Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.84 Mb.
bet1/96
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1790715
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


Doniyor Toshtemirov
Kompyuterning zamonaviy
texnik va dasturiy ta’minoti

kursidan o’quv – metodik majmua



Guliston – 2013
D.E.Toshtemirov, «Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» kursidan o’quv – metodik majmua, Guliston sh., 2013 y., 160 bet.
Ushbu o‘quv–metodik majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlangan bo‘lib, 5110700–Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda fan bo‘yicha nazariy materiallar, amaliy mashg‘ulotlarda bajariladigan topshiriqlar va olingan bilimlarni baholash uchun nazorat savollari majmuasi kabilar keltirilgan.
O‘quv–metodik majmua Guliston davlat universiteti O‘quv – metodik Kengashi tomonidan (30.08.2012 y. dagi, № 1 sonli bayonnoma) nashrga tavsiya etilgan.

Taqrizchilar: M. Mamarajabov, Toshkent davlat pedagogika universiteti,


Informatika va TAT kafedrasi mudiri, pedagogika
fanlari nomzodi, dotsent.
I. Isoqov, GulDU «Amaliy matematika va informatika»
kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
© GulDU, 2013.

So‘zboshi


Fan va texnikaning hozirgi rivojlanishi inson faoliyatining barcha sohalarida avtomatlashtirishni keng joriy etishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil qilishda axborot texnologiyalarini qo’llash natijasida jamiyatning taraqqiyoti mislsiz o’zgarib ketmoqda. Ayniqsa, mikroelektronika, kompyuter texnikasi, asbobsozlik, axborot va axborotni qayta ishlash texnologiyasini avtomatik boshqaruv tizimini rivojlantirish evaziga hamma sohalarda katta o’zgarish bo’ldi.
Kompyuterlar keyingi yillarda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng tarqaldi. Shunig uchun, axborot va axborot texnalogiyasi, texnik-iqtisodiy sohadagi mutaxassislar tayyorlashda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini o’rganishga alohida ahamiyat berilmokda.
Hozirgi kun talabalari zamonaviy texnik vositalardan foydalanish imkoniyatlarinigina bilib qolmay, balki amalda ular yordamida ishlab chiqarishni boshqarishning funktsional masalalarini echishni ham bilishlari kerak.
Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini joriy etishdan maqsad boshqarishni engillashtirish, uning unumdorligini oshirish shuningdek, korxonalarning xo’jalik faoliyatini yaxshilashdir. Boshqarish darajasini va ikdisodiy natijalarining avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi kompyuterlar asosida tashkil etiladi. Buning uchun avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasini yaratish, kompyuter va sistemalarni tanlash, kompyuterni loyihalash va dasturlar ishlab chiqarish kabi malumotlarni o’rganib chiqishga to’g’ri keladi.
Manzil: Guliston shahri, GulDU bosh bino, Fizika – matematika fakulteti, “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi.

Kompyuterning zamonaviy texnik va


dasturiy ta’minoti


Fan dasturi
Bilim sohasi: 100000 –Gumanitar

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling