M.I. Potashnik innovatsiya jarayonning quyidagi tuzilmasini ko‘rsatadi:
-faoliyat tuzilmasi – motiv – maqsad – vazifa – mazmun – shakl - metodlar-metodik komponentlar yig‘indisi;
- sub’ektiv tuzilma - innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa ko‘rinishlari;
- mazmun tuzilmasi - o‘quv tarbiyaviy ishlar, boshqaruvda yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi;
- tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi.
Olingan ma’lumotlar va faktlar asosida ob’ektning asosiy xossalarini nazariy talqinini berish, yangi ochilgan xossalar, doimiylik, funktsional qiymatlarni tushuntirish, ob’ektni bir butun tavsifi va nazariyasini ishlab chiqish bosqichi fanda kashfiyot yoki ixtiro bilan yakunlanadi.
Al-Xorazmiy bundan o‘n ikki asr ilgari olimlarning yaratgan asarlariga qarab, ularni uch tabaqaga bo‘lgan:
1). O‘zidan avval o‘tgan olimlarni sharhlovchilar, qiyinlarini osonlashtiruvchilar, tushunarliroq rivoj topganini izohlovchilar;
2). Avvalgilarning asarlaridan nuqson topuvchilar, sochilib yotgan fikrlarni umumlashtiruvchilar;
3). Fanda yangi yo‘nalishlar, noma’lum qonun-qoidalarni kashf etuvchilar.
Ularning har biri olimdir. Lekin uchinchi toifadagi olimlar –fanni yangi, innovatsion fikrlar bilan rivojlantirib boruvchi kashfiyotchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |