Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi
4.3. Biznes-reja tuzilmasi
Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma‘lumki, turli xil bo‗ladi: kimdir mahsuldor, ya‘ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko‗rsa, boshqalarga moliyaviy strategiya ko‗proq to‗g‗ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g‗oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga katta e‘tibor qaratadilar. Bozorda ma‘lum ma‘noda barqaror o‗ringa ega bo‗lgan boshqa korxonalar esa asosiy e‘tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar. Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes- rejani ishlab chiqish bo‗yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo‗q. SHunday bo‗lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo‗lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan (4.4-jadval). 47 4-jadval Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi I variant II variant III variant IV variant V variant 1. Bo‗lajak biznesni qisqacha ta‘riflash. 2. Bozor. 3. Xodimlar malakasi va tajribasi, mavjud moliyaviy vositalar. 4. Taklif qilinayotgan mahsulotning ustunliklari. 5. Bo‗lajak biznesni tashkil qilish. 6. Kelajakka nazar. 7. Moliyaviy vazifalar. 8. Pul mablag‗laridan foydalanish. 9. Ilova. 10. Biznes tarixi. 1. Biznes- rejaga kirish. 2. Biznesni identifikatsiy a-lash. 3. Maqsad. 4. Biznesni ta‘riflash. 5. Bozor. 6. Raqobat. 7. Menejment . 8. Xodimlar. 9. Joylashuv. 10. Moliyavi y ma‘lumotlar. 11. Hisobot . 12. Qisqacha mazmun (rezyume). Tanlangan biznes konsepsiyasi. Ayni paytdagi vaziyat. YAratilayot gan korxona tavsifnomasi. Boshqaruv. Bozor tahlili va tadqiqotlari. Marketing harakatlari rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tavakkalch i likni baholash. Moliyaviy reja. Kirish. Korxonani ta‘riflash. Mahsulotni ta‘riflash. Marketing rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tashkiliy reja va menejment. Moliyaviy reja. Loyiha samaradorligi. Ilova. Firma imkoniyatlari (rezyume). Tovar (xizmat) turlari. Tovar (xizmat) sotuv bozori. Sotuv bozorida raqobat. Marketing rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tashkiliy reja. Firma faoliyatining huquqiy ta‘minoti. Tavakkalchil ikni baholash va sug‗urtalash. Moliyaviy reja. Moliyalash tirish strategiyasi. Keltirilgan variantlardan ko‗rinib turibdiki, biznes-rejaning qat‘iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo‗limlar mavjud bo‗lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) konsepsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o‗ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta‘minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday. Biznes-rejaning har bir bo‗limi o‗z mazmuniga, ko‗rsatkichlar tizimi va ularni 48 hisob-kitob qilish usullariga ega bo‗ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to‗liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo‗limlar o‗zaro bog‗liq bo‗lishi hamda korxonaning potensial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning bo‗limlarini mazkur qo‗llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko‗rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo‗lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog‗liq bo‗lgan holda turli o‗zgarishlarga uchrashi, iste‘molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko‗rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab berilishi zarur. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling