Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”


Download 67.75 Kb.
bet2/17
Sana27.03.2023
Hajmi67.75 Kb.
#1299955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Izohli lug\'at

Valyuta arbitraji — svoplar va ssuda kapitali bozorida bitimlar birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi banklararo operatsiyalar.
Valyuta bozorlari — milliy valyuta ishtirokida talab va taklif ta’sirida yuzaga keluvchi valyuta kursiga muvofiq xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlar.
Valyuta intervensiyasi — davlat organlari tomonidan milliy bozorda xorijiy valyutani sotish va sotib olish.
Valyuta kliringi — ikki va undan ortiq hukumatlar o‘rtasida moliyaviy talablar va majburiyatlarni o‘zaro hisobga olish haqidagi kelishuv.
Valyuta kotirovkasi — bir valyuta bahosini boshqa valyutalarda ifodalanishining sonli yozuvi.
Valyuta kursi — milliy valyutalar o‘rtasidagi nisbat, bir mamlakat valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi.
Valyuta pozitsiyasi — bankning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabi va majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi — valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi mexanizm.
Valyuta rezervlari — xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya ko‘rinishidagi valyuta-likvid vositalarning jami.
Valyuta siyosati — mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini tartibga solishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari — valyuta kursi o‘zgarishi oqibatida eksportyor va importyorning zarar ko‘rishi lozim bo‘lgan holati.
Valyuta cheklashlari — xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) bo‘yicha operatsiyalarni cheklash uchun yo‘naltirilgan ma’muriy va qonuniy tartibda belgilangan me’yoriy qoidalar tizimi.
Valyutaning konvertirlanganligi — milliy valyutani xorijiy valyutalarga rezidentlar uchun ham, rezident bo‘lmaganlar uchun ham to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha almashtirish imkoniyati.
Veksel — belgilangan ko‘rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel egasi ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng belgilangan pul summasini qarzdordan talab qilishga haqlidir.
GATT — Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh kelishuv — tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha xalqaro akt.

Download 67.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling