Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmun va shakl
- Manbashunoslik
- Monografiya
Individual uslub – ijodkorning voqelikni idrok qilish, uni tasvirlashdagi o’ziga xosligi. Bu uslub murakkab tushuncha bo’lib. U ijodkorning dunyoqarashi, fikrlash tarsi, hayotiy tajribasi umumxalq tiliga munosabati kabilarni o’z qamroviga oladi. Bu uslub orqaligina badiiy ijod ko’p qirralilik kasb etadi, voqelik turlicha aspektda, turli shaklda in’ikos etadi.
Mazmun va shakl – mazmun – adabiy asarda aks etgan hayotiy voqealar vositasida zohir bo’ladigan asar bto’qimasi zamiridagi mohiyat. Shakl – ushbu mohiyatning namoyon bo’lishi, ya’ni ifodalanish usulidir. Mazmun shakl orqaligina ro’yobga chiqadi va o’z navbatida shkl mazmunsiz mavjud bo’laolmaydi. Shu tufayli bu ikki tushunch o’zaro aloqada bo’ladi.ularning birligi badiiylikning muhinm shartidir. Manbashunoslik – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid kabi maxsus fanlarning turli davrdagi tarixiy taraqqiyotiga oid manbalarni o’rganuvchi ulardan tegishli xulosalar chiqarib, ilmiy umumlashtiruvchi adabiyotshunoslik sohasi. U adabiyotshunoslik fanlari erishgan yutuqlarni, ijobiy tajribalarni umumlashtirish yo’li bilan ularning galdagi taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Modernizm – frantsuzcha zamonaviy degani bo’lib, hayotni yuzaki, naturalistic, etika va estetika qolblarida tasvirlashdan ko’ra voqe-hodisalarning falsafiy mohiyatini ochishni, ichki jarayonini yoritishni afzal biladigan adabiy oqim. XIX asr oxirlarida Fransiyada paydo bo’lgan ushbu oqimning J. Satr, J. Joys, A. Kam’yu, F. Kafka kabi vakillari ijodida inson ruhiyati, fe’l-atvori, o’zaro va atrof borliq bilan munosabatlari mutloqo tabiiy. Oshkora gavdalantiriladi, insonni salbiy yoki ijobiy qilib tasvirlashdan voz kechib, uning tubanligini ham, buyukligini ham, iztirolari, xavotirlari, sevgisi, nafratini ham, mehru oqibati, razilligini, butun borlig’I – rahmoniy va shaytoniy xususiyatlarining barchasini badiiy tadqiq qilish mazkur oqimning asosiy xususiyatidir. Monografiya – yunoncha monos – bir, grapho-yozaman degan ma’nol;arni anglatadi. Bir masala yoki mavzuni har tomonlama yoritishga yo’naltirilgan ilmiy asar. Monografiyalarda yoritilayotgan masala bo’yicha mavjud ilmiy qarashlar tahlil etiladi va umumlashtiriladi. Fan taraqqiyotini ta’minlaydigan faraz va fikrlar ilgari suriladi. Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling