Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”


Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB)


Download 67.75 Kb.
bet5/17
Sana27.03.2023
Hajmi67.75 Kb.
#1299955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Izohli lug\'at

Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) — milliy xo‘jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o‘rtasida jami migratsion aylanmasi
Jahon puli – xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid vositasi, umumiy to‘lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi bo‘lgan puldir. Jahon puli vazifasini dastlab ma’lum vazifadagi oltin yombilari bajargan, so‘ngra xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli milliy pul (dollar, funt sterling) jahon pullari deb e’tirof etilgan.
Import – ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat keltirish. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rniga bog‘liq.
Immigrant – muxojir, boshqa mamlakatdan ko‘chib kelgan kishi.
Immigratsion kvota — xorijiy fuqarolarni kirib kelishi davlat tomonidan miqdoriy cheklash.
Investor – o‘z nomidan va o‘z hisobidan mijozlarning topshirig‘iga binoan iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga o‘z kapitalini qo‘yuvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Investitsion muhit — mamlakatlar iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning samarali aylanishi, zarur bo‘lgan shart-sharoitlar kompleksi.
Injiniring — ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektini qurib, ishga tushirish bo‘yicha xizmatlar sohasi.
Inkasso — mijoz (eksportyor) buyrug‘iga ko‘ra jo‘natilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun importyordan to‘lovni qabul qilish va bu mablag‘larni eksportyor hisobiga o‘tkazish operatsiyasi.
Innovatsion faoliyat — yangi nazariy modelni bozor talabiga mos texnologiya-tovarga aylantirishdan iborat bo‘lgan uzoq jarayondir.
Integratsiya – biror-bir elementlarni bir butunga birlashtirish. Iqtisodiyotda xo‘jalik hayotni baynalmilalashtirishning oliy shakli bo‘lib, bunga xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish ob’ektiv ravishda sabab bo‘ladi.
Inflyatsiya – pulning qadrsizlanishi. Muomaladagi pul massasini tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan to‘liq ta’minlanmasligidan kelib chiqadi. Inflyatsiya tovar bahosining ochiqchasiga va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi.

Download 67.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling