Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.84 Mb.
bet56/96
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1790715
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy

A) G’arbiy Yevropada:
1. Infoline (Pergamon Infoline Ltd.) , London;
2. BLAISE (British Library Automated Information Service) , London;
3. ESA-IRS-Information Retrieval Servece (Europeam Space Agency), Fraskati, Italiya;
4. Questel (Telesystemes Questel), Parij;
5. INKA-Informationsystem Karlsruhe (Fachinformationszentrum Energie, Physik, Mathematie, GmbH), Karlsrue, Germaniya;
6. FIZ-Technik (Fachinformationszentrum Technic), Frankfurt - na Mayne, Germaniya.
7. Data-Star (Radio Suisse Ltd.), Bern, Shveysariya.
B) AQSh da:

  1. Dialoy (Dialog Information Service, Inc.), Kaliforniya;

  2. ORBIT (SDC - System Development Corp.), Kaliforniya;

  3. BRC (Bibliographic Retrieval Services, Inc.), Nyu-York;

  4. Lockheed (Lockheed Missile and Space Company), Nyu-York.

Bu axborot xizmatlarining har biri o’z firmasi tamonidan ishlab chiqilgan axborot – izlovchi tizimlarga ega bo’lib, bu tizimlar o’zining samaradorliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrimlari o’z taassufidagi KMB largagina kira olsa, boshqalari esa o’z taassufidan tashqaridagi KMBlarni ham foydalanuvchi bilan bog’lash imkoniyatiga egadir.
Masalan,

  • Yevropa kosmik agentligi (ESA)ning tarkibiy qismi bo’lmish SDS (Spase Documentation Service) axborot xizmati: Biosys Previews, CA Condensates, Comprehensive Dissertation Abstracts, Electronic Components Databank, Energyline, Metadex,NTIS, Oceanic Abstracts, Pascal, Pollution Abstracts, StarG’IAA, NASA kabi KMB lar bilan;

  • Infoline xizmati: Inpadoc, Computerpat, Patsearch, Pappa, World Surface Couting Abstracts, World Texiles, Current Biotechnology Abstracts kabi KMBlar bilan;

  • Dialog xizmati esa: Claims Biblio Abstracts, NTLS, DOE Energy, Soviet Science Information, IRL Life Science Collection, CAB Abstracts, FSTA, Cofeeline, Paperchem, Nonferrous Metals Abstracts, Metadex, INSPEC, APTIC, Geoarchive, Water Resources Abstracts kabi KMBlar bilan istalgan foydalanuvchini bog’lashi mumkin.

Rossiyada esa bunday xizmatni Rossiya amaliy avtomatlashtirilgan tizimlar ilmiy tadqiqot instituti bajarmoqda.


Ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi vositalar

Hozirgi paytda KMB larni boshqarishni va ulardagi ma’lumotlar ustida amallar bajarishni yengillashtirish maqsadida samarali dasturiy va qurilmaviy ta’minotga ega bo’lgan Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishlab chiqilgan.


Bunday MBBT larga:
a) MS DOS va Norton Commander boshqaruvida ishlashga mo’ljallangan dBase; FoxPro; Clipper; Clarion; dye Vista va Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Paradox tizimlari;
b) WINDOWS boshqaruvida ishlaydigan Microsoft Access (Microsoft firmasi); Approach (Lotus firmasi) tizimlari misol bo’la oladi.
Lekin bu tizimlar, kompyuter bilan yaqindan turib muomala qiluvchi bir nechta foydalanuvchigagina xizmat ko’rsata oladi.
Jahon kommunikasiya vositalarining rivojlanishi, KMBlardan foydalanuvchilarning sonini ham, foydalanuvchilar joylashgan o’ramning geografiyasini ham juda kengaytirib yubordi. Shuning uchun ham oxirgi yillarda jahonning ko’zga ko’ringan firmalari Oracle; Centura; Sybase; Informix tomonidan KMBlarni boshqarishning yangi texnologiyasi - "kliyent-server" texnologiyasi ishlab chiqildi. Ayniqsa Centura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan SOLWINDOWS SOLO "kliyent-server" tizimi keng tarqaldi.
Zamonaviy "kliyent-server" tizimi uchta asosiy qismdan:
- qurilmaviy vositalar kompleksi (serverlar; ishchi stansiyalar; kommunikasiya qurilmalari);
- kompyuterlararo aloqa to’rlarini bosh-qaruvchi operasion tizimlar;

  • amaliy dasturlar kompleksidan iboratdir.

Kompyuterda turli elektron ma’lumotlar bazalarini hosil qilish, ulardagi ma’lkmotlarni tahrir qilish, yangilab borish, shu bazalar ustida turli amallarni (guruhlash, tartibga solish, nusxa olish va h.k.), ularni bezash hamda chop etishga tayyorlashga xizmat qiluvchi dasturiy vasitalardir. Bunday vositalar yordamida oddiy ma’lumotlar bazasidan tortib, katta hajmdagi murakkab, gipermatnli ma’lumotlar bazasigacha tayyorlash mumkin.
Imkoniyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • katta bo’lmagan ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi hamda ular ustida murakkab bo’lmagan amallarni bajaruvchi vositalar. Ularga PC-File, Reflex, Q&A dasturlari misol bo’la oladi;

katta hajmdagi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga va ular ustida murakkab amallarni bajarishga xizmat qiluvchi vositalar. Ularga DBase, RBase, FoxPro, Paradox, Access dasturlari misol bo’la oladi.
Bunday vositalarning eng ommalashgani - Microsoft Accessl dasturiy vositisi bo’lib,ozirda uning quyidagi versiyalaridan keng foydalanilmoqda:
Microsoft Access 2000 (Microsoft Office 2000 kompleksi tarkibida);
Microsoft Access 2003 (Microsoft Office 2003 kompleksi tarkibida);
Microsoft Access 2007 (Microsoft Office 2007 kompleksi tarkibida).

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling