Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Download 67.75 Kb.
bet14/17
Sana27.03.2023
Hajmi67.75 Kb.
#1299955
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Izohli lug\'at

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — mamlakatlar va hududlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalari tizimidagi munosabatlar tushuniladi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi — ishlab chiqarish bosqichlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishidir.
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi — mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti ko‘rinishi bo‘lib, unda o‘zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi yuz beradi.
Xalqaro kredit — valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, shoshilinch to‘lov shartlarida berishlikdir.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) – XTTBning shohobchasi sifatida 1956 yilda tashkil topdi, unga 165 mamlakat a’zo (1995 y.). Maqsadi: rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni kapital qo‘yilmalar yordamida moliyalashtirish, ishalb chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishga yordam berish.
Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki (XTTB) – o‘z faoliyatini 1946 yilda boshladi. Bu tashkilotga faqat XVFga a’zo mamlakatlar kirishi mumkin. XTTBning maqsadi: a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish hamda xususiy chet el investitsiyalarini rag‘batlantirish orqali ko‘maklashish, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berish (25 yilgacha). XTTBning boshqaruv kengashida hal qiluvchi ovozga jahonning yetakchi mamlakatlari (yettilik davlatlari) ega hisoblanadi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) – XTTB ning shoxobchasi sifatida 1960 yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Uyushmaning asosiy maqsadi kam rivojlangan mamlakatlarga yordam berishdir.
Xalqaro savdo — milliy xo‘jaliklar o‘rtasida to‘lanadigan jami tovar aylanmasi ko‘rinishidagi mehnat mahsulotlari ayirboshlashning o‘ziga xos shaklidir.

Download 67.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling