Izolyatsiyaning


Download 312.46 Kb.
bet6/13
Sana19.06.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1613121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
M a r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqor

Yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok mostlari: R5026, R 5026 M
Qoʻllanishi: Yuqori kuchlanishli kuch transformatori, oʻlchov transformatorlari, generatorlar, kompensatorlar, kirish izolyatorlari sig’imlarini, mashina dvigatellar va boshqa elektr uskunalarni sig’imlarini xamda izolyatsiyalarini dielektrik yoʻqotishlarini oʻlchash uchun moʻljallangan.

Oʻlchash ishlarida ishlatiladigan oʻlchov asboblari. Elektrostatik kilovoltmetrlar: S-95,S-100,S-197.


Qoʻllanilishi: oʻzgamas va oʻzgaruvchan tok zajirida yuqori kuchlanishni, chastotani keng oraligida oʻlchash uchun moʻljallangan.


Voltmetr, millivoltmetr, millivoltampermetr:


Qoʻllanilishi: zgamas va oʻzgaruvchan tok zajiridagi kuchlanishni va tok kuchini oʻlchash uchun ishlatiladi.


Ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr:


Qoʻllanilishi: oʻzgamas va oʻzgaruvchan tok zajiridagi tok kuchini oʻlchash uchun ishlatiladi.


    1. Olingan natijalarni baholash usullari.


Sinov ishlari vaqtida izolyatsiya qarshiliklarini juda koʻp qiymatlari (toʻla, aktiv, reaktiv-sig’im yoki induktiv) va keng koʻrsatgichli kattaliklar oraligida ya’ni 10-5 va 10+10 Om gacha aniqlanadi.


Megoometr bilan oʻlchash ishlarini olib borishda absorbitsiya koeffitsientini aniqlash katta axamiyatga ega ya’ni bu qiymat izolyatsiyani namligi xaqqida bizga ma’lumot beradi. Qiymatni aniqlash uchun oʻlchov boshlangandan keyingi 15 va 60 sekundlardagi koʻrsatkich qiymatlari olinadi.


Kabs = R60" / R15" ≥ 1,3

Megoommetr bilan A-simni qobiqqa (korpus) nisbatan qashiligini oʻlchash sxemasi:



Most usuli bilan izolyatsiya qarshiligini oʻlchash sxemasi:

Mostni yelkalari 1-2, 2-3, 3-4, 4-1 dioganal yelkalari 1-3 va 2-4 R1 ni qarshiligi oʻlchanadi. Galvonometr ulangandagi:


R1=(R2*R3) / R4


Galvanik element ulangandan soʻng ikki zajimli ulanish sxemalarida ulanish simlarini qarshiliklari xam R1 ga qoʻshiladi. Oʻlchanayotgan qarshilik 10 Om dan katta boʻlsa xatolik (pogreshnostь) 2-5% dan katta boʻlmaydi.


Oʻlchov ishlarida katta aniqlik kerak boʻladigan boʻlsa toʻrt zajimli (qisqichli) mostdan foydalaniladi.



Bu sxemada ulanish simlarni qarshiliklari R2 va R4 rezistorlar qarshiliklariga qushilib ketadi shuning uchun R1 ga ulanish simlarini qarshiligi ta’sir qilmaydi.


Sinov oʻtkazish paytidagi olingan koʻrsatkichlarni qiymatlari avvalgi olingan sinov koʻrsatkichlari qiymatlari va elektr uskunani boshqa fazalarini qiymatlari bilan xamda bir xil turdagi elektr uskuna sinov natijalari bilan taqoslanadi.
Sinov koʻrsatkichlarini natijalari «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» raxbariy xujjatda berilgan koʻrsatkichlardan keskin farq qilsa, elektr uskunada nuqson borligidan dalolat beradi va bu vaqt oʻtishi bilan elektr uskunada nosozlik keltirib chiqaradi, oqibatda elektr uskunani ishdan chiqishiga olib keladi. Elektr uskunani yangi ishga tushirish paytida sinovdan oʻtkazilganda sinov koʻrsatkichlarini qiymatlari elektr uskunani pasportida yoki zavodda sinovdan oʻtkazilib, toʻldirilgan bayonnomalardagi birlamchi koʻrsatkichlar qiymatlari bilan solishtirib taqqoslanadi xamda bu natijalar qoidada berilgan koʻrsatkichlarni qiymatlariga toʻg’ri kelsagina uskunani ishga yaroqliligi toʻg’risidagi xulosa beriladi.
Elektr uskunani rejali va toʻla ta’mirga chiqarishdan oldingi sinov natijalari koʻrsatkich qiymatlari elektr uskunani ishga tushirish paytidagi sinov natijalarida olingan koʻrsatkich qiymatlari bilan solishtirib taqqoslaniladi. Maxsus ta’mirlash korxonalarida toʻla ta’mirlangan yoki qayta tiklangan elektr uskunalar sinovdan oʻtkazilganda olingan natijalar elektr uskunani kelgusi ekspluatatsiya paytida olingan sinov natijalarini taqqoslash uchun birlamchi koʻrsatkich qiymatlari boʻlib xisoblanadi. Qoidada koʻrsatilgan sinovdan tashqari barcha elektr uskunalar koʻrikdan oʻtkazilishi, mexanik qismlari tekshirilishi xamda ularni ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriknoma asosida boshqa sinovlardan xam oʻtkazilishi kerak.



    1. Download 312.46 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling