Ishning bajarilish tartibi: 50 ml o’lchov kolbasiga berilgan kontrol eritma tayёrlangan hromatografik kolonkadagi kationitdan 1 sekundda 1 tomchi tezlik bilan o’tkaziladi. Kolonkadan tomgan H2SO4 100 – 200 ml o’lchov kolbasiga yiғiladi. Undan keyin kationit bir necha marta distillangan suv bilan yuviladi. Yuvilgan eritmadan soat oynasida ёki probirkada bir necha tomchi olib, H+(H2SO4) to’la desorbciyalanganligi 10 % li BaCl2 bilan tekshiriladi.
H2SO4 + BaCl2 = BaSO4 + 2 HCl
Loyqa hosil bo’lmasa, yuvilgan eritma oldingi o’lchov kolbasiga (100-200 ml) quyiladi. Olingan H2SO4 eritmasi 0,1 mol/l konsentratsiyasidagi NaOH ёki KOH eritmasi bilan potensiometrik titrlash (212-betga qarang) ёki yuqori chastotali titrlash (234-betga qarang) usuli bilan titrlanadi.
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O
Titrlash natijalari asosida Cu2+ miqdori quyidagi formulalar bilan Hisoblanadi.
ЭCu Nиш Vиш Vук
mCu 1000 V
n
- ish. Eritmadagi NaCl ёki KCl miqdorini ion almashish hromatografik usuli bilan aniqlash.
Ishning mohiyati. OH- shakldagi ionitdan NaCl eritmasi o’tkazilganda, ionitdagi OH- ionlari Cl- ionlarigi almashinadi:
RAn ОН NaCl RAn Cl NaOH
Ion almashinish natijasida eritmada ON- ionlari yiғilib Cl- anionlari anionitga adsorbciyalanadi. Hosil bo’lgan NaOH eritmasi standart HCl (H2SO4, H2C2O4) eritmasi bilan potensiometrik titrlash ёki yuqori chastotali titrlash usuli bilan titrlanadi.
NaOH + HCl = NaCl + H2O OH- + H+ = H2O
Titrlashga sarf bo’lgan HCl ning molyar ekvivalent miqdori ajralgan NaOH ning molyar ekvivalent miqdoriga, bu esa NaCl ning molyar ekvivalent miqdoriga teng bo’ladi.
Anionitni tayёrlash. Anionit -AB 17 diametri 0,20-0,25 mm li elakdan o’tkazilib, ishni boshlashdan oldin 8 – 12 soat bo’kishi uchun distillangan suvga ivitiladi.
Hromatografik kolonkani tayёrlash: Hromatografik kolonka sifatida diametri 20 mm uzunligi 300 mm bo’lgan jo’mrakli shisha naylardan foydalanish mumkin. Bo’kkan anion donalari suvli suspenziya ko’rinishida kolonkaga qo’yiladi. Anionitning balandligi kolonkada 150 – 200 mm, uning ustidagi suv balandligi esa 10 mm bo’lishi kerak. Anionitning OH- shakli 1 – ishda ko’rsatilgan tartibda tayёrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |