Ызбекистон республикаси олий ва


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 1.41 Mb.
bet30/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Xalq ertaklarida hayoliy fikrlar orqali real hayotni aks ettirish mumkin ekanligini talabalarga tushuntirish.
Mavzuga oid muammolar:
1. Xalq tomonidan yaratilgan ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Xatto turli yoshdagi bolalar uchun, jumladan, ko’p maxsus ertaklar yaratilgan. Sizningcha ertaklarning xarakterli xususiyatlari nimada deb o’ylaysiz?
2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hali olam nimaligini bilmaydilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, do’stlik, mehnat ahli, jamoa, odob-aql to’g’risida bo’lishi foydadan xoli bo’lmaydi. Siz bu davr bolalariga qanday ertaklar o’qib, hikoya qilib bergan bo’lar edingiz?
3.Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy taraqqiyotga ega bo’lib, ularning ildizi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Sizningcha, sehrli ertaklarning yuzaga kelishi nima bilan bog’liq, nimasi bilan ajralib turadi?
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Ertak termini haqida tushuncha beradi, shu bilan birga hayvonlar haqidagi ertaklar haqida fikr yuritadi.
2. Ertak janri haqida fikr yuritilganda uning poetikasi, hayotdagi o’rni ahamiyat beradi.
3. Ertaklardagi xilma-xillikni tahlil qilib, xayoliy uydirma terminini tahlil qiladi.


1- asosiy savolning bayoni:
Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy turlaridan biri bo’lib ota-bobolarimizning turmush tarzi, vatanga muhabbati, jasorat va adolatlilik haqidagi ideal orzulari xayoliy va hayotiy uydirmalar dostonida hikoya qilinadi. Xalq tomonidan yaratilgan ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko’p maxsus ertaklar yaratilgan.
Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf - odatlari bilan chambarchas bog’lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo’ldosh bo’lib kelishidadir. Ertaklar sodda va tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga tez etib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi. Bu hol, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarda aks etgan.
Ertak termini qadimiy tarixga ega bo’lib, turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlar orasida turli xil shaklga ega bo’lgan.
M.Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asarida ertak etuk hikoya, deb berilgan. Ertak esa biror maqsadni shaxsga bildirish, hikoya qilish ma’nosida qo’llangan. Abushqada-ertak, Namanganning janubida «ertangi», Xorazmning ba’zi joylarida «vorsoqi», Ozarbayjonda «naql», Tojikistonda «afsona», Toshkent shevasida «cho’pchak» deb yuritiladi. Ertaklar haqida, V.Ya.Propp shunday deydi: «U yoki bu janrni aniqlashda asosiy uch belgiga- uning poetikasiga, hayotdagi o’rniga va ijro formasiga e’tibor berish lozim».
Fantastika-grekcha so’z bo’lib, keng ma’noni bildiradi. U o’zbek tilida hayot degan ma’noni anglatadi. Tilsim-arabcha so’z bo’lib, sehr-jodu bilan turli ajoyib narsalar (sirli olma, sirli suv, oynai jahon, bir gaz yozsa, qirq gaz bo’lar) ning namoyon bo’lishidir. Xayol umumiylikni, tilsim xususiylikni bildiradi.
Xalq ertaklari o’z xususiyatlariga ko’ra bir necha turga bo’linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.

Muhokama uchun savollar:


1. Ertaklar orqali insonning ijtimoiy axloq normalarining shakllanishi, ertaklar orqali kichkintoylarni qanday tarbiyalash mumkin?
2. Siz xayoliy-uydirma terminini qanday tushunasiz?
3. Ertaklarning muhim xususiyatlari haqida fikringiz qanday?
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Hayotiy-maishiy ertaklar kishi diqqatini o’ziga jalb qilishi, ushbu ertaklardagi barcha yuksak fazilatlarning badiiy tahlili haqida talabalarga tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. O’zbek xalq ertaklari haqida ma’lumot beradi.
2. Hayotiy-maishiy ertaklardagi ijodkorlik, irodalilik, ziyraklik kabi fazilatlar haqida so’z yuritadi.
3. O’rta va katta yoshdagi bolalarga o’qish uchun tavsiya etiladigan ertaklar haqida fikr yuritadi.

2- asosiy savolning bayoni.


O’zbek xalq ertaklari badiiy prozaning yorqin namunasi bo’lib, unda mehnatkash xalqning hayoti, ularning orzu- istaklari o’z ifodasini topgan bo’ladi. O’zbek xalq ertaklari tarixida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o’g’li, Xusanboy Rasul o’g’li, Nurali Nurmat o’g’li, Ravshan bobolarning alohida xizmatlari borligini ta’kidlash kerak.
Ertaklar janr xususiyatlarga ko’ra yuqoridagi nomlari aytilgan turlaridan tashqari xajviy va tarixiy ertaklarga bo’linishi har jihatdan xarakterlidir.
Hayotiy-maishiy ertaklarda inson hayotining turli jabhalari qahramonlik, do’stlik, vafodorlik va mehnatsevarlik fazilatlari ulug’lanadi.
Odatda, mashq raqamlar marosim va azalar ma’lum «tayyorgarlik» bosqichidan o’tgach, fol’klor matniga o’tadi. 3,7,40 raqamlar ko’proq dafn marosimlariga bog’liq bo’ladi. «Uch og’a-ini botirlar» ertagigada uch raqami uch oqshom, uch hodisa, podshohning uch qizi, uch aka-uka, dasturxondagi taomlardan uchtasiga ta’rif berish singari epizodlar ko’zga tashlanadi.
Biz o’zbek xalq og’zaki poetik ijodidagi qadimgi e’tiqodlarning turli formalarida alohida ahamiyatga molik bo’lgan raqamlarning genetik asosiga, poetik funktsiyalari va qo’llanish qo’llamiga ko’ra ikkiga ajratdik. 1) mashq raqamlari. 2) an’anaviy raqamlar. O’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimga turlaridan bo’lgan ertaklarda qo’llanuvchi 3,4,5,7,9,40 raqamlari mashq raqamlar xisoblanadi. «Uch og’ayni botirlar» ertagida ham shu raqamlarning hikoya mazmunida tez-tez takrorlanishi ko’zga tashlanadi: Uch aka-uka, uch kecha, podshoning bo’yi etgan uchta qizi, uch hodisaning sodir bo’lishi, uchta nasihat, podsho ziyofatida uch xil ibratli va adolatli gap uchiraganing guvohi bo’lamiz.
Hayotiy-maishiy ertaklardan «Malikai Husnobod» kishi diqqatini o’ziga alohida tortadi. Zolim podsho «qarg’aning qag’ degani nimani bildiradi. Sizlarga 40 kun muhlat, agar javobini topa olmasangiz hammangizning boshingizni tanalaringdan judo qilaman,-deb dag’dag’a qiladi. Sarosimaga tushib qolgan vazir hamma olimu fuzalolarni to’playdi. Shunda ularning birortasidan sado chiqmaydi. Bu savolga podshoning go’zallikda tengi yo’q qizi Husnobod javob qiladi.
Podsho kenja xotini kambag’al bo’lgani uchun uni doimo kamsitar edi. Bu uning go’zal qizi malikai Husnobodning qalbida o’chmas iz qoldirgan edi. Shuning uchun u payt poylab zolim otasiga javob qilishini kutib yurgan edi: «Qarg’aning qag’ degani-erni bor qiladigan ham xotin, uni yo’q qiladigan ham xotin»,-deydi. Husnobod o’zining to’g’ri so’zligi uchun jazolanadi, lekin ertak xulosasida o’z tengiga turmushga chiqib, barcha kambag’al uchun hamma shart – sharoitlarni yaratib murodu-maqsadiga etadi. Ertakda voqea va hodisalarning mantiqiy bog’lanishi asosida ideal qahramon xarakterini yaratadi. Mazkur tugunlar keyin sodir bo’ladigan butun voqea-hodisalarni tashkil etadi. Birida asar qahramoni uchun kurashib mushtipar onasini himoya qilsa, keyinroq esa sotsial-maishiy hamda sinfiy qarama-qarshiliklar baxtiyor hayot haqida ezgu-umidlar aks etadi.

Muhokama uchun savollar:


1. Ertaklarning insonlarga axloqiy-ma’naviy yo’ldosh bo’lib kelishi haqida tushunchalaringiz qanday?
2. Mashq raqamlar (3,4,5,7,9,40) haqidagi mulohazalaringizni so’zlang. Bu raqamlar qanday raqamlar deyiladi?
3. Ona–Vatan, tabiat, axloq - odob, mehnatsevarlik haqida qanday ertaklarni bilasiz?

Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:



  1. Ertaklar asosida ajoyib asarlar yozgan, yozma ertaklar yaratgan adiblarni aniqlash.

  2. Maktabgacha ta’lim va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar va bundan oqilona foydalanish yo’llarini aniqlash.

  3. Bog’cha tarbiyachilari va ota-onalar oldida turgan eng muhim vazifalarni ishlab chiqish.

3-Amaliy mashg’ulot. Sehrli-afsonaviy ertaklar


Dars maqsadi: Ertaklar garchi uydirma, sehrli fantastik xususiyatga ega bo’lsa-da, inson ma’naviyatining takomillashishida o’ziga xos ahamiyat kasb etishi haqida talabalarga tushuncha va tasavvur berish.
Identiv o’quv maqsadlari
1. Sehrli fantastik ertaklarning yuzaga kelishi ibtidoiy odamlarning mehnat jarayoni bilan bog’liqligi haqida fikr bildira oladi.
2. Sehrli-afsonaviy ertaklarning tematikasi rang-barangligi, ezgu niyat kuchli ekanligini izohlay oladi.
Ishni bajarish tartibi:

  • O’zbek xalqining eng mashhur va ta’sirli ertagi («Ur to’qmoq»)ni aniqlash;

  • So’z kuchi «avrash», «afsun» yo’li bilan tabiatning kishilarga xatarli bo’lgan voqealar qaysi xil ertaklarga xosligini o’rganish (Sehrli- afsonaviy);

  • Sehrli ertaklarning mavzusi rang –barangligi haqida umumiy tavsif berish;

  • O’zbek xalqida bolalar uchun yozilgan sehrli-afsonaviy ertaklar ro’yxatini tuzish;

  • Maktab yoshidagi kichik bolalarga qanday ertaklarni tavsiya qilish kerakligi haqida mushohada yuritish;

  • Mashg’ulotning yakuni.

Mustaqil ish topshiriqlari: Sehrli-afsonaviy ertaklar.


3-topshiriq



    1. Ertak janri, uning poetikasi hayotdagi o’rni va ijro formasini tahlil qiling. (1.197-201-betlar).

    2. Kitob, ayniqsa, ertak kitoblar bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda qanday ahamiyat kasb etishini tahlil qiling. (1. 25-27-betlar).

    3. O’rta va katta yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning asosiy qismini aniqlang. (3. 18-21-betlar).

Asosiy adabiyotlar:




1..K.Imomov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi -T.:-1990. 197-201-betlar.
2. M.Jo’raev. «O’zbek xalq ertaklarida «Sehrli raqamlar» -T.:-1991 yil. 18-21-betlar.
3. M.Jumaboev. O’zbek va Chet el bolalar adabiyoti. -T.:-2002 y. 12-33 betlar.
4. K.Imomov. «O’zbek xalq prozasi» «Fan» 1981 yil. 25-27-betlar.
5. M.Gorkiy. «Adabiyot haqida» 284-286-betlar.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling