarini jamlagani bilan ajralib turuvchi ko’rkam adabiyot mahsuloti. Mazmunan bir butunlik va tugallikga ega, muayyan g’ayaviy-badiiy ca estetik maqsadga yo’naltirilgan adabiy asar ijodkor va kitobxon orasidagi hissiy-intelektual vositadir. Adabiiy tanqid – tanqid arabcha naqd zo’zidan olingan. Adabiyotshunaslikning mustaqil bir sohasi bo’lib, u adabiy jarayonni, shu jarayonda yaratilayotgan asarlarning badiiy-estetik qimmatini, adabiyot maydonidagi o’rnini, muvaffaqiyot va cheklanishlarini, adabiy jarayonning yo’nalishini aniqlab, baholab boradi. Adabiy tanqid o’z vazifasiga ko’ra juda ma’sulliyatli faoliyat bo’lib, tanqidchidan adabiyot nazariyasi, adabiy jarayonning buguni, tarixi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va madaniy hayotni chuqur bilishni talab etadi. Badiiylik – san’at asarining badiiy-estetik jihatdan yuksak saviyasini ifodalaydi. Asar komponentlarining yozuvchi g’oyaviy –estetik maqsadiga muvofiq tanlangani va ularning nafosat qonuniyatlari asosida joylashtirilganini anglatadi. Ijodiy metod – yunoncha-tadqiq usuli ma’nosini anglatadi. Ijodkorning hayotiy materialni tanlash, estetik o’zlashtirish, badiiy ifodalash va baholashining asosiy dastur va tamoillari yig’indisi. Ijodiy metod san’atkorning badiiy o’zlashtirilayotgan voqelikka ijodiy munosabatining muhim jihatlarini o’zida jamlagan hayotni qayta aks ettirish usulidir. Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling