Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Microsoft Office
- har yili 60 tilda 100 mingdan ortiq jurnallar, 5 milliondan ortiq ilmiy maqolalar, 300 mingdan ortiq dissertasiyalar va ilmiy hisobotlar chop etilmoqda;
- jahon kitob fondida 1,4 milliard nomdagi, jahon patent hujjatlari fondida esa 27 -30 million nomdagi kitob va hujjatlar saqlanmoqda hamda ularning soni har yili 1 million nomga ortib bormoqda. Axborotlar oqimining o’sish sur’ati shu darajaga yetdiki, hozir har daqiqada jahonda 2000 varaqlik ilmiy maqolalar, 15 -20 ta kashfiyot va ixtirolar hisobga olinmoqda. Natijada XX asrning oxiriga kelib, jamiyatda juda qaltis vaziyat yuzaga kela boshladi, ya’ni ishlab chiqilayotgan axborotlar hajmi insoniyatning shu axborotlarni qayta ishlay olish imkoniyatlaridan oshib ketdi. Jamiyatning mehnat zahiralari ikki tabaqaga, ya’ni moddiy boyliklarni ishlab chiquvchilarga hamda axborotlar oqimini qayta ishlovchilarga ajrala boshladi. Masalan, AŠSh mehnat vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 2000 yilda mamlakatdagi ishga yaroqli aholining: - 9 % (20 mln.) - sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda; - 3,5 % (8 mln.) - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda; - qolgan 60 milliondan ortiq aholi esa korxona va tashkilotlarni boshqarish, hujjatlarni qayta ishlash bilan band bo’lgan. Shu bilan birga, to’g’ridan-to’g’ri moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga mutasaddi aholi ham o’z ish vaqtining ma’lum bir qismini qog’ozbozlik bilan o’tkazmoqdalar. AŠShdagi Boos va Allen & Hamilton firmalari tomonidan o’tkazilgan sosial tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, zamonaviy korxona rahbarlari o’z ish vaqtining 40 % ini, mutaxassislar 33 % ini, devonxona xizmatchilari 12 % ini va kotibalar 6 % ini o’z vazifalarini bajarishga sarf qilib, qolgan vaqtda turli hujjatlar bilan ishlashgan. Lekin, shunga qaramay bu hujjatlarning 60 % dan ortiqrog’i qayta ishlanmay hamda tahlil qilinmay qolingan. Vaholanki, sosiologlarning ma’lumotlariga ko’ra, zamonaviy mutaxassis fan va texnika taraqqiyotidan ortda qolmasligi uchun har kuni 1,5 ming varaqlik ma’lumotlar bilan tanishib chiqishi, nafaqat tanishib chiqishi, balki shu ma’lumotlarni tahlil qilishi, xulosalar chiqarishi talab qilinadi. Bu esa o’z navbatida inson miyasini katta axborotiy zo’riqish bilan ishlashiga sabab bo’lmoqda. Bunday zo’riqish inson asablariga, sog’ligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi albatta. Jahonning ko’zga ko’ringan tabiblari XX asr xastaliklari hisoblanmish asab, qon bosimi, qandli diabet hamda yurak - qon tomirlari xastaliklarining kelib chiqishini aynan shu zo’riqishlar bilan bog’lashmoqda. Insonning axborotlarga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirmasdan turib, bunday noqulay ahvoldan qutilish mumkin emasligi, jahon olimlariga o’tgan asrimizning 70 - yillaridayoq ayon bo’la boshladi. Elektronika va mikroelektronika fanlarining jadallik bilan rivojlanishi insonni o’zini o’rab turgan turli axborotlar oqimidan qutilish, shu jumladan, uning miyasini axborot zo’riqishidan xolos qilish imkonini berdi. Ya’ni, axborotlarni yig’ish, saralash, qayta ishlash, tahlil qilish, uzatish va saqlash kabi ko’p mehnat talab qiluvchi jarayonlarni qudratli kompyuterlar hamda elektron qurilmalar zimmasiga yuklash imkoniyati tug’iladi. Shuning uchun ham AŠShda 1980 yilllardan boshlab "kelajak ofisi" loyihasini zudlik bilan ishlab chiqarish jarayoni boshlandi. Bunday ofisning asosini lokal informasion hisoblash to’rlari, avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari, ma’lumotlar bazasi, elektron pochta aloqasi, videotekst xizmati va videokonferensiyalar tashkil qilinishi ko’zda tutilgan edi. Bu loyiha 1990 yillarga kelib amalga osha boshladi. Hozirgi paytda esa, avtomatlashtirilgan ofislar texnologiyasi (masalan, Microsoft Office dasturiy komleksi) zamonaviy axborot texnologiyalarining asosini tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, birinchi navbatda xalq xo’jaligini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va tamoyillari ishlab chiqildi. Bunda respublikamiz xalq xo’jaligini axborotlashtirish va kompyuterlashtirishga katta e’tibor berilib, bu jarayonni quyidagi bosqichlar bo’yicha amalga oshirish rejalashtirildi: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling