Izzatullayev Farruxning
Download 8.43 Kb.
|
Izzatullayev Farrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Termiz pedagogika instituti 2-bosqich 202-guruh talabasi Izzatullayev Farruxning Tasviriy san’at tarixi fanidan Akmal Nuriddinov hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI Nuriddinov Akmal Vahobovich (1959.27.2, Namangan) — rangtasvir ustasi; Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1978),Mannon Uygʻur nomidagi teatr va rassomlik sanʼati instituti (1984)ni tugatgan. N. ijodida ez-gulik va yovuzlik, yorugʻlik va zulmat toʻqnashuvi va bunda ezgulik va yorugʻlikning tantanasi, maʼnaviy qadri-yatlar tarannum etiladi, mustaqillik olib kelgan oʻzgarishlar, muhabbat, oilaviy baxt-saodat, insof va diyonat oʻz aksini topdi. Asarlari: "Hayot boshlanmoqda" uchligi, "Umid bulogʻi", "Ajdodlar nazari" (1987); "Kushan qishlogʻi", "Tong", "Kushan afsonasi" (1988); "Oila" (1990); "Darvish", "Shahar taqdiri", "Tun va kun", "Unutilgan qadriyatlar", "Shirin tush" (1992); "Tojmahal", "Muhabbat bogʻi" (1993); "Ishq olmasi", "Tun va kun. Zulmat va Ziyo" (1995); "Jayxun", "Fikr parvozi" (1996); "Tavhid" (1997); "Rishton natyurmorti", "Ilhom pariyey" (1998); "Muhabbat vodiysi", "Armon" (2000); "Oy ustidagi pari" (2001); "Jannat uchligi", "Ona" (2003) va boshqa 1987-yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Hindiston, Shveysariya va boshqalar) muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur (Nuriddinov) “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida o‘z ijodidagi hind mavzusi haqida so‘zlab berdi va Hindiston bilan madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Akmal aka, suhbatimiz avvalida Toshkentdagi Laʼl Bahodur Shastri nomidagi hind madaniyat markazida tashkil etilgan asarlaringiz ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutlaymiz. Aytingchi, ushbu ko‘rgazmaga tayyorgarlik qanday kechdi va buning uchun nega aynan ushbu maskan tanlandi? Birinchidan, men Hindiston va hind xalqini chuqur hurmat qilishimni aytmoqchiman. Buning asosiy sababi yoshligimizdan hind filmlari ruhida tarbiya topganimiz bo‘lsa kerak. Bilasiz, mazkur kinofilmlarda inson his-tuyg‘ularga alohida eʼtibor beriladi va yaxshilik har doim yomonlik ustidan g‘alaba qozonadi. Bu jihatlar, ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega, deb o‘ylayman. Laʼl Bahodur Shastri nomidagi hind madaniyat markazi rahbariyati menga ushbu markaz tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazishni taklif qilganida, bajonidil rozi bo‘ldim. Chunki biz ilgari ham markaz bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirganmiz. Hindiston elchixonasi va madaniyat markazi bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatganmiz. Akmal Nur. "Muhabbat bog‘i" Toshkent -1993. Ko‘rgazma eksponatlarini tanlashga alohida munosabatda bo‘ldik, xususan, avvallari hech kim ko‘rmagan grafik rasmlarni namoyish uchun tayyorladik. Bu asarlar Hindistonga qilingan sayohat taassurotida chizilgan eskizlar bo‘lib, ular, asosan, 1992 yil Art Heritage galereyasi raisi Rushan Alkazi taklifiga binoan ushbu mamlakatga qilgan safarim chog‘ida qog‘ozga tushirilgan. Rushana ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan shaxs, turli xalqlar milliy liboslari tarixi bilimdoni. O‘shanda uning iltimosiga ko‘ra, o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan sermazmun ko‘rgazma tashkil qilgandik. O‘zbekiston va Hindistonni chuqur tarixiy ildizlar bog‘lab turadi. Buyuk ajdodlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar Hindistonda boy meros qoldirgan. O‘zbek xalqida hind xalqi, hind madaniyatiga nisbatan samimiy va do‘stona tuyg‘ular mavjud. Sizning ijodiy faoliyatingizda ham hind mavzusi alohida o‘rin tutishini kuzatish mumkin. Buning sababi nimada va mazkur asarlarni yaratish jarayonida nimalarni his qilgansiz? Avvalo, men tarixga biroz chekinmoqchiman. 1992 yil Dehli shahridagi «Art Heritage» galereyasida bo‘lib o‘tgan shaxsiy ko‘rgazmamga taniqli hind sanʼatshunos-tanqidchisi kelib, asarlarimni ko‘zdan kechirgan. Rasmlarimni tomosha qilgach, u taʼsirlanib, men bilan shaxsan tanishish istagini bildirgan. Uchrashuvimiz chog‘ida u mendan nega familiyam Nuriddinov ekanini so‘radi. Sharqona anʼanaga ko‘ra ism-sharifingiz Akmal Nuriddin yoki Akmal Nur bo‘lishi kerak-ku, dedi u. Sanʼatshunos so‘z o‘yini qilib, asarlarimda din ham, nur ham borligini aytdi va men o‘zimni Akmal Nur deb atashim kerakligini taʼkidladi. Shunday qilib, men Hindistondan Akmal Nur bo‘lib qaytdim. Menimcha, har bir rassom Hindistonga albatta tashrif buyurishi kerak. Bu qadimiy zamin unga Sharq madaniyati falsafasi va qirralarini chuqur anglashga imkon beradi. U zamindan inson maʼnaviy va ijodiy jihatdan yangi g‘oyalar og‘ushida qaytadi. Bu mamlakat mening ijodimda yangilangan bosqichni boshlab berdi. Tasviriy sanʼatda o‘zim uchun yangi mavzular, yangi qirralarni ochdim. Ko‘p rasm va eskizlarim ushbu yurtdan olingan taassurotlarim asosida yuzaga keldi. Ayrim asarlarim hozirgi kunda Dehlidagi Lalit Qalʼa akademiyasida va boshqa kolleksiyalarda saqlanmoqda. Baʼzi rasmlar Hind madaniyat markazi hovlisidagi plener ekspozitsiyadan joy olgan. Hind sanʼat arboblarining O‘zbekistonga tashriflari, turli konferensiya va boshqa qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish istagi bor. Tarixiy nuqtai nazardan, boburiylar davri, sulola vakillarining hayoti va ijodiga oid hali o‘rganilmagan ko‘plab manbalar mavjud. Bu borada biz birgalikda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Taʼkidlash kerakki, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanib bormoqda. O‘z navbatida, biz O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida saʼy-harakatlarimizni safarbar etishga tayyormiz. Kelajakdagi ishlar haqida so‘z ketar ekan, yirik-yirik ko‘rgazmalar o‘tkazishni rejalashtirayotganimizni aytmoqchiman. Mamlakatimiz yosh rassomlarining asarlari hind xalqida katta qiziqish uyg‘otishiga ishonchim komil. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMATDownload 8.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling