Izlanish, tekshirish, I t. natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. K


”Kashfiyot” va “ixtiro” tushunchalarining innovatsion xarakteri


Download 133.72 Kb.
bet13/15
Sana05.01.2022
Hajmi133.72 Kb.
#205785
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ilmiy kashfiyotlar2

”Kashfiyot” va “ixtiro” tushunchalarining innovatsion xarakteri

Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir. Kashfiyot ob’ektlari uch xil bo‘lishi mumkin: a). Qurilma bo‘yicha kashfiyot; b).Usul bo‘yicha kashfiyot; v). Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyot.



Qurilma bo‘yicha kashfiyotlarga ma’lum konstruktsiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Usul bo‘yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo‘ladi. Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

Ixtiro shunday ijodki, unda mavjud bilimlar, nazariyalar asosida tabiiy narsa va hodisalardagi modda, energiya va shaklni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish yo‘li bilan u yoki bu funktsiyani bajaradigan buyumlar, asbob uskunalar, moslamalar va texnologiyalar yaratiladi. Ixtiro bevosita bunyodkorlikka olib keladigan ijoddir. Insoniyat yaratgan sun’iy (madaniy) muhitdagi barcha narsalar o‘z vaqtida qilingan ixtirolarning natijasidir.

Ilmiy tadqiqot sohasida ixtiro yangi eksperimental uskunalar, izlanish vositalari va usullar, modellar va laboratoriyalarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Sohalariga qarab yangilikni yaratish ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Yangilik ochilsa,u birinchi marta kuzatish ob’ektiga aylansa-kashfiyot hosil bo‘ladi, agarda oldin mavjud bo‘lmagan tuzilma yaratilsa, unda ixtiro vujudga keladi.




Download 133.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling