Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”


Informatsiya va texnologiyalar jahon bozori (ITJB)


Download 67.75 Kb.
bet6/17
Sana27.03.2023
Hajmi67.75 Kb.
#1299955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Izohli lug\'at

Informatsiya va texnologiyalar jahon bozori (ITJB) — intellektual faoliyat natijalari bo‘yicha ayirboshlashning xalqaro sohasi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) – o‘z faoliyatini 1975 yilda boshladi. Nizom kapitalining miqdori OTBdan 5 marta kam. A’zolari: Islom dini hukmron bo‘lgan mamlakatlar, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha a’zolari kiradi. Maqsadi: a’zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo hamda sanoat kompaniyalari kapitallarini sarmoyalashdan iborat.
Iste’mol savati muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilikni ta’minlashga yetarli bo‘lgan miqdori. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx-navo ko‘tarilib, baholar o‘zgaradi. Aholining ko‘radigan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda ―Iste’mol savatiga kirgan mollar narxining o‘zgarishini o‘zganish. Ularning indekslarni belgilab borish va shunga mos holda aholi daromadlarini indekslashtirish lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) — BMTning asosiy boshqaruv organlaridan biri bo‘lib, uning XIMlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Iqtisodiy integratsiya — hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo‘li orqali milliy xo‘jalik komplekslarini o‘zaro yaqinlashtirish va bir-biriga kirib borish jarayonlari.
Iqtisodiy ittifoq — iqtisodiy integratsiyaning oliy ko‘rinishi bo‘lib, u umumiy huquqiy me’yorlar, soliq bazasini soddalashtirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda yagona standartlarni joriy etish, yagona valyutaga o‘tish kabilar bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) – tashkilotga 10 ta davlat: Turkiya, Eron, Pokiston (1985), Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston (1992) a’zo bo‘lib, maqsad mamlakatlar o‘rtasida fan va texnika, qishloq xo‘jaligi aloqalarini rivojlantirish.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) – tashkilot 1961 yilda AQSh tashabbusi bilan mamlakatlarning yagona iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va nazorat qilish maqsadida tuzilgan. Uning a’zolari AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, YeIga kiruvchi 15 mamlakat, shuningdek, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya hisoblanadi. Tashkilot quyidagi muammolarni: jahon iqtisodiyotining ahvoli va kelajagi, rivojlanish yo‘llari, xalqaro savdoni erkinlashtirish va tartibga solish masalalarini, sanoati rivojlangan mamlakatlar hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan yangi davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi va hal etadi.

Download 67.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling