Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.84 Mb.
bet52/96
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1790715
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy

Xteq X-Setup
(http://www.xteq.com)

Bu dasturiy vosita tarkibidagi utilitlar nafaqat Windows ning, balki keng tarqalgan amaliy dasturlarning, ofis – ilovadarning (masalan, Micrisoft Office ning), optik disklarga yozuvchi dasturlarning, grafik hamda multimedia dasturlarining ham yashirin parametrlarini moslash va roslash imkoniyatiga ega. Umuman olganda, ularning 400 dan ortiq yashirin parametrlari bilan ishlay olishi mumkin. Masalan,


 dasturlarni Internet uchun moslovchi parametrlarni (Internet utiliti);
 kompyuter tarmoqlari bilan ishlovchi dasturlarning parametrlarini (Network utiliti);
 ofis-ilovalarning ishlash parametrlarini (Program Options utiliti);
 Windows ni ishga tushirish hamda uning ishini yakunlash parametrlarini (StartupG’Shutdown utiliti);
 qurilmalarning hamda operasion tizimning (System utiliti) parametrlarini moslab hamda roslab ularning samaradorligini yanada oshirishi mumkin.
Bulardan tashqari, Windows operasion tizimi tarkibida bir qancha boshqa utilitlar ham mavjud bo’lib, ular
PuskStandartno’eSlujebno’e
algoritmi orqali ishga tushiriladi.
Bunday utilitlarga quyidagilar kiradi va ular o’zlariga xos bo’lgan vazifalarni bajarishga, ya’ni:
Aktivasiya Windows (Windows ni faollashtirish) – operasion tizimning ishlashini faollashtirish va uning ishlash samaradorligini oshirishga;
Arxivasiya danno’x (Ma’lumotlarni arxivlash) - ko’rsatilgan malumotlarning arxiv nusxalarini yaratishga;
Vosstanovleniye sistemo’ (Tizimni qayta tiklash) – operasion tizimning ishlash qobiliyatini qayta tiklashga;
Defragmentasiya diska (Diskdagi fragmentlarni yo’qotish) - ko’rsatilgan diskdagi mavjud fragmentlarni yo’qotishga va ma’lumotlarni shu diskda samarali joylashishiga:
Master perenosa faylov i parametrov (Fayl va uning parametrlarini ko’chirish ustasi) – tanlangan fayllarni va uning asosiy parametrdarini boshqa kompyuterga ko’chirishga;
Naznachenno’ye zadaniya (Belgilangan topshiriqlar) – kompyuter tomonidan avtomatik ravishda bajarilishi kerak bo’lgan buyruq va topshiriqlarning bajarilish ro’yxatini tashkil qilishga;
Ochistka diska (Diskni tozalash) – diskni, fayllarning keraksiz nusxalaridan, kam foydalanilayotgan hamda ko’pdan beri foydalanilmayotgan fayllardan tozalashga;
Svedeniya o sisteme (Tizim to’g’risidagi ma’lumotlar) – joriy kompyuter va ungi ulangan elektron qurilmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ib borishga (bunday ma’lumotlar, kompyuterga yangi qurilmalar o’rnatilgan sayin to’ldirib boriladi) va bunday ma’lumotlarni talab bo’yicha foydalanuvchiga yetkazib berishga;
Tablisa simvolov (Belgilar jadvali) – klaviaturada mavjud bo’lmagan beogilarni uning tugmachalariga o’rnatishga;
Sentr obespecheniya bezopasnosti (Xavfsizlikni ta’minlash markazi) – kompyuterning ishlash xavfsizligini ta’minlovchi parametrlarni o’rnatishga xizmat qiladi.


Matn muharrirlari

Boshqacha qilib aytganda, amerikaliklar atamasi bo’yicha matn prosessorlari – kompyuterda turli matnlarni terish, ularni tahrir qilish, bezash hamda Chop etishga tayyorlashga xizmat qiluvchi dasturiy vasitalardir. Bunday vositalar yordamida oddiy matnli hujjatlardan tortib, rangli jurnallarning, ko’p tomli qomusiy kitoblarning ham elektron variantlarini tayyordash mumkin.


Imkoniyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturiy vositalar misol bo’la oladi;
- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga , Microsoft Word, Writer, WinWord, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturiy vositalar misol bo’la oladi;
Eng ko’p tarqalgan matn muharriri Microsoft Word (yoki Microsoft Office Word yoki oddiygina Word - “so’z”) dasturiy vositisi bo’lib, hozirda uning quyidagi versiyalaridan keng foydalanilmoqda:
Microsoft Word 2000 (Microsoft Office 2000 kompleksi tarkibida);
Microsoft Word 2003 (Microsoft Office 2003 kompleksi tarkibida);
Microsoft Word 2007 (Microsoft Office 2007 kompleksi tarkibida).
Bulardan tashqari, Open Office kompleksi tarkibidagi Writer matn muharriri ham tez ommalashib bormoqda.
Windows operasion tizimi tarkibida ham «Bloknot» hamda «Word Pad» kabi matn muharrirlari mavjud lekin, ularning imkoniyatlari chegaralangandir. Ular faqat oddiy matnli hujjatlarni tayyorlay olishi mumkin xalos.


Nashriyot tizimi vositalari

Bunday vositalar, murakkab nashriyot mahsulotlarini (kitoblarni, jurnallarni, gazetalarni) sifatli tayyorlash, turli grafik ma’lumotlar va suratlar bilan bezash, tahrir qilish, ularni sahifalash hamda bosmaga chiqarishga xizmat dasturiy vositalardir. ªozirda, nashriyot tizimlarida keng qo’llanilayotgan bunday vositalarga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress, InDesign kabi dasturlar misol bo’la oladi.




Elektron lug’atlar

Bumday vositalar, asosan ingliz, fransuz, nemis, ispan va rus tillariga asoslangan lug’atlar bo’lib (masalan, inglizcha-ruscha, ruscha-inglizcha, inglizcha-fransuzcha, fransuzcha- inglizcha va h.k.), so’zlar bazasi 100 mingdan ortiqdir. Bunday lo’g’atlarga Agama, Lingvo, Polyglossum, Babylon, TransLite, TranslateIt va QDictionary kabi firma va kompaniyalarning mahsulotlari misol bo’la oladi. Bular, biror dasturdagi (masalan, Microsoft Word yoki Internet Explorer brouzeridagi) notanish so’zlar tanlanganda ham avtomatik ravishda ishga tushib, shu so’zning ko’rsatilgan tildagi tarjimasini ekranga chiqarishi mumkin.


Yaqinda, respublikasizda ham so’zlar bazasi 100 mingdan ortiq bo’lgan ruscha-o’zbekcha-inglizcha elektron lug’ati ham ishlab chiqildi. Bu lo’g’at, ko’rsatilgan so’zlarni har uchala tildan bir vaqtning o’zida bir-biriga sinxron ravishda tarjima qila oladi ham.
Belgilarni optik tanish vositalari



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling