Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet33/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:

  1. Navoiy va bolalar adabiyoti.

  2. Alisher Navoiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari («Hayratul- abror»).

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
O’zbek xalqining ulug’ ma’prifatparvari, «Mantiqut tayr», «Farhod va Shirin», «Hayratul-abror», «Layli va Majnun», «Mahbubul- qulub».


Mavzuga oid muammolar:
1. Navoiy dars beruvchini quyoshga o’xshatadi va bu quyosh o’z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni mudarris abjadxonalarga hali ilmdan bexabar bo’lgan toliblarga ilm sochadi, ma’rifat beradi, deydi. Sizning bugungi kun o’qituvchisi qanday bo’lishi kerakligi haqida fikringiz qanday? Ustoz va shogird o’rtasidagi fikringiz-chi?
2. «Hayratul - abror»ning bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga bag’ishlangan. Siz o’quvchilarning odob, axloq va ta’lim tarbiya berish masalasiga qanday qaraysiz?
1-savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga Navoiy ijodida bolalar va yoshlar hayotiga bag’ishlangan asarlar qay darajada o’rin olganligi haqida chuqurroq tasavvur berish.


Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Bolalar adabiyotining shakllanishida Alisher Navoiyning o’rni muhimligiga ahamiyat beradi.

  2. Navoiy asarlarida ko’proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qilishini tushuntiradi.

  3. Shoir bolalarni ilmni puxta egallashga chaqirib, buyuk pedagog hamda murabbiy sifatida ularni tarbiyalash va o’stirish yo’llarini ko’rsatganligini izohlaydi.



1-asosiy savolning bayoni:
O’zbek xalqining ulug’ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm – hunarni, mehnatni sevishga undab, o’rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo’lida sarf qilish zarurligini uqtirdi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o’qish, o’rganish kerak. «Yoshligingda yiqqil bilimni, qarigach sarf qilg’il ani», - degan shoirning o’zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi, o’qishga beriladi. U yoshligidanoq ko’p she’rlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning «Mantiqut - tayr» («Qush nutqi») asarini bolalik chog’laridayoq qayta - qayta o’qib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to’g’risida g’amxo’rlik qildi. Alisher Navoiy Astrabotda surgunda yurganida, podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida o’g’il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o’zi madrasalar qurishda tashabbus ko’rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to’g’ri yo’l ko’rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o’zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo’lgan mablag’ ajratadi.
Navoiy dars beruvchini quyoshga o’xshatadi va bu quyosh o’z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni mudarris «abjadxonalar»ga, hali ilmdan bexabar bo’lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi -deydi.
Muhokama uchun savollar:

    1. Yuksak ma’naviyatning birinchi sharti nima? Fikringizni izohlang.

    2. Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida qanday fikrlarni olg’a suradi?

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


Navoiyning ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarda bayon qilganligi haqida tushuncha berish.

Identiv o’quv maqsadlari:


1. Navoiyning bolalar tarbiyasiga oid fikrlari haqida so’z yuritadi.
2. «Hayratul-abror» dostonida ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalar bayon qilinishi bilan birga takabbur va odobsiz kishilarning qoralanganligini tushuntirib beradi.
3. Navoiyning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o’z qadr-qimmatini saqlab kelayotganligini asoslab beradi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling