Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Irfan Wiew (http:G’www.irfanwiew.comG’english.htm) dasturiy vositasi –
Download 2.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron jadvallar
- KMBlardan foydalanish
Irfan Wiew (http:G’www.irfanwiew.comG’english.htm) dasturiy vositasi – yani bir samarali vosita bo’lib, yuqoridagi amallarning barchasini bajarishi mumkin. Lekin, shu bilan birga ACD See ga qaraganda bir qancha qulayliklarga ham egadir. Ya’ni,
- 70 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlab, ularni tezkorlik bilan ko’zdan kechirib chiqishni tashkil qilishi; - rasmlarni nafaqat turli o’lchamlarda, balki piktogrammalar ko’rinishida ham aks ettirishi; - rasmlarga ishlov berishning turli qulay uskuniviy vositalarining mavjudligi bu vositaning imkoniyatlarini ancha oshiradi. Grafik fayllarni ko’rishga xizmat qiluvchi bunday vositalar – Windows ning dasturlar ro’yxati yoki tanlangan grafik faylning kontekstli menyusi orqali ishga tushirilishi mumkin. Elektron jadvallar – kompyuterda turli jadvallarni hosil qilish, ularni tahrir qilish, shu jadvallar ustida turli amallarni (guruhlash, tartibga solish, nusxa olish va h.k.), ularni bezash hamda chop etishga tayyorlashga xizmat qiluvchi dasturiy vasitalardir. Bunday vositalar yordamida oddiy jadvallardan tortib, katta hajmdagi murakkab iqtisodiy, moliyaviy, matematik va h.k. jadvallargacha tayyorlash mumkin. Imkoniyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: - oddiy elektron jadvallarni tashkil, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Super Calc, Quadro Pro kabi dasturiy vositalar misol bo’la oladi; - katta hajmdagi turli murakkab elektron jadvallarni tashkil, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Lotus, Microsoft Excel kabi dasturlari misol bo’la oladi. Hozirda eng ommalashgan elektron jadvali - Microsoft Excel dasturiy vositisi bo’lib, hozirda uning quyidagi versiyalaridan keng foydalanilmoqda: Microsoft Excel 2000 (Microsoft Office 2000 kompleksi tarkibida); Microsoft Excel 2003 (Microsoft Office 2003 kompleksi tarkibida); Microsoft Excel 2007 (Microsoft Office 2007 kompleksi tarkibida). Bulardan tashqari, Lotus-troyka kompleksi tarkibidagi Lotus, Perfect Office kompleksi tarkibidagi Quattro Pro elektron jadvallari ham tez ommalashib bormoqda. Kompyuterlashtirilgan ma’lumotlar bazalari (KMB) O’tgan asrimizning 70-yillaridayoQ bir qancha rivojlangan kapitalistik davlatlarda keng ko’lamda kompyuterlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini (KMB) yaratish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borila boshlandi. Bunga, KMB larning o’zining ajdodlari bo’lmish oddiy ma’lumotlar bazasiga nisbatan katta afzalliklarga ega ekanligi sabab bo’ldi. Bu afzalliklar KMB larning quyidagi xususiyatlarida yaqqol namoyon bo’ladi: - ma’lumotlar kompyuter o’qiy oladigan vositalarda (magnit lenta va disklarda; optik va magnitooptik disklarda; mikrofishlarda) saqlanadi. Bu vositalar o’lchamlari kichikligiga qaramay, katta hajmdagi ma’lumotlarni ishonchli ravishda saqlay oladi; - KMBlardan yer yuzining istalgan nuqtasidan turib foydalanish mumkin, ya’ni KMB bilan foydalanuvchining orasidagi masofa ahamiyatga ega emas; - KMBdagi bitta ma’lumotdan, ayni bir vaqtning o’zida ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi mumkin; - KMBlardagi ma’lumotlarni to’ldirib, yangilab borish juda qulaydir; - KMBlar foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlarni turli mezonlar (fan, muammo yoki yo’nalishlar bo’yicha; kitob, maqola yoki kashfiyotlarining nomlari yoki mualliflari bo’yicha; kalit so’zlar bo’yicha va hokazo) orqali sanoqli daqiqalar ichida izlab topib va saralab bera oladi. Shuning uchun ham o’tgan asrning oxiriga kelib tashkil qilingan KMBlar soni keskin ko’paydi. Masalan, 1983 yilda jahonda (sosialistik mamlakatlardan tashqari) 1 845 ta KMB; 1990 yilda 3 000 ta KMB faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 10 000 dan oshib ketdi. Ularni saqlayotgan ma’lumotlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: - ko’rsatilgan soha bo’yicha chop etilgan davriy nashrlar, kitoblar, anjuman materiallari, dissertasiyalar va referativ ma’lumotlarni saqlovchi KMBlar; - ko’rsatilgan soha bo’yicha chop etilayotgan nashrlardan olingan eng zarur ma’lumotlarni saqlovchi KMBlar; - jahonda ro’yxatga olingan patentlar to’g’risida bibliografik va referativ ma’lumotlarni saqlovchi KMBlar; - jahonda ro’yxatga olingan patentlar va ularning huquqiy hujjatlari to’g’risida ma’lumot beruvchi KMB- lar; - faktografik ma’lumotlar, ya’ni foydalanuvchining so’roviga har tomonlama to’la ma’lumot beruvchi KMBlar. KMBlardan foydalanishHar qanday foydalanuvchi jahondagi KMBlardan foydalana olishi uchun quyidagi shartlarga amal qilishi, ya’ni: - o’zining kompyuterini xalqaro aloqa uzatish tarmog’iga ulashi; - kerakli KMBdan foydalanishni tashkil qiluvchi firmaga abonent bo’lishi kerak. Hozirgi paytda AQSh va G’arbiy Yevropa davlatlarida KMBdan foydalanish quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi: foydalanuvchi axborot xizmatini ko’rsatuvchi firma bilan shartnoma tuzadi va KMBga kirishga imkon beruvchi parolga ega bo’ladi. KMBdan foydalanish haqi tungi vaqtlarda 6 dollarG’soat bo’lsa, kunduzgi vaqtda 300 dollarG’soatgacha yetadi. Quyida, jahondagi KMBlardan foydalanishga imkon beruvchi eng yirik axborot xizmatlarining nomi (qavs ichida shu axborot xizmatni tashkil etuvchi firmaning nomi) keltirilgan: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling