Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Marketing byudjeti. 
Biznes-rejaning ushbu moddasida marketingga oxirgi uch yilda qilingan xa-
rajatlar va rejalashtirilayotgan davrdagi xarajatlar keltiriladi.
Xozirgi davrgacha byudjetni shakllantirishning yagona uslubiyati ishlab chi-
qilmagan bo‗lib, har bir korxona marketing bo‗yicha xarajatlar moddalarini 
aniqlashda o‗z yondoshuvidan foydalanadi va qanday axborotlarni unda aks ettirishni 
o‗zi belgilaydi. 
Marketing byudjetini hisoblashda quyidagi uslublardan foydalanishi mumkin. 
a) «imkoniyatlarga ko‗ra» moliyalashtirish uslubi - marketing va 
iste‘molchilardan ko‗ra ishlab chiqarishga ustivorlik beruvchi korxonalar tomonidan 
qo‗llanadi. «Qancha mablag‗ ajratish imkoniyatiga egasiz» tamoyiliga asoslanadi;
b) qat‘iy foizlar uslubi - marketinga ajratiladigan mablag‗lar sotish xajmining 
o‗tgan davrlardagi, joriy yoki kelgusi miqdoriga nisbatan ulushlarda ajratiladi; 
v) «raqobatchiga mo‗ljallangan» uslub - marketingga xarajatlar darajasi bozor-
da resurslari va ulushiga ko‗ra o‗ziga yaqin turgan raqobatchining xarajatlariga ko‗ra 
belgilanadi;
g) maksimal xarajatlar uslubi – «iloji boricha ko‗proq xarajatlar marketingga» 
tamoyiliga asoslanadi; 
d) maqsad va vazifalarga asoslangan uslub - korxonada qo‗yilgan maqsadlarga 
erishish uchun marketing tadbirlarini olib borish xarajatlari kalkulyasiyasiga asos-
lanadi. 
Byudjetning hajmi aniqlangandan so‗ng bajariladigan tadbirlar bo‗yicha 
taqsimlanadi.  
Qisqa xulosalar 
Biznes-reja tuzilmasida marketing rejasi korxonaning mahsulot sotuv 
bozorlarini va raqobatchilarini baholash hamda marketing strategiyasini asoslab 
berishi mo‗ljallangan. 
Marketing rejasi doirasida bozor sig‗imi haqidagi, bozorning to‗yinganligi va 
sig‗imining 
o‗zgarishi 
haqidagi 
ma‘lumotlar 
shakllantiriladi, 
bozorni 
segmentlashtirish usullari aniqlanadi, sotuv hajmi va raqobatchilar hatti-harakatlari 
bashorat qilinadi, tovarni tarqatishning prinsipial sxemalari, bahoni shakllantirish 
usullari ishlab chiqiladi. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o‗z ichiga 
quyidagi vositalarni oladi: reklama, sotuvni rag‗batlantirish, shaxsan sotish
jamoatchilik bilan ishlash, to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing, sponsoring, mahsulot-
pleysment, brending. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling