Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy
NOD 32 vositasi
So’ngi yillarda tez ommalashib borayotgan dasturiy vositalardan biri bo’lib, o’zining tezkorligi, qulay interfeysga ega ekanligi hamda antivirus bazasining kattaligi (90 000 dan ortiq) ajralib turadi. Boshqa vositalar Yuqoridagi antivirus vositalardan tashqari, hozirda turli kompaniyalar tamonidan ham bir qancha samarali vositalar yaratilgan bo’lib, ularga MkAfee Antivirus, F-Security, Alvil kompaniyasining Avast! vositalari misol bo’la oladi. Shu bilan birga, ko’pgina antivirus vositalari aniqlay olmaydigan «Troya oti» tipidagi virus – dasturlarni aniqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan «Troyanchi» vositalar e’tiborga molikdir. Bunday vositalarga Trojan Remover (http:G’G’www.simplysup.comG’tremover) hamda Tauscan (http:G’G’www.agnitum.comG’ruG’productG’tauscanG’index.html) kabi dasturlar kiradi. Windows tarkibidagi maxsus formatlash hamda antivirus vositalarini disklarning kontekstli menyulari orqali ham ishga tushirish mumkin. Buning uchun dastlab, «Ish stoli» dagi «Moy kompyuter (Mening kompyuterim)» nishoni yordamida ekranga kompyuterga ulangan disklar ro’yxati chiqariladi. So’ngra, kerakli disk tanlanib, uning kontekstli menyusi chiqariladi («sichqoncha» ko’rsatkichi diskning nishoniga olib borilib, so’ngra uning o’ng tugmachasi bosiladi). Shu menyuning «Formatirovat (Formatlash)» yoki «Antivirusnaya sistema NOD 32 (NOD 32 agtivirus tizimi» bo’limlaridan biri ishga tushiriladi. Masalan, 6.1-rasmda C diskning kontekstli menyusi ko’rsatilgan. 6.1-rasm. Windows tarkibidagi formatlash vositalari disklarni quyidagi fayl tizimlari bo’yicha formatlashi mumkin: FAT 16 (Files Allocanion Table 16 – Fayllarni joylashtirish jadvali 16); FAT 32 (Files Allocanion Table 32 - Fayllarni joylashtirish jadvali 32); NTPS (Net Technology File System - Tarmoq texnologiyali fayl tizimi); WinFS (Windows File System – Windows fayl tizimi). FAT 16 va FAT 32 vositalari 2000 yilgacha ishlab chiqarilgan kompyuterlarda ishlatilgan bo’lsa, zamonaviy kompyuterlarda yanada takomillashgan NTPS hamda WinFS vositalari keng qo’llanilmoqda. Optimallashtirish vositalari Ma’lumki, qattiq va yumshoq magnit disklariga fayllar maxsus ajratilgan joylarga – klasterlarga yoziladi. Bunda quyidagi hollar yuz berishi mumkin: fayling hajmi klaster sig’imidan kichik bo’lishi mumkin, bunday hollarda klasterlarda ma’lumotlar yozilmagan ortiqcha bo’sh joylar hosil bo’ladi; faylning hajmi klaster sig’imidan katta bo’lishi mumkin, bunday hollarda o’sha fayl bir nechta klasterlarga bo’lib yoziladi. Diskka birinchi marta ma’lumot yozilayotganda bitta klasterga sig’magan faylarni bo’lib yozish tartib bilan amalga oshiriladi, ya’ni faylning ortib qolgan qismi qo’shni klasterlarga yoziladi va h.k. Lekin diskdan ko’p marta foydalanilganda (ko’p marta ma’lumotlar yozilib yoki o’chirilganda) diskda ma’lumot yozilmagan bo’sh joylar hosil bo’lishi hamda fayllarni klasterlarga bo’lib yozish tartibi buzilishi mumkin, ya’ni bitta faylning bo’laklari butun disk bo’ylab tartibsiz ravishda sochilib ketishi mumkin. Bunday holatga fragmentasiya deyiladi. Fragmentasiya natijasida diskning umumiy sig’imi kamayadi (bo’sh joylar hisobiga) va kompyuter tomonidan fayllarni va uning bo’laklarini izlab topish jarayoni murakkablashadi. Shunga ko’ra kompyuterning ishlash sur’ati sezilarli darajada kamayadi. Diskda hosil bo’lgan bunday fragmentasiyani yo’qotish, ya’ni klasterdagi bo’sh joylarni ma’lumotlar bilan to’ldirish hamda fayllarning bo’laklarini klasterlarga tartib bilan joylashtirishga defragmentasiya yoki optimallashtirish deyiladi. Defragmentasiyani amalga oshirish yoki boshqacha qilib aytganda fayllarni diskka qaytadan optimal ravishda joylashtirish maqsadida ko’plab dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalarga SpeeDisk, Fast Trax kabi vositalar misol bo’la oladi. Diagnostika vositalari Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling