Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги


Potensiometrik usulda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar


Download 471.16 Kb.
bet5/52
Sana23.08.2023
Hajmi471.16 Kb.
#1669658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Analitik kimyo

Potensiometrik usulda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar


Elektrod – eritma bilan o’zining sirt chegarasida elektronlar ёki ionlar almashinuvi natijasida potensiallar farqi yuzaga keladigan eritma va unga tushirilgan metall plastinkadan iborat elektrokimyoviy sistemadir.
Eng oddiy elektrod - ruh sulfat tuzi eritmasiga tushirilgan ruh plastinkasidir. Bunda eritmaga tushirilgan ruh plastinka "aktiv metall" bo’lgani uchun eriy boshlaydi, ya`ni oksidlanadi.
Natijada plastinka sirtida elektronlar qoladi, eritmaga esa ruh ionlar Zn2++ o’tadi. Plastinka sirti manfiy zaryadlanadi, plastinkaning sirtiga tegib turgan eritma musbat zaryadlanadi, ya`ni eritma bilan plastinka (o’rtasida) sirt chegarasida qo’sh elektr qavat hosil bo’ladi. Qo’sh elektr qavatda potensiallar farqi yuzaga keladi va bu elektrod potensiali deb aytiladi.
Elektrodda yuzaga keladigan potensial Nerst tenglamasi




Е Е
0
Zn / Zn
2,3 RT lg C nF


Zn2

bilan ifodalanadi. Har bir elektrod uchun yuqoridagi singari elektrod potensialini Hisoblash formulalari mavjud.
Elektrodlar ularda boradigan elektrokimyoviy reakciyaning mehanizmiga va ishlatish maqsadiga ko’ra bir necha turli bo’ladi.
Birinchi tur elektrodlar – elektrod potensiali eritmadagi potensial hosil qiluvchi ionning konsentratsiyasiga boғliq bo’lgan elektrodlar. Bu elektrodlar eritmada o’z ionlariga nisbatan qaytar ishlaydigan, eritmaga tushirilgan metall plastinkalardir. Birinchi tur elektrodlarga misollar: Kumush elektrodi AgNO3 eritmasiga tushirilgan Ag plastinkasi (Ag/AgNO3); Mis elektrodi CuSO4 eritmasiga tushirilgan Cu plastinkasi (Cu/CuSO4); vodorod elektrodi, hingidron elektrodi, shisha elektrodi va hokazolar. Bu elektrodlar ishlatilish maqsadiga ko’ra indikator elektrodlar deyiladi.
Shu elektrodlardan ayrimlari bilan yaєindan tanishib chiqaylik.

Download 471.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling