Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet86/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Muhokama uchun savollar:
1. Pushkin she’rlarining ilk tarjimalari haqida so’zlang.
2. Pushkinning qaysi ertak- dostonlari jahon bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi?

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Inson ma’naviy olamining musavviri Pushkinning ertak-dostonlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak»dagi Pop obrazi haqida fikr bildiradi.

  2. A.S.Pushkinning xalq og’zaki ijodiga asoslab yozgan dostonlari haqida so’zlaydi.



2-asosiy savolning bayoni:
A.S.Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko’radi, uni iloji boricha himoya qilishga, unga yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo’lgan cheksiz muhabbat tuyg’usi barq urib turadi.
Pop («Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak») obrazini shoir qattiq ishlaydi. Uning tekinxo’r, ochko’z, o’zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod cho’qqisiga ko’tardi.
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxo’rlik, ochko’zlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini eb halok bo’ladi.
«Baliqchi va baliq haqida ertak» dostonida shoir pok muhabbat mangu bo’lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o’tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to’kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan bo’lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovnikimi, birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog’ishtirib hikoya qiladi. Er-yuzi, butun olam hukmron bo’lgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochko’z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi.
Rostgo’y, haqiqatni yoqlovchi shoir «O’lik malika va etti bahodir haqida ertak, «Shoh Saltan haqida ertak» asarlarida haqiqat bir kun emas, bir kun o’z o’rnini topadi, hamma baxtli, baxtiyor bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
A.S.Pushkinning xalq og’zaki ijodiga asoslanib yozgan «Ruslan va Lyudmila» asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qo’shiqlari, afsonalari bu g’aroyib asarga favqulotda go’zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o’zida mujassamlashtirgan yorqin talant egasigina shunday asar yarata olar edi.
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu, otashin shoiri bo’lib qolmoq baxti nasib etdi.
Muhokama uchun savollar:



  1. Pushkin mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini nima uchun ijod cho’qqisiga ko’taradi? («Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak»).

  2. Pushkin xalq og’zaki ijodiga asoslanib qanday doston yozdi?




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling