Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус
Download 396.5 Kb.
|
obs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon 2004 Тaqrizchi: k.f.n. S.K.Karimov Тo‘xtaboyev N.Х.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ТO‘XTABOYEV N.Х. Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi Oliy o‘quv yurtlari 5440400-Kimyo ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanmaAndijon 2004 Тaqrizchi: k.f.n. S.K.Karimov Тo‘xtaboyev N.Х. Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi: Oliy o‘quv yurtlari 5440400-Kimyo ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanma -Andijon.:ADU AТM., 2004.-32 b. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari kimyo ixtisosligi uchun tayyorlangan bo‘lib, “Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi” kursi Dasturi bo‘yicha organik sintez, organik birikmalar stereokimyosi va fiziologik faollikni aniqlash, fiziologik faollik ko‘lamlarini belgilash yuzasidan zamonaviy tasavvurlar, nazariyalar xaqida qisqacha tushunchalarni o‘z ichiga olgan. Ushbu “Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi” kursidan ma’ruzalar matni asosida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasi kafedra qaroriga asosan ADU o‘quv uslubiy hay’ati tomonidan (2004 yil 4 sentabr) qo‘llanishga tavsiya etilgan. SO‘ZBOSHI So‘nggi yillarda oliy ta’lim soxasiga doir mamlakatimiz prezidenti va xukumatining bir qator farmoyish hamda qarorlari, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bu soxadagi olg‘a siljishga katta turtki berdi. Dunyo standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash tizimiga o‘tilib, bakalavr va magistratura bosqichlari kiritildi. Bu bosqichlar uchun tegishli o‘quv rejalari yaratildi va shu bilan birga bir qator yangi fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. “Organik birikmalar sintezi, stereokimyosi va fiziologik faolligi” kursi ham shunday mutaxassislik fanlaridan hisoblanadi. Bu kurs maxsus fan tariqasida zamonaviy organik kimyo fani yutuqlari, xususan, organik sintezning maqsad va vazifalari, sintez strategiyasi, sintezni rejalashtirish hamda organik sintezda stereokimyo muammolari, selektiv stereosintez usullari bilan bir qatorda yangi sintez qilingan birikmalardan amaliy foydalanishning perspektiv yo‘nalishi, ya’ni, ularning fiziologik faolliklarini o‘rganish yo‘llari bilan tanishtiradi. Qisqa shaklda bayon etilishiga qaramasdan nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish yo‘nalishidagina emas, balki pedagogik faoliyatda ham qiziquvchilarga yetarli darajada yo‘llanma bera oladi deb o‘ylaymiz. Download 396.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling