Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatlar yo„nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi.
Korxona etikasi (yoki o‗zaro aloqalarning ma‘naviy jixatlari) biznesmenning
vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti- harakatlariga (hulqiga) bo‗lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo‗lgan ma‘naviy qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g‗oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga hurmat. Missiyani belgilashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo‗nalishi ham ahamiyatga ega bo‗lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti- harakatlariga jiddiy ta‘sir o‗tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar yo‗nalishining oltita turini ajratib ko‗rsatish mumkin (4.1-jadval) 15 . 4.1-jadval. Qadriyatlar yo„nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi. Yo‗nalish turi Qadriyatlar kategoriyasi Korxona ko‗zlayotgan maqsadlar toifalari (tiplari) Nazariy Haqiqat Bilim Oqilona fikrlash Uzoq muddatli tadqiqotlar va ish- lanmalar Iqtisodiy Qulaylik Foydalilik O‗sish Foyda olish 15 Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образ- цов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 20 бет 43 Boylik jamg‗arish Natijalar Siyosiy Xokimiyat Hurmat qozonish Kapital va sotishning umumiy xajmi, ish- lovchilar soni Ijtimoiy YAxshi munosabatlar Sadoqat Nizolarning bo‗lmasligi Foydalilikdan ijtimoiy mas‘uliyatning yuqori turishi Bilvosita raqobat Tashkilotdagi yaxshi muxit Estetik Badiiy muvofiqlik SHakl va o‗lchamlar mosligi Tarkib Mahsulot dizayni Sifat Foydani kamayishi hisobiga bo‗lsa ham ko‗rkamlikni ta‘minlash. Diniy Borliq bilan muvofiqlik, kelishuv. Etika Ma‘naviy muammolar Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona ob‘ro‗sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me‘yor va g‗oyalari majmuasi bilan chambarchas bog‗liqdir. U hayotda quyidagilarda o‗z aksini topadi: korxonaning xatti-harakatlarida - barcha xodimlar uchun yagona bo‗lgan tamoyillarda; firma kommunikatsiyalarida - axborotni uzatish usullarida; korxonani ko‗rgazmali taqdim etish vositalarida - firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko‗rinishi va x.k. Korxona imidji firmaning iste‘molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas‘uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli taassurot uyg‗otishga intilishini aks ettiradi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling