Ызбекистон республикаси олий ва
Download 1.41 Mb.
|
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:
Shoirning «Tantana» she’rlari to’plamiga kirgan she’rlari haqida so’zlang? Shoir bolalarning tabiat hodisalariga, jonivorlarga mehr-muhabbatini qanday ifodalaydi? 2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Shoir ijodining har taraflama yuksalishidan dalolat beruvchi lirik,-epik asarlari haqida tushuncha berish. Identiv o’quv maqsadlari: Shoirning sodda, ta’sirchan va mazmundor misralar bilan ifodalangan she’rlarini izohlaydi. «Yuksak tog’, keng o’tloq va mard o’rtoq haqida qissa» dostoni haqida ma’lumot beradi. 2-asosiy savolning bayoni: Zafar Diyorning «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o’rtoq», «Madriddan kelgan mehmon» kabi she’r va dostonlari shoir ijodining har taraflama yuksalishidan dalolat beruvchi lirik, epik asarlaridir. Zafar Diyor bolalarning xatti –harakatini, orzu intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, uning «Kel, uchaylik shimolga» she’ri g’oyat xarakterlidir. Bunda shoir «Quyosh tushmaydigan» qutbni borib ko’rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg’ak hayoli shimoliy qutbni borib ko’rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonining ulug’ maqsadlarga erishish uchun Fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi. Zamondoshlarimizning yangi qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, mo’l-ko’l hosil olish va qishloqlarni obodonlashtirish ishida olib borayotgan kurashlari «Yuksak tog’, keng o’tloq va mard o’rtoq haqida qissa» dostonida ochib berilgan. Doston ertak shaklida bolalarbop usulda yozilgan. Asar kitobxonlarni mehnatsevarlikka, yaratuvchilikka, tabiat bilan inson munosabatida muhabbat tuyg’ulari bo’lishi lozimligiga undaydi. Zafar Diyor dostonning g’oyaviy badiiy mukammalligi uchun qattiq ijodiy mehnat qilgan. Asarning kompozitsion tuzilishi xalq ertaklariga yaqinligi bilan harakterlidir. Zafar Diyorning ko’pgina asarlari mehnat mavzuiga bag’ishlangan. Ana shunday asarlaridan biri «Kichkina bog’bon haqida doston» dir. Dostonda bolalar va yoshlar dov –daraxtlarni ekish, parvarish qilishga chaqirilib, mehnat zavqi va ahamiyati kuylanadi. Zafar Diyorning uchinchi to’plami 1939 yilda «She’rlar» nomi bilan bosilib chiqdi. Uning ko’p she’rlarida vatanparvarlik, vatanga muhabbat g’oyalari ilgari suriladi. Zafar Diyor o’zbek nasrini rivojlantirishga ham o’z hissasini qo’shgan yozuvchilardan. Uning «Jo’natish», «Cho’pon qizi», «Nojo’yaliklar» kabi hikoyalari shular jumlasidandir. U bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling