Muhokama uchun savollar:
1. «Ikkinchi muallim» qanday hikoyalar va she’rlardan tashkil topgan?
2. Avloniyning «Maktab gulistoni» dagi she’r, hikoya va masallaridagi ijtimoiy muammolar haqida fikr bildiring.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. XX asr boshlari o’zbek bolalar adbiyotining mustaqil bir yo’nalishi bo’lgan maktab adabiyot darsliklari – alifbo va o’qish kitoblarining ahamiyatini aniqlash.
2. Sa’diyning «Guliston» va Avloniyning «Turkiy Guliston» asarlarini qiyosiy o’rganish.
6- Amaliy mashg’ulot.
Darsning maqsadi: Sharq adabiyotida alohida o’rin tutadigan va «pandnoma», «nasihatnoma», «axloq kitoblari» singari nomlar bilan ataladigan didaktik adabiyot namunalarining ma’lum qismi bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Axloq-odob va ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlangan didaktik asarlar haqida so’zlaydi.
«Turkiy Guliston» da muallif yosh kitobxonni insoniy fazilatlarni egallashga da’vat qilgani haqida ma’lumot beradi.
Kerakli jihozlar: Abdulla Avloniy ijodiga aloqador adabiyotlar («O’son millat»), Adib fotosuratlari, tarqatma dastur (test).
Ishni bajarish tartibi:
Didaktika badiiyat va axloqiy – ta’limiy qarashlarning chambarchas bog’lanib ketgan bir butunlikni tashkil etish masalasini o’rganish;
Didaktik adabiyotning bolalar adabiyotiga yaqin va hamohang jihatlarini aniqlash;
«Pandnoma» janridagi asarlarning bolalarga mo’ljallab yaratilgan namunalarini aniqlash;
O’zbek bolalar adabiyotida pandnoma janrining paydo bo’lishi yo’lidagi izlanishlar yuzasidan fikrlarini bayon etish.
«Turkiy Guliston» da zohiriy va botiniy sifatlar xususida ma’lumot berish.
Mashg’ulotni yakunlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |