Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
12.2. Inflyasiyani baholash Investitsiya amaliyotida inflyasiya omili bilan muntazam hisoblashishga to‗g‗ri keladi. U vaqt o‗tishi bilan pul mablag‗lari qiymatini pasaytirib boradi. Inflyasiyaning (o‗rtacha narxlar indeksining) o‗sishi mos ravishda pulning xarid qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Inflyasiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida pul oqimlarini 135 to‗g‗rilash bilan bog‗liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha – pul mablag‗larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan. Nominal qiymat pul mablag‗larining kattaligini pulning xarid qobiliyatidagi o‗zgarishlarni hisobga olmagan holda baholashni ifodalaydi. Real qiymat esa pul mablag‗lari kattaligini inflyasiya jarayoni natijasida pulning xarid qobiliyatini yo‗qotishini hisobga olgan holda baholashni nazarda tutadi. Bunday baholashni pul mablag‗larining kelajakdagi qiymatini aniqlashda ham, hozirgi qiymatini aniqlashda ham qo‗llash mumkin. Investitsiya faoliyati bilan bog‗liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarda inflyasiya quyidagi holatlarda hisobga olinadi va baholanadi: pul mablag‗larining o‗sgan qimatini to‗g‗rilashda; diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkasini inflyasiyani hisobga olgan holda shakllantirishda; inflyasiya sur‘atlarini hisobga olgan holda investitsiya daromadlari darajasini shakllantirishda. Inflyasiyani baholash jarayonida ikkita asosiy ko‗rsatkich qo‗llanadi: a) inflyasiya sur‘ati (T j ) - ko‗rib chiqilayotgan davrda (n) o‗rtacha narx darajasining o‗sishini tavsiflaydi va o‗nli kasr bilan ifodalanadi; b) inflyasiya indeksi (I j ) - ko‗rib chiqilayotgan davrda (n), 1QT j ko‗rinishida aniqlanadi. 1. Inflyasiyani hisobga olgan holda pul mablag‗lari qiymatining o‗sishini to‗g‗rilash (korrektirovka qilish) quyidagi formula bo‗yicha amalga oshiriladi: Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling