Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — ma’lum davr (odatda bir yil) davomida bir mamlakat hududida yaratilgan jami qiymat.
“Yangi industrial mamlakatlar” (“YaIM”) — iqtisodiy jihatdan eng tez rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi davlatlar guruhidir.
Qarz konversiyasi — qarz majburiyatlarini ikkilamchi bozorda likvidli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga aylantirish.
Qarzga xizmat ko‘rsatish me’yori – qarzga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar va milliy eksport orasida nisbatdir.
Qarzni diskontlash – kreditor va qarz beruvchi o‘rtasida kredit summasini yoki uning bir qismini o‘chirishni tushirmoq kerak.
Qarzni restrukturizatsiyalash – kreditni to‘lash muddatlarini, foizlarni to‘lashni orqaga surish orqali cho‘zishdir.
Qimmatbaho qog‘ozlar bozori – daromad keltiruvchi qimmatbaho qog‘ozlar – aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishi. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat. Bozorda ham sotuvchilar, ham xaridorlar o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular o‘rtasida maklerlar-brokerlar (dallollar) vositachilik qiladi. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori milliy va jahon bozorlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |