J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar


Download 0.58 Mb.
bet11/55
Sana26.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1656577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» maruza matni

7. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149) o’zining «Dehqonchilik to’g’risida» asarida qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo’llashga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo’lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Zaytun yog’ini eng foydali mahsulot deb hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo’lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to’la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat o’zagini» material sarflari, usta va yordamchilarga to’lanadigan haq tashkil etadi.



4-mavzu

O’RTA ASRLAR IQTISODIY QARASHLARI. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI



1. «Buyuk ipak yo’li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o’rni.
2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
3. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari.
4. Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari.
5. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.
6. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari.
7. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug’bek davridagi iqtisodiy islohotlar
8. Alisher Navoiy iqtisodiy ta’limoti.
9. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri
1. «Buyuk ipak yo’li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar
rivojlanishidagi o’rni.
Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Evropa davlatlarini bog’lovchi qadimgi savdo yo’li - Buyuk ipak yo’lidir. Bu yo’l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo’li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo’l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo’llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O’rta Er dengizi mamlakatlari o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o’ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg’oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo’l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u erda ikkiga ajralib, biri shimoli-g’arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo’nalgan. Karvon yo’lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo’lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo’nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo’li» degan nisbat beradi va bu ibora muammolaga kiritiladi.
Shimoliy yo’l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg’ar Dovon (Farg’ona vodiysi) ga borgan. U erdan So’g’dning markazi Samarqand va Marg’iyona (Marv) ga yo’nalgan. Ipak yo’li Farg’ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo’lingan. Janubiy qismi O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o’tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo’lning uzviy bo’lagi hisoblangan. Bu yo’l Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog’lovchi yo’ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo’l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan
XV-XVI asrlardan bu yo’lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo’lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug’ildi. Xitoy, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo’l loyixasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi hamda serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo’riqchilar bo’lgan. Butun yo’l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o’tilgan.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling