- Yoʻl qoʻyilgan qiymat birligi-elektr uskunani ishga yaroqliligini belgilovchi eng katta yoki eng kichik koʻrsatkich birligi;
Soz xolat (ispravnoe sostoyanie)- elektr uskunani loyixa va me’yoriy texnik xujjatlar talablariga mos xolati;
Resurs-elektr uskunani yangi ishga tushirilgan yoki qayta tiklanib ta’mirlangandan boshlab ekspluatatsiya qilinib, keyinchalik ekspluatatsiya qilish
mumkin boʻlmay qolgan yoki maqsadga muvofiq deb xisoblanmagan xolga oʻtish xolati;
Texnik xolatini nazorati-elektr uskunalarni qiymat birliklarini qoida talablariga mosligini tekshirish;
Texnik xolati buyicha ta’mirlash — xajmi va oʻtkazish vaqti elektr uskunani xolatini nazorat qilish natijalariga qarab qoidada davriyligi, bajariladigan ishlar xajmi belgilanadigan ta’mir;
- Sinovdan oʻtkazish - elektr uskunaga qoidada koʻrsatilgan; amal(faktor)larni ta’sirini, son va sifat qiymatlari koʻrsatkichlari boʻyicha tavsifini tajribada aniqlash;
Jamlanma sinov (комплек.испытания)-maxsus dasturda koʻrsatilgan xajmda bajariladigan sinov turi;
Oʻlchov (izmeren)-raqamlangan metrologik xususiyatli texnik vositalar yordamida tajriba yoʻli bilan aniqlanadigan fizikaviy kattaliklar;
Oʻlchov xatoligi- standartlashgan yoki attestatsilashgan usulda oʻlchanib aniqlanadigan yoʻl qoʻyilgan (ruxsat berilgan) oralik xatolik;
50 Gts chastotali sinov kuchlanishi - oʻzgaruvchan tokli kuchlanishni ta’sir qiluvchi qiymati, sinov shartlarida belgilangan elektr uskunalarni ichki va tashqi izolyatsiyasi koʻtarishi (bardosh berishi) kerak boʻlgan kuchlanish;
Toʻg’rilangan kuchlanish - toʻg’rilangan kuchlanishni amplutuda qiymati sinov shartlarida koʻrsatilgan ma’lum vaqt mobaynida elektr uskunaga qoʻyiladigan kuchlanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |