Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”


Download 67.75 Kb.
bet4/17
Sana27.03.2023
Hajmi67.75 Kb.
#1299955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Izohli lug\'at

Yevropa Ittifoqi (YeI) — G‘arbiy Yevropaning 25 ta davlatini birlashtiruvchi iqtisodiy va siyosiy guruh.
Yevropa tiklash va taraqqiyot banki (YeTTB) – o‘z faoliyatini 1991 yili boshladi, uning ta’sischilari 34 mamlakat hisoblanadi. YeTTBning asosiy vazifalari loyihalarni moliyalashtirish va kreditlash, xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish, iqtisodiyot tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish.
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YeESU) - Yevropadagi qator yetakchi sanoati va savdosi rivojlangan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy tashkiloti bo‘lib, 1960 yilda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tashabbusi bilan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati davlatlariga posangi sifatida tashkil topdi. ―Umumiy bozor‖ga qo‘shilishi munosabati bilan 1973 yili Buyuk Britaniya va Daniya, 1986 yili Portugaliya YeESUdan chiqdi. Bu uyushmaning hozirgi a’zolari Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Shvesariya, Finlyandiya. Kotibiyatning shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahridir.
Jami ijtimoiy mahsulot – muayyan davr mobaynida jamiyatda hosil qilingan barcha iste’mol qiymatlari yig‘indisi. Jami ijtimoiy mahsulotni ayrim kishilar, korxonalar, tarmoqlar va hokazolarning 1 yil davomida yaratgan mahsulot majmui sifatida ta’riflash mumkin.
Jahon bahosi — talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan holda milliy narx ko‘rsatkichlari ta’sirida xalqaro savdo markazlarida hosil bo‘ladi.
Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‘rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi XIMlarning sub’ektlarini (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar) o‘zaro iqtisodiy ta’sirlanishidagi global muhitidir.
Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT) — xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida uzoq davom etgan evolyusiya rivojlanish bosqichlar natijasida shakllangan va davlatlararo bitimlar orqali mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etishdagi ko‘rinishdir.

Download 67.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling