Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari -
Download 2.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya va buxgalteriya ishlari dasturlari
- Universal-professional dasturiy majmualar.
Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari - kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir. Bularga Autocad, PCAD, Kompas dasturlari misol bo’la oladi.
Ilmiy va ish grafikasi vositalari – vazifalariga ko’ra ikkita guruhga bo’linadi: - kompyuterda turli funksiyalarning qiymatlarini hisoblab, natijalarni ekranga yoki bosmaga grafik, jadval va diagrammalar ko’rinishida chiqarishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga Microsoft Chart, Boieng Graf, Harvard Graphics, Grapher, Surfer, Mathematica, Matlab, MarCad kabi dasturlari misol bo’la oladi; - avtomatlashtirilgan loyihalash hamda grafik modellashtirish vositalari. Hozirda, bunday vositalar ichida eng ko’p qo’llanilayotgani – AutoCad dasturiy vositasidir. Moliya va buxgalteriya ishlari dasturlari – keyingi yillarda tez ommalashib borayotgan dasturiy vositalar bo’lib, kichik, o’rta va katta firmalar, ofislar uchun buxgalteriya hamda moliyaviy hisoblarni avtomatlashtirishga, shu korxonalarni boshqarishni kompyuterlashtirishga xizmat qilishga mo’ljallangan. Bularga, 1S Buxgalteriya, Info-buxgalteriya, Turbo-buxgalteriya, BEST, BEMBI, PARUS, Kvestor, Supermenedjer, Integrator, Kupes, Tovar, Aspekt, Info-olebor, Loc Office, Galaktika, Sistema R13, BOTS dasturiy vositalarini misod qilib keltirish mumkin. Dasturiy malmualar Hozirgi paytda kompyuter texnologiyalarining katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan yo’nalishlaridan biri - dasturiy majmualarni ishlab chiqishdir. Bunday majmualar o’zlarining tarkiblari hamda vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: - universal-professional dasturiy majmualar; - ixtisoslashtirilgan dasturiy majmualar; - qo’shimcha dasturiy majmualar. Universal-professional dasturiy majmualar. Bunday majmualardan eng ko’p tarqalganlari korxona va tashkilotlarning ish hujjatlarini tashkil qilish hamda qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi ofis - ilovalar (ofisno’ye prilojeniya) dir. Quyida, hozirda eng ommalashgan shunday majmualar hamda ularning tarkibilagi dasturiy vositalar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Microsoft Office majmuasi (Microsoft kompaniyasi mahsuloti) Tarkibi:
Microsoft Excel - elektron jadvallarni tashkil qiluvchi va ularni qayta ishlovchi dasturiy vosita; Microsoft Outlook - elektron daftarchasi va ofis menedjeri. Bu vosita kundalik tavqim (kalendar), telefon daftarchasi, elektron pochta hamda faks ma’lumotlar bilan ham ishlashi mumkin; Microsoft Power Point – turli prezentasiyalar (matnli, grafik, ovozli, animasiyali, ko’rgazmali ma’lumotlar hamda videolavhalar) tayyorlashga va ularni namoyish etishga xizmat qiluvchi dasturiy vosita; Microsoft Access - ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi hamda ular bilan ishlash vositasi; Microsoft Front Page - Internet sahifalarini (Web sahifalarini) tashkil qiluvchi hamda ularni bezovchi dasturiy vosita; Microsoft Photo Draw - turli rasmlar bilan ishlashga imkon beruvchi grafik muharrir; Microsoft Publisher – matnli ma’lumotlarni sahifalashga hamda ularni bezashga xizmat qiluvchi dasturiy vosita; InfoPath - hujjatlarning turli formalarini tayyorlovchi formalar ustasi. Open Office majmuasi (Dasturchilarning xalqaro uyushmasi mahsuloti) Tarkibi:
Calc – elektron jalvali; Draw – vektorli grafik muharriri; Impress – prezentasiyalar tizimi; Base – ma’lumotlar bazasini tashkil qilish hamda ular bilan ishlash vositasi; Math – matematik formulalar muharriri; Image – rastrli grafik muharriri; HTML Editor – gipermatnli sahifalar muharriri. va kompyuter texnologiyalari qurilmalarining ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi utilit-kompleks lardir. Adobe Creative Suite majmuasi (Adobe kompaniyasi mahsuloti) Photoshop – rastrli grafik muharriri; Illustrator – vektorli grafik muharriri; InDesign - sahifalovchi dasturiy vosita; Dreamweaver – web - sahifalar muharriri; Acrobat Professional – PDF formatidagi elektron hujjatlar muharriri; Flash – web –animasiya muharriri. Lotus - Troyka majmuasi (Lotus Development firmasi mahsuloti) Tarkibi: AmiPro - matn tahrirchisi; Lotus 1,2,3 - elektron jadvallari; Lotus Organiser - yozuv daftarchasi. Perfect Office majmuasi ( Novell firmasi mahsuloti) Tarkibi: WordPerfect - matn tahrirchisi; Quattro Pro - elektron jadvali; Group Wise - hujjatlarni qayta ishlash vositasi va h.k. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling