Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
Bitiruv malakaviy ishning bazasi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlarda irodavij xislatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari
Bitiruv malakaviy ishning bazasi: Guliston shaxridagi 9,16 - umumiy o’rta
ta’lim maktablari.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach tashqi aloqalarga ham e’tibor kuchaydi. Shunday ekan istaymizmi yo’qmi bevosita (o’sha) aloqa o’rnatish uchun o’quvchilarni intellektual qobiliyatini borliqni keng anglash idrok etish, chuqur zamonaviy bilimga ega bo’lishi shart. Bilim olish kishilik jamiyatda bog’ayat muhim sohalarda xisoblanadi. Shaxsning idrok jarayoninini rivojlantirish avvalo unda shaxsiy xislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanish o’zida shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va boshqa xislatlarining takomilini namoyon etadigan jarayon bo’lib, bunday xislatlarning tug’ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo’ladi Inson idrok jarayonini rivojlantirishdagi sifat o’zgarishlari tub mohiyatiga ko’ra biologik turning vakili xususiyatlariga ega bo’lgan odam, biologik individdan to insoniy jamiyatning a’zosi — shaxs darajasiga ko’tarilishini belgilab beradi. Rivojlanish—bu odamning ruhiyati va organizmidagi sifatiy o’zgarishlardir. Bu o’zgarishlar ijtimoiy muhit, uy-joy sharoitlari, uni qurshab turgan kishilarning ta’siri natijasida yuz beradi. Albatta, rivojlanish jarayoniga mehnat faoliyati, o’yinga, ichki faollikka o’quv mohiyati faoliyatila bog’liq. Idrok-narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishidir. Idrokning predmetliligi ob’ektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada, ya’ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o’sha dunyoga mansubligida ifoda etiladi. Idrokning predmetligida tuyish va harakat sezgilari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
7 Harakatlar ishtirok etmagan taqdirda bizning idrokimiz ham predmetlilik belgisiga, ya’ni tashqi dunyo ob’ektlariga mansublikka ega bo’la olmasdi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti-harakatni boshqarishda alohida rol o’ynaydi. G’isht va portlovchi modda bog’lami paypaslab ko’rilganda bir-biriga juda ham o’xshash bo’lib ko’rinishi va idrok etilishi mumkin, lekin ularning "o’zlarini tutishi" juda ham turlicha tarzda yuz beradi. Odatda, bir narsalarga ularning ko’rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab baholaymiz. Bunga esa idrokning predmetliligi yordam beradi. Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o’laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi. Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog’langandir. Idrok ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig’indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Masalan,tinglovchi musiqaviy asarni xayolida butun tuzilishi bilan, tarkibiga kiruvchi rang-barang o’zaro bog’la nishlar bilan qo’shilgan holda eshitib turadi.Xuddi shunday jarayon maqomni idrok etish chogida ham ko’zatiladi. Har bir laxzada faqat bitta zarbni eshitish mumkin, lekin maqom bu yakka-yolgiz zarblar emas,balki butun zarblar sistemasining davomli tarzda eshitilishidan iboratdir. Xulosa chiqarib aytganimizda, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari bir tomondan, aks ettiriladigan ob’ektlarning o’ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan,insonning konkret faoliyatida gavdalanadi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlarning reflektor faoliyatining natijasidir. Idrok konstantlik xususiyatiga ega ekanligi - uning o’zimizni qurshab turgan narsalarni shakliga, o’lchamiga, tusiga va xokazolarga ko’ra nisbatan o’zgarmaydigan tarzda bo’lishiga deb aytiladi. Idrokning bu xususiyatini kattalik konstantligi misolida bayon qilamiz. Ma’lumki, narsalarning tasviri (shu jumladan,
8 uning ko’z to’rpardasidagi tasviri ham) unga qadar bo’lgan masofa qisqargan paytda yiriklashadi va aksincha. Idrok konstantliligining bu xildagi buzilishi tekis erda yashovchilar balandlikda turib pastga qaraganlarida ham kuzatiladi. Ko’p qavatli uyning yuqori qavatidagi derazasidan qaraganda ham ob’ektlar (odamlar, avtomobil, samolyotlar, barcha narsalar) juda kichik bo’lib ko’rinadi.Shunday bo’lsa ham xavozalarda ishlaydigan quruvchilar pastda joylashgan ob’ektlarni xajm kichraymagan holda ko’rayotganliklarini aytishdi.Nixoyat, idrokning konstantligi tug’ma tarzdaligi haqidagi fikrga zid bo’lgan yana bir misolni aytishimiz mumkin: bolalikda ko’r bo’lib, yoshi ulg’aygandan keyin jarrohlik yo’li bilan ko’zlari ko’radigan bo’lib qolgan odam kuzatuv paytida ma’lum qildiki,u shifoxonaning erdan 10-12 metr balandlikdagi derazasidan o’ziga xech qanday ziyon etmaydigan qilib sakray olishi mumkin deb o’ylaydi.Ehtimol, pastda joylashgan ob’ektlar uzoqda joylashgan bo’lib emas, balki kichik bo’lib ko’ringandir va bu balandlikni aniqlashda xatoga olib kelgandir.Shuning uchun pertseptiv sistemaning faol ta’sir ko’rsatishi idrok konstantligining xaqiqiy manbaidir. Pertseptiv sistemamizning narsalarni qurshab turgan olamning hayot sharoit lari cheksiz rang-barangligi oqibatida muqarrar mavjud bo’ladigan xosil qilish qobiliyatiga ega ekanligi tasvirlarini to’nkarib qo’yish,to’g’ri izlarni qiyshaytirish va shu kabi yo’llar bilan ko’rish orqali idrokni soxtalashtira digan ko’zoynaklar qo’llanilgan tajribalarda juda yaxshi namoyon bo’ladi. Kishi narsalarni soxtalashtirib ko’rsatuvchi ko’zoynak taqib, notanish xonaga kirib qolganda, ko’zoynakdagi buzilgan aksni to’g’rilashni sekin- asta o’rganib oladi, garchi bunday buzilishlar ko’zlarning to’rpardasida aks etsa ham ularni sezmay qo’yadi. Idrok faqat qo’zg’alishga emas, balki idrok etayotgan sub’ektning o’ziga ham bog’liqdir. Alohida holida ko’z ham, quloq ham idrok etmaydi, balki konkret tirik kishi idrok etadi va idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining hislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va his-tuyg’ulari u yoki bu tarzda aks etadi.Idrokning kishi psixik hayoti mazmuniga, uning shaxsiga xos xususiyatlarga bog’liqligi appertseptsiya nomi bilan yuritiladi. Idrok axborotni gipotezalarni ilgari surish va tekshirib ko’rish uchun ishla tadigan faol jarayon hisoblanadi. Bu gipotezalarning xususiyati esa shaxsning
9 oldingi tajribasi mazmuni bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, sinaluvchilarga to’g’ri va egri chiziqlarning ixtyoriy birik masidan iborat notanish qaddi-qomat ko’rsatilganda,idrok etishning birinchi bosqichidayoq idrok qilinayotgan ob’ektni solishtirib ko’rish mumkin bo’lgan andozalar qidirila boshlanadi. Idrok etish jarayonida ob’ektning u yoki bu kategoriyaga mansubligi haqidagi gipotezalar ilgari suriladi va tekshiriladi. Shunday qilib, biron narsani idrok etayotganda, bundan oldingi idrokning izlari ham faollashadi. Shuning uchun aynan bir narsaning har xil odamlar tomonidan turlicha idrok etilishi va tasvirlab berilishi tabiiydir Idrokning narsalar bilan qilinadigan faoliyat jarayonida shakllanadigan konstantligi - kishi hayoti va faoliyatining zarur shartidir. Busiz inson cheksiz rang-barang va o’zgaruvchan olamida mo’ljal ola bilmasdi. Konstantlik xususiyati narsaning va uning yashash sharoitining birligini aks ettirar ekan, tevarak-atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini ta’minlaydi. Insonning idrok jarayonini rivojlantirish va shaxs sifatida shakllanishida har doim ham har tomonlama qulayliklarga ega bo’lgan ijtimoiy muhit o’z holicha etuk insonlarni tarbiyalay olmaydi. Insonni tarbiyalashda jamiyat tomonidan tashkil etilgan tarbiyalash muassasalarining va tarbiya jarayonida qatnashayotgan barcha kishilarning faoliyatlari muhim rol o’ynaydi. Shaxsning rivojla-nishida tarbiyaning bosh vazifasi ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda o’quv-tarbiyaviy ishlarning vazifalari va maqsadlari yo’lida jamiyat tomonidan inson oldiga qo’yilgan o’quvchilarni to’g’ri aks ettirishdan iborat. Tarbiyachi o’quvchilarning maktabdagi o’quv ishlarini tashkil etishda albatta uning uy shart-sharoitlarini, uy muhitini hisobga oladi. O’quvchilar uy sharoitlarini o’rganish ko’p hollarda oiladagi tarbiya muhiti tufayli bolada shakllanadigan salbiy xislatlarni taxlil qi-lish, tuzatish, oldini olish, shu bilan birga ijobiyla-rini yanada ko’paytirish imkonini beradi. Yaxshi uzlashtirmaydigan o’quvchilarga uy shart-sharoitlari ta’sir etishi aniqlangan hollarda tarbiyachi har bir bolaga individual yondoshib uning oilasiga aralashishi zarurdir. Uquvchi uyda salbiy sharoitda yashashga to’g’ri kelgan hollarda, agar bu muhitni ijobiy tomonga o’zgartirishning imkoni bo’lmasa, tarbiyachi o’quvchini maxsus maktab — internatlarga joylashtirish masalalarini qo’yishi mumkin. O’quvchi shaxsini shakllanishida qatnashayotgan tarbiyachi o’quvchining faqat oilaviy sharoi-tini
10 o’rganish bilan chegaralanmay bolaning yaqin teva-rak atrofida, mahallasida, ko’chasida qurshab turgan muhitni yaxshilab o’rganmog’i lozim, chunki aksariyat hollarda mahalladagi, ko’chalardagi har xil guruhlar ham egiluvchan bo’lgan yoshlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday ta’sir ijobiy bulishi mumkin. Bolalar to’y- ma’rakalarda, gap-gashtaklarda o’zlarini mustaqil his etadilar, bir-biriga ko’maklashish, shirinsuxanlik, hozirjavoblilik, mehribonlilik, sertashvishlilik kabi axloqiy xislatlar faqat tarbiya yaxshi yo’lga qo’yilgan mahallalarda tez va osongina shakllantiriladi. Aksincha xudbinlik, takabburlik, ko’pollik kabi salbiy odatlar ham maxalla-ko’yda shakllantirilishi mumkin Tarbiyachining vazifasi maktab bilan o’quvchi yashayotgan joyidagi mahalla qo’mitalarining hamkorliklarini tashkil etishdan, maxalla qo’mitalari orqali amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarni faollashtirishdan iborat. Uspirin yoshlarni idrok jarayoni va turli ijodiy havaskorlik to’garaklariga jalb etish yaxshi natijalar beradi Yuqoridagi dalillar tarbiya jarayoniga ta’sir eta-digan tashqi muhit faktorlarining bir-biriga mustahkam bog’liqligini ko’rsatadi. Shu bilan birga tarbiya jarayonida qulay ijtimoiy muhitdan foydalanadi. Mahallalarda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning ota-onalar orasidagi targ’ibot markazi maktab bo’lishi kerak. Shu bilan birga bola tarbiyasida va asosan o’quvchi shaxsining rivojlanish jarayonida tarbiya-chining ta’siri har bir o’quvchi uchun ayrim o’ziga xosliklarga ega bo’lishi lozim. Insonning idrok jarayonini rivojlantirishda, ruhiy fazilatlari va sifatlari, shuningdek, bilish jarayonlarini shakllantirishda uning asab sistemasining o’ziga xosliklari katta rol o’ynaydi. Pedagog va psixologlar ta’kidlashicha, oliy asab faoliyatining tug’ma turi hech o’zgarishsiz holmaydi, balki yashash sharoitining ta’siri ostida, xususan tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash natijasida insonda uzini tiya olish jarayonlari idrok jarayonini rivojlantirish, mus-tahkamlanishi, asabiy jarayonlarning kuchi hamda qarakatchanligi faoliyati oshishi mumkin. Bu uz navbatida qaysidir bir darajada tugma ehtirosni niqoblashi, sir sifatida saqlab qoldirishi, uning ko’rinadigan shakllarini silliqlashtirib qo’yishi mumkin. Shunday qilib tarbiya bunday munosabatlarda insonning rivoj-lanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Tarbiya ta’sirining eng asosii va bosh kurinishi — bu shaxsning umumiy yunalgashshgini
11 shakllantirish, uning ma’naviy ehtiyojlari hamda manfaatlarini rivojlantirishdir. Pedagogika fani tomonidan rivojlantirilayotgan tarbiya kontseptsiyasida tarbiyaning faqatgina ob’ekti emas, balki sub’ekti ham hisoblangan insonning o’z faoliyatiga katta urin beriladi. Tarbiyalash jarayonida tarbiyachi tomonidan unga taklif, taqdim etiladigan o’quvchilarning inson tomonidan tushunilishi hamda qabul qilinishi katta rol uynaydi, ya’ni ularning aqlan o’ylab ko’rilganligini tushunishga intilishini, haqgo’ylikni, izohlanganlikni, uning izidan borish xohishi qo’yilib keladigan ijobiy munosabatlarni unda shakl-lantiradi. Inson tomonidan hayoti mobaynida uz oldiga shaxsiy maqsadlarni qo’yishi, ularni bajarishga inti-lishi, ularni muvaffaqiyatli hal etishi, ularga etishishi uchun o’zida zarur bo’lgan sifatlarni hosil qilishi ham katta rol o’ynaydi. Shaxsning eng ko’p darajadagi faolligi qachonki inson o’zini tarbiyalash xususida jiddiy o’ylay boshlaganida, o’zini mukammallashtirish-ning dasturini ishlab chiqara borib, bu dasturni baja-rish uchun alohida, maxsus kuch-quvvat imkoniyatlarini sarflab turib, uz shaxsini faol shakllantirganida ko’proq namoyon bo’ladi. Tarbiya—tarbiyachining insonning ma’lum bir sifatlari va xususiyatlarini shakllantirish uchun maqsadiy yo’nalishli faoliyati bo’lib, har doim u ma’lum bir belgilangan yosh guruhiga yo’naltirilgan bo’ladi. Chunki ularning uziga xosliklari hamda imkoniyatlari inobatga olingan holda real tarbiyaviy vazifalar ilgari surilishi hamda tarbiyaviy ta’sirning aniqlangan, belgilangan usullari va vositalari tanlab olinishi mumkin. Inson hayotining bunday yoshga ko’ra bosqichlariga maktabgacha, maktab, o’spirin yoshdagi hamda ijtimoiy etuklik davri — balog’at yoshi davrlari kiradi. Mazkur bosqichlarning har biri ichida rivojlanishning o’ziga xosligi bilan belgilanadigan, xarakterlanadigan qisqa muddatli yosh davrlari aloqida ajralib turadi. Ayrim yosh bosqichlari va davrlarining ajralish qoidasi juda ham shartlidir. Ko’p hollarda ular bolalar yoki yoshlar bilan ma’lum bir maqsadga yo’naltiriladigan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan o’quv-tarbiya muassasalari tomonidan muvofiqlashtirilib turiladi. Bunda o’ziga xos aniqlangan asoslar mavjuddir, chunki bu asoslarning tarkibiy tuzilishida o’quvchilar rivojlanishining o’ziga xosliklari haqida ilmiy ma’lumotlar aks etgan. Bolalar va yoshlarning yoshiga ko’ra uziga xosliklarini o’rganish bilan psixologiyaning maxsus tarmog’i shug’ullanadi. Bizning psixologlarimiz yoshiga
12 ko’ra quyidagicha davrlashtirishni taklif ztadilar: dastlabki bolalik davri — 3 yoshgacha bulgan (ilk bolalik yoshidagi bolalar bog’chasi guruhi), bog’cha yoshiga yaqin bulgan yoshlar — bolalar hayotining 4- yili (bolalar bog’chasining kichik yoshdagilar guruhi), urtacha yoshdagi guruh — 5 yosh-lilar, katta yoshdagilar guruhi — 6 yoshlilar va tayyor-lov guruhi — 7 yoshlilarga bulinadigan — maktabgacha bulgan yoshdagilar davriga bo’linadi. Maktab yoshidagi-lar ta’lim va tarbiyaning asosiy bosqichlariga muvofiq ravishda boshlang’ich (I—II—III sinflarga kiritiladi gan), urta (IV sinfdan IX sinflarga qadar) va yukori (IX dan XI sinflarga qadar) deb nomlanadigan esh davrlariga bulinadi. Bu urinda biz yuqorida tilga olib utgan nomlardagi ma’lum uzgaruvchanlik va shartlilikni ta’kidlab o’tar ekanmiz, ayrim esh guruhlari orasidagi chegara, ajratilish o’rni masalalarini hal etishda ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadigan ba’zi bir yangi hodisalarga diqqat-e’tiborni qaratish lozim deb bilamiz. Akseleratsiya — ya’ni ko’p joylarda sunggi paytlarda kuzatilgan bolalarning jismoniy va ruhiy, ancha barvaht buyiga usishi va shunga uxshashlar bunga misol bo’la oladi. Ta’lim muddatining uzaytirilishi bilan bir qatorda uspirinlarning ijtimoiy balog’atga etishishi ancha kech sodir bulihi, jinsiy balog’atga etganlik bilan shaxsning iqtisodiy mustahilligining boshlanishi urta-sida farqlar vujudga kelishi kuzatiladi. Inson ri-vojlanishining ayrim bosqichlarini yoshiga kura chegaralash, ajratish masalalarini tug’ri, oqilona hal etish faqatgina ta’lim berishni boshlash muddatini belgilash, uquv hajmi, o’quvchilar uchun kun tartibi, ularga ta’lim berish va tarbiyalashning vositalari hamda usullarini tanlash uchungina emas, balki huqu-qiy, tibbiy tajriba, idrok jarayonidagi me’yorlash bilan bulgan ko’pgina masalalarni hal etish uchun ham zarurdir Uspirin eshidagi uquvchilarni tarbiyalashda ma’lum bir qiyinchshshklar ruy beradi. Bular tarbiyaviy ta’sirga ularning umumiy reaktsiyalarida, norozilikla-rida namoyon buladi. Bu yosh davri tuqnashuvlarga boy bulgan mushkul, jiddiy davr hisoblanadi. Agarda oiladagi yaxshi muhit, shart-sharoit va maktab jamoasida dustlik, birodarlikdek sog’lom muhit mavjud bulganda, ularning jismoniy idrok jarayonini rivojlantirishning uziga xosligini hisobga olgan tug’ri tarbiyani tashkil etgan hollarda uspirinlar shaxsini shakllantirishga pedagogik rahbarliklar qiyinchiliklarini hal etish
13 mumkin. Bunga ijtimoiy muhit, maktablardagi yoshlar tashkilotlarining, shuningdek, jamoatchilikning faoliyati ko’maklashadi, kuchlarni umumlashtirib bu yoshdagi Uquvchilarni faoliyatning turli-tuman turlariga faol jalb etishga harakat qiladi Shunday qilib, bu yoshdagi uquvchilar bilan ishlashda pedagogik vazminlik va chidam, hamda xushmuomalalikni saqlagan holda ularga individual yondoshuvni maktabda ham shuningdek maktabdan tashqarida ham ularning faoliyatini to’g’ri tashkil etish tarbiyachshіar-ning zarur vazifalari hisoblanadi. Uspirinlarning hayotida, xususan VIII sinfda, ular to’liq o’rta ma’lumotni amalga oshirish zarur bo’lganda har xil kasblarga qiziqishi ko’p urin egallaydi. Ya’ni qaysidir bir maktab fanlari yuzasidan o’zining yuqori darajadagi qiziqish sohasini belgilash (kelgusida esa bilimlar tarmog’ini) va shuningdek, ularning o’zlari jalb etilgan amaliy faoliyat turiga mehr qo’yishi o’spirinlarning hayotida katta o’rin egallaydi. O’quvchi-larni kasbga yo’naltirish ishlari odatda yuqori o’spi-rinlik yoshida boshlanadi. Maktab sharoitida (yoki boshqa o’quv muassasasining) tarbiyalash bosqichi yakunlanayotgan bosqichda, ya’ni ilk bolalik davri yoki yuqori maktab yoshidagilar davrida tarbiyaning roli yanada yuqori hisoblanadi. O’quvchilarda kelajakka yo’naltirilgan uzoq muddatli rejalar tuziladi, dunyoqarashning asoslari shakllanadi, Hayotdagi o’z o’rniga va hayotga mustaqil qarashlari vujudga keladi. Bu bosqichda ham shubqasiz tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadga yo’naltirilgan tarbiya belgilovchi rol o’ynaganlariga qaramasdan, xususan shu o’rinda shaxs faolligi namoyon bo’ladi. Bu bosqichda tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilarga kasbni tanlashda, ularning o’z oilasini tuzishga tay-yorlanishlarida, ijtimoiy faolligini shakllantirish-da, o’zining fuqaroviy mavqeini belgilashda yordam berishdan iboratdir. Bu o’rinda ham tarbiyalashga yakka (individual), alog’ida shaxsni ajratib olgan holda yondoshish zarur. Chunki bu yoshdagi xar bir o’quvchida ma’naviy ehtiyoj- larini idrok jarayonini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar asosida belgilanadigan, shaxsiy qiziqishlar sohasini a ks ettiradigan individuallik yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, individual yondoshish individual iq-tidorlar va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga zarur
14 bo’libgina qolmas-dan, balki yaxlit, umumiy o’quv dasturining o’quvchila-rini bajarishda qiynalayotgan kimsalarga yoki xatti-xarakatlar me’yoridan chetga chiqib, mehnat va jamoat intizomini buzganlarga yordam ko’rsatish uchun ham zarurdir. Maktab yoshlarni hayotga va jamoada mehnat qilish-ga tayyorlashga, xar bir baloqatga etmagan yoshlar va-kilining shaxs sifatidagi yo’nalishini belgilab bera- digan dunyoqarashini shakllantirish uchun jamiyat oldida juda ham mas’uliyatli bo’lib, unda beqiyos buyuk javobgarlik x.issi yotadi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling