Izohli lug`at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi


Download 55.81 Kb.
bet6/18
Sana20.09.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1682294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Izohli lug`at (Glossariy)

Innovatsion faoliyat - yangi nazariy modelni bozor talabiga mos texnologiya-tovarga aylantirishdan iborat bo‘lgan uzoq jarayondir.
Integratsiya - bir necha elementlarni bir butunga birlashtirish.
Iqtisodiyotda xo‘jalik hayotni baynalminallashtirishning oliy shakli bo'lib, bunga xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish obyektiv ravishda sabab bo‘ladi.
Inflyatsiya - pulning qadrsizlanishi. Muomaladagi pul massasini tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan to‘liq ta’minlanmasligidan kelib chiqadi. Inflyatsiya tovar bahosining ochiqchasiga va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi.
Informatsiya va texnologiyalar jahon bozori (ITJB) - intellektual faoliyat natijalari bo'yicha ayirboshlashning xalqaro sohasi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) - o‘z faoliyatini 1975-yilda boshiadi.
Nizom kapitalining miqdori OTBdan 5 marta kam. A’zolari: Islom dini hukmron bo‘lgan mamlakatlar, ya’ni Islom anjumanimng deyarli barcha a’zolari kiradi. Maqsadi: a’zo mamlakatlaming rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo hamda sanoat kompaniyalari kapitallarini sarmoyalashdan iborat.
Iste’mol savati muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlaming tirikchilikni ta’minlashga yetarli bo'lgan miqdori. Bozor iqtisodiyoti sharoitida naix-navo ko‘tarilib, baholar o‘zgaradi. Aholining ko‘radigan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda “Iste’mol savati”ga kirgan mollar narxining o‘zgarishini o‘zganish, ulaming indekslami belgilab borish va shunga mos holda aholi daromadlarini indekslashtirish lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) - BMTning asosiy boshqaruv organlaridan biri bo‘lib, uning XIMlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Iqtisodiy integratsiya - hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo‘Ii orqali milliy xo‘jalik komplekslarini o‘zaro yaqinlashtirish va bir-biriga kirib borish jarayonlari.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling