Ызбекистон республикаси олий ва


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 1.41 Mb.
bet38/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Gulxaniyning bolaligi, hayoti va ijodi haqida talabalarga tushuncha berish.

Identiv o’quv maqsadi:

  1. Yozuvchining bolaligi haqida so’zlaydi.

  2. Gulxaniyning «Ber menga» radifli g’azalini tahlil qiladi.

1-asosiy savolning bayoni:
Isyonkor kuychi Gulxaniy XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan va bu davr o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rinda turadigan yozuvchidir.
Yozuvchining bolaligi o’zi olamga kelgan tog’ qishlog’ida o’tadi. She’riyatga oid ko’plab asar o’qiydi, xalq og’zaki ijodini berilib o’rganadi va asta-sekin she’riy mashqlari boshlanadi. U o’z ilmini oshirish maqsadida avval Namangan va so’ngra Farg’onaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy she’rlari bilan kishilar o’rtasida tanila boshaydi. Ayniqsa, g’ariblik turkumidagi ruboiy va to’rtliklari bilan el og’ziga tushadi. Shoir keyinchalik Qo’qonga keladi va qiyinchilik bilan yashaydi.
Gulxaniy bir necha yil Qo’qon xoni Olimxon saroyida navkar bo’lib xizmat qilgan, ammo ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi bo’lib qolaveradi.
Gulxaniyning «Ber menga» radifli she’ri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. G’azal och qolgan kishilarning o’z xo’jayinidan non so’rashi bilan boshlanib, lirik qahramon–navkarning qalb alamlari so’nggi baytlarda izchil ochilib boradi.
Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka ochlikdan tinkasi qurigan bitta shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala– Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gapiriladi. G’azalda lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan, chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor bo’la olmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon-navkar o’z boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qo’shindagi tartibsizlikni fosh qiladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling