Izohli lug`at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi


Download 55.81 Kb.
bet3/18
Sana20.09.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1682294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Izohli lug`at (Glossariy)

Global muammolar - olamshumul iqtisodiy, ijtimoyi-siyosiy va ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘z echimini topishida jahondagi barcha mamlakatlaming birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb masalalari.
Davlat buyurtmasi — davlat tomonidan muayyan mahsulot turini tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazib berish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ma’lum ishni bajarish bo'yicha korxona va xo‘ja!iklarga beriladigan topshiriq. U birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlami kafolatlaydi.
Davlat budjeti — davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan ifodalanadigan yillik majmui.
Davlat qarzi - davlatning o‘z fuqarolari, banklar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, xorij mamlakatlaridan qarzi. 0 ‘z manbaiga qarab, davlat qarzlariga, ichki va tashqi davlat qarziga bo‘linadi. Davlat o‘z xarajatlarini daromadi bilan qoplay olmay qarz oladi, qarz hisobidan
o‘z budjetining kamomadini vaqtincha qoplaydi.
Davlat mulki - davlat vazifalari bajarishga xizmat qiluvchi davlat korxona va muassasalarining mulki.
“Daues plani” - 1924-yilda qabul qilingan bo‘lib, Chikago banklari direktori Ch.Daues (Morgan banki bilan chambarchas bogiiq) tomonidan ishlab chiqilgan rejadir. Birinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Germaniyaga g ‘olib davlatlar (Angliya, Fransiya va boshqalar) tomonidan yuklangan harbiy tovonni (reparatsion to‘lov) yengillashtirish va shu yo‘l bilan Germaniya iqtisodiyotini tiklashdir.
Rejaga ko‘ra, G‘arbiy Evropaning yetakchi davlatlari 200 mln. Dollarli (uning 110 mln. AQShniki) xalqaro zayom bergan bo‘lib, bu yordam birinchi galda mamlakatning og‘ir sanoatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
«Demografik portlash» - jahonning kam rivojlangan va kambag‘al mamlakatlarida nazorat qilib boimaydigan darajada aholi sonini o‘sishi.
Devalvatsiya - milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirilishi (teskari jarayon - reval’vatsiya).
Demping — tovarlami tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda sotish. Tashqi bozomi egallash uchun mamlakatlar o‘z tovarini ba’zan ishlab chiqarish xarajatlaridan ham past (arzon) baholarda chetga chiqarishi mumkin.
Dollar - dollar, birinchidan AQSh pul birligi, 100 sentga teng.
1786-yilda kumush dollar, 1965-yilda esa oltin, kumush, mis-nikelli dollar zarb qilingan. AQSh dollari xalqaro valyuta hisob-kitoblarida keng qoilanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5, 2, 1 dollarli qog‘oz pullar; 1 va 0,5 dollarli va 5, 2, 2 sentli mis tangalar ishlatiladi. Dollar,
ikkinchidan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Liberiya, Efiopiya, Malayziya, Singapur, Bermud orollari, Britaniya Gondurasi kabi davlatlarda pul birligi hisoblanadi.
Yevro - Yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-to‘lov birligi boiib, Elga a’zo mamlakatlar hududida EKYu o‘miga joriy etilgan.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling