Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус


FIZIOLOGIK FAOL MODDALARNI SINFLASH PRINSIPLARI


Download 396.5 Kb.
bet9/13
Sana20.01.2023
Hajmi396.5 Kb.
#1103602
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
obs

FIZIOLOGIK FAOL MODDALARNI SINFLASH PRINSIPLARI
1. “Mexanizm bo‘yicha” sinflash.
2. Empirik sinflash.
3. Pragmatik sinflash.

Fiziologik faol moddalarni sinflashda ko‘pincha farmakologiya talablaridan kelib chiqiladi. Тibbiyotning dorilarga qo‘yadigan talabi konkret kasallikning konkret simtomini bosish bilan bog‘liq. Bu esa yangi dorivor substansiyalarini topishda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Sinflashda quyidagi tipik qiyinchiliklar uchirab turadi: a) sinflash ob’ektlarining aniq va yakuniy tavsifi yo‘qligi; b) ob’ektlarning xossalari serko‘lamligi va ularning bir-birini to‘ldirishi


Fiziologik faol moddalarni sinflashda uchta yo‘l tanlash mumkin. Birinchidan, fiziologik faol moddalar ta’sir foydasi doirasi xaqida ma’lumotlarni yig‘ib, fikrlab bir yagona nazariy konsepsiya ishlab chiqiladi. Shuning asosida fiziologik faol moddalarni aniqlash va sinflash aniq chegaralangan xossani aniq namunaga yangi birikmani solishtirib, tegishli sinfga kiritiladi. Ikkinchidan, to‘plangan empirik tajribadan foydalanib, fiziologik faol moddalarning organizmga ta’sir mexanizmini e’tiborga olmasdan, faqat ularning “foydaliligi“ nuqtai-nazaridan tegishli xossalari bo‘yicha sinflash mumkin. Uchinchidan, aniq maqsadga javob beruvchi pragmatik sinflash bo‘yicha fiziologik faol moddalarni sinf va guruxlar bo‘yicha bo‘lib olish mumkin.
“Mexanizm bo‘yicha“ sinflaganda fiziologik faol moddalarlarning ta’sir mexanizmi asosida agent va nishonning o‘zaro ta’sir prinsiplari pozitsiyalaridan foydalaniladi.
Retseptor ta’sirli moddalarga mediatorlar konkurentlari kirib, ular hali aniqlanmagan makromolekulyar yoki nadmolekulyar tuzilmalar ya’ni retseptorlar, aniqrog‘i retseptorlarning faol markazlari bilan ta’sirlashadilar. Bunday ta’sirlashuvlarning natijasi o‘laroq, xujayra membranalarining turli ionlar uchun o‘tkazuvchanligini va ferment sistemalari faollik darajasini (birinchi navbatda, siklaza va retseptor moddalar inaktivatsiyasida bevosita ishtirok etuvchi sistemalar ) nazorat qilish imkoniyati mavjud.
Fiziologik faol moddalarning boshqa guruxiga alohida fermentlarning yoki ferment sistemalar faolligini regulyatsiya qilishda bevosita qatnashuvchi birikmalar kiritiladi. Bunda ikki tip moddalarni ajratish maqsadga muvofiq: tegishli ferment biosubstrati qatori yoki u bilan birga ta’sir qiluvchi fermentativ reaksiyalar metabolitlari; fermentning katalitik markazi kofaktorlari bilan ta’sirlashuvchi moddalar.



Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling