Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги


Mustahkamlash uchun savollar


Download 372.25 Kb.
bet3/61
Sana23.04.2023
Hajmi372.25 Kb.
#1385958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu

Mustahkamlash uchun savollar:
1.Adabiy tanqidning lug‘aviy ma’nosi
2.Adabiy tanqidning shakllanish omillari
3.Badiiy asar kim tomonidan baholanadi?
4. Sube’ktiv yondashish deganda nimani tushunasiz ?
5. Badiiy asarni obrazlarga bo‘lib tahlil qilish mumkinmi?
Mavzuga oid testlar

1.“Bizga yig‘loqi kishilar to‘g‘risida emas, balki odamni ruhan tetik qiluvchi, qahramonlik va ezgulikka boshlovchi kishilar haqidagi dostonlarni ko‘proq aytsangiz”. Gap qaysi dostonlar haqida ketmoqda?


A) “Sanobar”, “Farxod va Shirin”
B) “Alpomish”, “Layli va Majnun”
C) “Farxod va Shirin”, “Ravshan”
D) “Xalq kitoblar”, “Qissasi Adham”
2. Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning "Funun al-balog‘a" asari nimi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda qanday ma’noni anglatadi?
A) "Yetuklik ilmlari"
B) “Ilmi yetuklik”
C) “Balog‘at fani”
D) “Yigitlik sha’ni”
3. “Tanqid” so‘zining o‘zagi arabchada qanday yoziladi?
A) “NQD”
B) naqd
C) naqada
D) naqid
4. “Tanqid” so‘zini izohli ma’nosini ifoda yetmaydigan qatorni toping?
A) badiiy asarning kamchiliklarini, nuqsonlarini belgilash
B) o‘rganmoq, nimaningdir xaqqoniyligini, to‘g‘riligini isbotlamoq
C) Yutuq va kamchiliklarni belgilash
D) “Naqd” so‘zining bosh ma’nosi saralamoq
5. “Noqid” yoki “naqqod” so‘zining ma’nosi nima?
A) Pulni saralash
B) Inson huquqlarini belgilash
C) tanqid qilish
D) munosabat bildirish
6. “XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy "Al- Mo‘jam" kitobida adabiyotshunoslikka oid qanday ma’lumotlar keltiradi?
A) ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi.
B) ilmi qofiyani alohida bob qilib ajratgan. Olim qofiyaning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi.
C) ilmi risola haqida ma’lumot bergan. Ilmi risolada adabiyotshunoslikka oid bir qancha qiziqarli ma’lumotlar bergan.
D) ilmi adab alohida o‘rganilgan. Olim adab ilmining ahamiyati, amaliy jihatlari haqida fikr yuritadi.
7. 1483 yilda Navoiy homiyligida bitilgan A. Husayniyning “Badoyi’ ul sanoye’” asari adabiy ta’limning qaysi jihatlaridan bahs yuritadi?
A) badiiy asar kamchiligi muammosi alohida bobda yoritiladi.
B) She’riy san’atlar haqida atroflicha ma’lumot beriladi.
C) Ilmi naqd haqida tushunchalar alohida faslda yoritiladi
D) badiiy asar estetik hodisa ekanligi davr ruhidan kelib chiqib tushuntiriladi.
8. "Tanqid demak bir musannifning yozib maydoni intishorga qo‘ygan kitobinda kelishmag‘on iboralarni matbuot vositasi ila yozib ko‘rsatmoq demaqdir". Fikr muallifini ko‘rsating?
A) Ahlullo Habibullo o‘g‘li
B) Abdulhamid Suloymon o‘g‘li Cho‘lpon
C) Abdurauf Fitrat
D) Mahmudxo‘ja Behbudiy
9. “Tanqid” ya’ni “kritike” Belinskiy talqinicha qanday ma’nolarni anglatgan?
A) “hukm qilmoq”, “Mulohaza bildirmoq”
B) “tahlil qilmoq”, “muammoni yechmoq”
C) “tanqid qilmoq”, “talqin qilmoq”
D) “saralamoq”, “xolisdan noxolisni ajratmoq”
10. Adabiyotshunos va tanqidchi orasida muayyan farqlar mavjud berilgan javoblardan shuni noto‘g‘risini toping
A) Adabiyotshunos jonli adabiy jarayon ustida so‘z yuritadi, adabiy tanqidchi fundamintal muammo va xulosalar ustida bosh qotiradi.
B) Adabiyotshunos ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi ilmiy publitsistik maydonda harakat qiladi.
C) Adabiyotshunos o‘tmish va zamonning muayyan xulosalangan adabiy jarayoniga, adabiy tanqidchi esa aniq asarga va kechagi asarning bugungi jarayonga ta’siri masalasiga e’tibor qaratadi
D) adabiyotshunos mutaxassislar soha talablarininazarda tutadi, adabiy tanqidchi esa, ommaga qarab so‘zlaydi.



Download 372.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling