Izzatulloyev Suxrobning "Pul va banklar"


M4 pul agregatining tarkibi


Download 22.92 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi22.92 Kb.
#264562
1   2   3
Bog'liq
Izzatullayev Suxrob Pul va banklar fanidan yakuniy nazorat

3. M4 pul agregatining tarkibi.

Pul muomalasining muhim koʼrsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xoʼjalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli xarid va toʼlov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.

Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy oʼzgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish surʼatlarini tartibga solish boʼyicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil koʼrsatkichlar ( pul agregatlari) dan foydalaniladi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari toʼplamidan (guruhidan) foydalaniladi:

M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni oʼz ichiga oladi;

M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamgʼarma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;

M-3 agregati – oʼz ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamgʼarma qoʼyilmalarini kiritgan;

M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.

АQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Аngliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.

Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan toʼgʼri pul-kredit siyosati olib borishda muhim aha-miyat kasb etadi.

Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-ki-tobi uchun quyidagi pul agregatlari qoʼllaniladi.

M-O agregati – naqd pullar;

M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qoʼyilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sugʼurta mablagʼlari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablagʼlar ti-jorat banklariga qoʼyilmalar va jamgʼarma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yigʼindisiga teng;

M-2 agregati – M-1 agregati va jamgʼarma banklaridagi muddatli qoʼyilmalardan iborat;

M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yigʼindisidan iborat.

Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga boʼlish mumkin, yaʼni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablagʼlarining xoʼjalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bogʼliq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamgʼar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.

Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablagʼ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fond-larning aktsiyalarini oʼz ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi ele-mentlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar boʼlib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.

O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.

M0 – naqd pullar;

M1 – M0 + schyotlardagi pul qoldigʼi + mahalliy byudjet mablagʼlari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablagʼlari;

M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamgʼarmalar;

M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.

Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning oʼz tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin boʼlgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.

Oʼzbekistonda oxirgi yillarda pul agregatlari hisob qili-nadigan boʼldi.

1995 yilda nominal pul massasi M2 pul massasining 1994 yil-dagi oʼsish darajasidan 1,5 marta kam boʼlgan. Markaziy bank tomo-nidan inflyatsiyaga qarshi olib borilayotgan chora - tadbirlar natija-sida pul massasining oʼsish surʼatlari qisqarib bormoqda. 1996 yilning birinchi yarmida pul massasining oʼsishi 1995 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 7,6% hisobida va 1994 yil dara-jasidan 2 barobarga kam boʼlgan.

1996 yil boshida muomalaga naqd pul chiqarish hajmi 1995 yil-dagi 20,7% oʼrniga 15,8% ni tashkil qilgan.

Pul massasining turli xil koʼrsatkichlarini ishlatish pul muo-malasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga im-kon beradi.

Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining oʼzgarishi muomala-dagi pul massasining oʼzgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi boʼlishi mumkin.

Pulning aylanish tezligi – pul muomala va toʼlov vositasi sifa-tida amal qilgandagi uning harakat koʼrsatkichidir. Uning miqdori ni hisoblash qiyin, shuning uchun uni hisob-kitob qilishda bil-vosita maʼlumotlardan foydalaniladi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tez-ligi oʼsishining ikki koʼrsatkichi hisoblanadi:

– daromadlar aylanmasi pulning muomalada boʼlish tezligi koʼrsatkichi. Bu koʼrsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning pul massasiga, aniqrogʼi M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu koʼrsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi oʼzaro aloqadorlikni koʼrsatadi;

– toʼlov aylanmasida pulning aylanuvchanlik koʼrsatkichi. Bu koʼrsatkich joriy bank hisob raqamlari boʼyicha oʼtkazilgan mablagʼlar yigʼindisining pul massasi oʼrtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Pulning aylanish tezligi oʼzgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyot-ning davriy rivojlanishi, iqtisodiy oʼsish, narxlar surʼatlari), ham toʼla monetar (toʼlov aylanmasi tarkibi, kredit operatsiyalari va oʼzaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz stavka-larning darajasi va h.k. lar) omillariga bogʼliq.

Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pul-lar bilan almashishi, oʼzaro hisob-kitoblar tizimining rivojla-nishi, banklar ishiga EHMning kiritilishi, pullik hisob-kitob-larda elektron vositalarning ishlatilishi yordam beradi.



Pul qadrsizlangan hollarda isteʼmolchilar pullarining toʼlov qobiliyatini saqlab qolish uchun koʼproq tovarlar koʼproq xarid qiladi-lar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi. Boshqa koʼrsatkichlar oʼzgarmas boʼlganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi.
Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling